Francesco Petrarca: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh.da → shahrida, va B. → va boshqa using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 6 y. → 6 yil (2) using AWB
Qator 1:
PETRARKA (Petrarca) Franchesko (1304.20.7, Aretsso — 1374.19.7, Arkua, Paduya shaxri yaqinida) — italyan shoiri, italyan adabiy tilining asoschilaridan biri, faylasuf. Monpelye (1316), Bolonya (1320) universitetlarida xuquqshunoslikdan taʼlim olgan. 1326 y.yil Avinonga koʻchib borib, liniy rutbani qabul qilgan va oliy martabali ruhoniylar bilan yaqinlashgan.
 
P. oʻrta asr aqidalaridan mutlaqo xoli boʻlmagan esada, Uygʻonish davrining gumanizm gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan madaniyatiga tamal toshini qoʻygan. P. lotin tilidagi "Dunyoga nafrat toʻgʻrisida" (1342—43) falsafiy risola, "Uzlatdagi hayot toʻgʻrisida" va "Ro-hiblar farogʻati toʻgʻrisida" (1346—66) risolalari muallifi. P. sheʼriyatni oʻrta asr maddoxlari hujumidan himoya qilar ekan, uning katta tarbiyaviy va estetik qimmatga ega ekanligini alo-hida taʼkidlaydi. P. "Oʻzimning va boshqa koʻplab kishilarning johilligi toʻgʻrisida" (1367—70) asarida Aristotel "Etika"sida bayon qilingan mavhum fiqolarni rad etadi qamda amaldagi axloq meʼyorlarini va insonni yaxlit holda oʻrganish gʻoyasini af-zal, deb hisoblaydi. P.ning "Avlodlarga maktub" (1374) nomli muxtasar avtobiografiyasi ham muayyan ahamiyatga molik.
Qator 5:
P. antik dunyoni ideallashtirgan Yevropa shoirlaridan biri sifatida lotin shoirlarining qoʻlyozmalarini toʻplab, ularga sharhlar yezdi, ayni paytda oʻz asarlari bilan klassik lotin tilini tiklashga urindi. Agar uning lotin tilidagi "Afrika" (1339—42, tugallanmagan) dostoni Vergiliyning "Eneida"si uslubida yozilgan boʻlsa, majoziy mazmundagi "Bukolikalar" (1346—57) asari choʻponlar eklog (qoʻshiq)lariga tatabbu tarzida maydonga kelgan. P. italyan tilida ham ijod qilgan. Uning italyan tilidagi lirik asarlarida ishqiy va siyosiy mavzular ustuvorlik qiladi. P.ning "Mening Italiyam" asarida vatan jarohatlangan goʻzal ayol qiyofasida gavdalanadi.
 
P. ijodida Lauraga bagʻishlangan lirik sheʼrlar turkumi, ayniqsa, katta badiiy qimmatga ega. Shoirning eʼtirof etishicha, u Laurani 1327 y.yil Avinon shahridagi ibodatxonalarning birida uchratib, uni bir umrga sevib qolgan. P.ning Lauraga bagʻishlangan sheʼriy turkumi "Kansonyere" deb atalgan ("Madonna Laura hayotiga" va "Madonna Laura oʻlimiga", 2 qism). 317 sonet, 29 kansona, 9 sekstina (toʻqqizlik), 7 ballada va 4 madrigaldan tashkil toptan "Kansonyere" oʻziga xos sheʼriy kundalikdir. P., salaflaridan farqdi oʻlaroq, sevimli ayol ob-razini aniq-tayin va hayotiy belgilar bilan boyitgan. Shu sababdan ham uning lirikasi nafaqat italyan, balki Yevropa lirikasi taraqqiyotida yangi davrni tashkil etadi. P., lirik sheʼrlaridan tashqari, tersina (uchlik) bilan yozilgan "Tantanalar" (1354) majoziy dostonini ham Lauraga ba-gʻishlagan. P. lirikasi, ayniqsa, sonetlari Yevropa shoirlari ijodiga katta taʼsir koʻrsatgan. Uzbek sheʼriyatida Usmon Nosir, Rauf Parfi va boshqa Boyqobilov singari shoirlar ijodida sonet janrining paydo boʻlishi va taraqqiyoti ham P. ijodining taʼsiri samarasidir. P.ning bir qancha sonetlari uzbek tiliga tarjima qilingan.
 
== Manbalar ==