Qarshi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Er.av. → {{subst:FULLPAGENAME}}, hoz. → hozirgi (5), inti → instituti, Mayd. → Maydoni (3) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: mil. av. → miloddan avvalgi (3) using AWB
Qator 59:
'''Qarshi''' (1926 37 yillarda Behbudiy) — Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda. Maydoni 7,5 ming ga. Aholisi 220 ming kishi (2005). Q. Oʻzbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. U turli davrlarda Bolo, Nashebolo, Naxshab, Nasaf, nomlari bilan yuritilib, 14-asrdan Q. deb atala boshlagan.
 
"Qarshi" nomining kelib chiqishi toʻgrisida turli fikr va taxminlar mavjud. V.V. Bartold shaharning nomi moʻgʻul xoni Kepakxon qurdirgan "Qarshi" (qad. turkiychada "saroy" maʼnosini anglatgan) bilan bogliq deb taʼkidlaydi. "Qutadgʻu bilig" ("Saodatga yoʻllovchi bilim") dostonida "Qarshi" atamasi "saroy" va "qarama-qarshi turish" maʼnosida qoʻllangan. "Boburnoma"da ham bu nom moʻgʻul tilidan olinganligi taʼkidlangan. Keltirilgan taxminlarda atamaning "qarshi" — saroy, qasr maʼnolari koʻproq qoʻllanadi. Dastlabki shahar Qashqadaryo vohasida "Naxshab" (suv obod qilgan, suv naqsh bergan manzil) nomi bilan mil.miloddan av.avvalgi 7-asrda Yerqoʻrgʻon oʻrnida vujudga kelib, uning atrofi qalʼa devori bilan oʻrab olingan (ushbu qalʼa devorlarining qoldiqlari arxeologlar tomonidan 1999 yil da oʻrganilgan). Shaharning yana bir nomi Novtak — Navtaka — yangi bino deb ham talqin qilinadi. Mil.Miloddan av.avvalgi 6-asrda shahar kengayib, ichki devor bilan oʻralib (hozirgi saqlangan), maydoni 35 ga ni tashkil etgan. Aleksandr Makedoniyalik bosqini davrida shahar vayron qilingan. Shundan keyin uning vohadagi yetakchi shahar sifatidagi maqomi pasayib borgan. Mil.Miloddan av.avvalgi 3—2-asrlarda shahar tashqi qalʼa devori bilan oʻralgan (maydoni 150 ga boʻlgan). 2—1-asrlarda (hozirgi temir yoʻl stansiyasi hududida) yangi harbiy-siyosiy markaz maqomini olgan ZahhokiMoron qalʼasi bunyod etildi. Bu qalʼa ham Naxshab nomini olib asta-sekin kengaya bordi (qoldiqlari hozirgi Shulluktepa deb ataladi). Kidariylar oʻz qarorgohini 468 yil da yangi Naxshabga koʻchirdilar. 710 yil da arablar shahar (Naxshab arabcha talaffuzda "Nasaf") va uning atrofidagi hududlarni bosib oldilar. 9—13-asrlarda Naxshab (Nasaf) ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan ravnaq topdi. 10-asrda Nasafda oʻsha davr musulmon olamida ilmiy kongress — "majlisi tadris" oʻtkazilgan. Oʻrta asrlarda Nasaf orqali Eron va Hindistonni Rossiya va Yevropa davlatlari bilan bogʻlagan muhim karvon yoʻllari oʻtgan, savdohunarmandchilik rivojlangan.
