Qashqadaryo (daryo): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: mayd. → maydoni using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sent. → sentabr, bal. 5 → balandligi 5 using AWB
Qator 3:
'''Qashqadaryo''' (quyi oqimida M a y manoqdaryo) — [[Qashqadaryo viloyati]]dagi [[daryo]]. Havzasining maydoni 12 ming km². Daryo [[Tojikiston]]ning [[Sugʻd viloyati]]dagi [[Hisor]] tizmasining gʻarbiy tarmogʻi boʻlgan Obixunda togʻlarining shim. yon bagʻridan, Tovtosh dovonidan 1,5 km shim. sharqda, 2960 m balandlikdan boshlanadi. Daryo oʻng irmogʻi Oʻrtabuloqning (Forob qishlogʻi yonida) quyilishigacha [[Shinchasoy]] deb ataladi.
 
Yuqori oqimida baland plato boʻylab chuqur vodiyda oqadi. Daryo vodiysining bosh qismi koʻp joylarda tor. Vodiy yon bagʻirlari koʻpincha tik, bal.balandligi 50–120 m. Yargʻak irmogʻi qoʻshilgandan soʻng vodiy bir oz (100–200 m) kengayadi. Shu yerdan daryoda qayir paydo boʻladi (eni 100 m, Dugʻoba qishlogʻi). [[Chiroqchi]]dan pastroqda [[Hazratibashir]] qishlogʻidan boshlab daryo suvi ariq va kanallarga olinadi. Q.ga sersuv bir qancha irmoqlar: [[Jinnidaryo]], Chiroqchidan 18 km yuqorida [[Oqsuv]], [[Tanxozdaryo]], [[Gʻuzordaryo]]lar quyiladi. Bu irmoqlar yuqori oqimida chuqur va tor vodiyda oqadigan tipik togʻ daryolaridir.
 
Q. ning oʻng sohil tomonidan uncha baland boʻlmagan [[Qoratepa]] togʻining jan. yon bagʻridan 20 ga yaqin soy ([[Shoʻrobsoy]], [[Makridsoy]], [[Oyoqchisoy]], [[Qalqamasoy]] va boshqalar) oqib tushadi. Togʻlikdan tekislikka chiqqach, daryo vodiysi kengayadi. Shu yerdan daryo suvi butunlay sugʻorishga olinadi. Qarshi choʻliga yetganda daryo tugaydi. Qor, yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi Varganza qishlogʻi yonida 14,1 m³/sek.dan (koʻp suvli yilda) 1,45 m³/sek.gacha (kam suvli yilda). Chiroqchi qishlogʻi yonida yildagi eng koʻp suv sarfi 781 m³/sek. dan (koʻp suvli yilda) 21,4m3/sek.gacha (kam suvli yilda) boʻladi.
 
Yillik oqimining 64% mart — iyun, 11,7% iyul —sent.—sentabr, 24—27% oktyabr — fevral oylarida oqib oʻtadi. Yillik eng koʻp suv sarfi koʻproq jala yomgʻirlari hisobiga tez oʻzgarib turadi. Shunga koʻra, toʻlinsuv davri (fev. — iyul) sel tusini oladi. Daryo havzasidagi yerlarni suv bilan taʼminlashni yaxshilash maqsadida [[Chimqoʻrgʻon suv ombori]], [[Zarafshon (daryo)|Zarafshon]] daryosidan havzaga suv keltirish uchun [[Eski Anhor]] va [[Qarshi magistral kanali|Qarshi magistral kanallari]] qurilgan.
 
Yuriy Ivanov.