Penitsillin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Hoz. → Hozirgi, y.da → yilda (2), va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa (2) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 5 y. → 5 yil using AWB
Qator 1:
'''Penitsillin''' — kimyoviy tuzilishi bir-biriga yaqin tabiiy va yarim sintetik antibiotiklar guruhi. Tibbiyot amaliyotida ilk bor qoʻllanilgan, P.ni Penicillium turkumiga mansub zamburugʻlar ishlab chiqaradi. 1928 yilda amerika bakteriologi A. Fleming zamburugʻlarning bakteriyalarga taʼsir etuvchi xossasi borligini tasodifan aniqlagan. Ammo, faqat 1941 yilda A. Fleming , ingliz patologi X.Flori bilan birga mogʻor zamburugʻining bulon filtratidan P.ni ajratib olib, 1945 y.yil P. va uning yuqumli kasalliklarni davolashda samaradorligini kashf etganlari uchun Nobel mukofo-tiga sazovor boʻldi.
 
Hozirgi tibbiyotda tabiiy va yarim sunʼiy P.lardan foydalaniladi. Tabiiy P.ga benzilpenitsillinning natriyli va kaliyli tuzi, bitsilin -1, -3, -5 va fenoksimetilpenitsillinlar ki-radi. P. molekulasining asosiy qismini 6-aminopenitsillin kislota tashkil qilib, bu betalaktam va tiazolin halqalaridan tashkil topgan murakkab geterotsiklik birikma hisoblanadi. Tabiiy P.ning taʼsir doirasi tor. Tabiiy P. stafilokokk, streptokokk, pnevmokokk, gonokokk, meningokok-klar, gazli gangrena, qoqshol, botulizm, kuydirgi, difteriya, zaxm kabi kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilariga juda faol taʼsir etadi. Shuning uchun u pnevmoniya, septik endokardit, jarohatlanish oqibatida kelib chiqqan kasalliklar, saramas, peritonit, sistit, osteomiyelit, difteriya, skarlatina va boshqa kasalliklarda qoʻllanadi.