 
1220 yil da Nasafni Chingizxon qoʻshinlari vayron qildi. Undan keyingi davrda (14-asrda) voha markazi 3marta hozirgi Qarshi shahrining eski shahar qismi oʻrnida qayta tiklandi. Chigʻatoy ulusi xoni Kepakxon (131826) Nasafdan 2 farsax (12– 14 km) uzoqlikda qasr qurdirib, poytaxtni Qarshi deb atalgan bu qalʼaga koʻchirgan. Shahar hududidan topilgan arxeologik yodgorliklar, bino qoldiqlari Q. da 14-asr ning 1-yarmida bir qancha koshinkor imoratlar mavjud boʻlganligidan dalolat beradi.14-asr ning 2-yarmida shahar qoʻrgʻoni atrofi gʻisht va paxsa devor bilan oʻralgan, shaharda Odina masjidi qurilgan. Qalʼa atrofida 2,5–3 m chuqurlikda xandaq qazilgan Xandaqustida4taqoʻtarma qoʻprik boʻlgan. Shaxar qoʻrgoni hududi 40 ga ni tashkil etgan. 16-asrda shahar yaqinida yirik Namozgoh masjidi (hozirgi meʼmoriy yodgorlik), hammom binolari qadimiy koʻtargan. Ashtarxoniylar davridan Q. Buxoro taxti merosxoʻrlari turadigan joyga aylandi. Imomqulixon davrida (1614—15 yillarda) Qashqadaryodan Qarshi choʻliga kanal chiqarilgan. 17—18-asrlarda Q. Qashqadaryo vohasidagi birinchi shaharga aylandi. Q. 16-asrdan 20-asr boshlarigacha Buxoro xonligi (amirligi)ning Qarshi bekligi nufuzli markazi boʻlgan. Hunarmandchilik rivojlangan, pul zarb qilingan. Mangʻitiylar davrida Q.da hammom, madrasa, xonaqoh, sardoba va sugʻorish inshootlari bunyod etilgan. Shahar va uning atrofi obodonlashgan. Vengriyalik olim Xerman Vamberi 1863 yil da Q. da boʻlib, shaharda 10 ta karvonsaroy, katta bozor boʻlganligini yozadi. Aholisining 25 mingga yaqin asosiy qismi oʻzbeklar deb taʼkidlaydi.Paxta tozalash, yogʻekstraksiya, sut, pivo, motor taʼmirlash, taʼmirlashmexanika, uysozlik, plastmassa buyumlari zdlari, goʻsht va un ktlari, tikuvchilik f-kasi, qurilish materiallari, t. yil transporti, toʻqimachilik korxonalagsh bor. 7 qoʻshma korxona, jumladan Uzbekiston—Turkiya qoʻshma korxonasi ishlab turibdi. Tuksiz gilamlar (paloslar) ishlab chiqariladi. "Yerqoʻrgʻon" ulgurji, "Osiyo" qurilish, "Farhod" xoʻjalik mollari bozorlari va boshqalar mavjud. Qarshi davlat unti, Qarshi muhandislikiqtisodiyot instituti, tibbiyot, ped. va boshqalar jami 13 kasb-hunar kolleji, 3 akademik litsey, 9 litsey va litseyinternat, 2 gimnaziya, 44 umumiy taʼlim, shuningdek, bolalar musiqa maktablari, 4 teatr (shu jumladan, viloyat musiqali drama teatri, viloyat qoʻgʻirchoq teatri va boshqalar), viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, filarmoniya, 13 kutubxona, 5 klub, 3 madaniyat va istirohat bogʻi faoliyat koʻrsatadi. 22 kasalxona, ambulatoriyapoliklinika va boshqalar tibbiy muassasalar bor. Q — Toshkent, Q. — Samarqand, Q — Buxoro va boshqalar yoʻnalishlarda xamda tuman markazlariga avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi. Q. aeroportidan Q. — Moskva, Q — Andijon, Q — Toshkent yoʻnalishlaridagi havo yoʻllarida samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Q. da Koʻkgumbaz masjidi (16-asr), qadimiy hammom (16-asr), Qashqadaryo ustidagi qadimiy koʻprik (1583), Sharofboy madrasasi (18-asr boshlarida), Charmgar masjidi (19-asr oʻrtalari), Bektemir madrasasi (1905), Xoja Abdulaziz madrasasi (19a), Qilichbek madrasasi (19-asr) va boshqalar meʼmoriy obidalar saklanib qolgan.