Qibray tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q.x. → qishloq xoʻjaligi, t-ra → temperatura (3), hoz. → hozirgi, Mayd. → Maydoni using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t.y. → temir yoʻl, q. x. → qishloq xoʻjaligi, bal. 3 → balandligi 3 using AWB
Qator 64:
'''Qibray tumani''' — [[Toshkent viloyati]]dagi [[tuman (maʼmuriy birlik)|tuman]]. 1933 yil 1 dek.da tashkil etilgan. 1962 yil 24 dek.da Kalinin (hozirgi [[Zangiota tumani|Zangiota]]) tumani bilan birlashtirildi. 1964 yil 31 dek.da qaytadan tuzildi. 1933 — 91 yillarda Orjonikidze tumani. Janubiy gʻarbdan [[Toshkent]] shahri, jan.dan [[Yuqori chirchiq tumani|Yuqori Chirchiq]], sharqdan [[Boʻstonliq tumani|Boʻstonliq]], gʻarbdan [[Toshkent tumani|Toshkent tumanlari]], shim.dan [[Qozogʻiston]] Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,56 ming km{{sup|2}}. Aholisi 159,6 ming kishi (2004). Tumanda 2 shaharcha ([[Qibray]], [[Salor (shaharcha)|Salor]]), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Baytqoʻrgʻon, Yonariq, May, Matqobulov, Oqqovoq, Tuzel, Chinobod, Yangiobod, Oʻnqoʻrgʻon, Qiziltu, Qipchoq) bor. Tuman markazi — Qibray shaharchasi.
 
Tabiati. Tuman viloyatning shim. va shim.sharqida, [[Chirchiq (daryo)|Chirchiq]] daryosi [[vodiy]]sida joylashgan. Relyefi shim.sharqiy qismida qir va adirlardan iborat. Yer yuzasi shim.sharqqa tomon balandlashib boradi. Oʻrtacha bal.balandligi 300– 400 m. Janubiy tomonidan Chirchiq daryosi, shim.dan [[Boʻzsuv]], Zax va Xonim kanallari, oʻrta qismidan Katta [[Qorasuv kanali]] oqib oʻtadi. Chirchiq daryosining hozirgi va qadimiy irmoqlari, Boʻzsuv, Zaxariq kanallari jarliklar hosil qilgan. Baʼzi jarlarning chuqurligi (Boʻzsuvda) bir necha oʻn metrga yetadi. Tuproqlari, asosan, boʻz tuproq. [[Iqlim]]i kontinental. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 27 — 29°, yanvar
 
niki —2°. Yozda eng yuqori temperatura 41—42° ga yetadi, yanvarda eng past temperatura —29°. Vegetatsiya davri 210—220 kun. Yillik yogʻin 300–400 mm. Yovvoyi oʻsimliklardan turangʻil, terak, jiyda, doʻlana, tol, yulgʻun, qamish, yantoq va boshqalar bor. Bahorda rang (qorabosh), shaytonkavush, [[lola (gul)|lola]] va [[lolaqizgʻaldoq]]lar oʻsadi. Chirchiq daryosining qayirlarida yovvoyi hayvonlardan [[quyon]], [[suv kalamushi]], [[sichqon]], [[gʻoz]], [[oʻrdak]], [[qirgʻovul]], [[loyxoʻraklar|loyxoʻrak]], [[soʻfitoʻrgʻay]], [[suvilonlar]], ondatra mavjud.
Qator 70:
[[Aholi]]si, asosan, [[oʻzbeklar]]; shuningdek, [[qozoqlar|qozoq]], [[ruslar|rus]], [[tojiklar|tojik]], [[tatarlar|tatar]] va boshqalar ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 285 kishi (2004). Shahar aholisi 38,7 ming kishi, qishloq aholisi 120,9 ming kishi.
 
Xoʻjaligi. Tumanda sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi, q.qishloq x.xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiriladi. 17 sanoatkorxonasi, [[Toshkent issiqlik elektr stansiyasi|Toshkent issiqlik elektr markazi]], [[Gidroelektrik stansiya|GES]]lar kaskadi, mevasabzavot konservasi va pivoalkogolsiz ichimliklar ktlari, gʻisht zavodi, "Toshkent" parrandachilik xoʻjaligi, tuxum yetishtirish boʻyicha sanoat ishlab chiqarish birlashmasi va boshqalar; 10 shirkat, 237 fermer, shu jumladan, 64 dehqon xoʻjaligi, "Limonzor" xoʻjaligi va boshqalar xoʻjaliklar bor. Umumiy ekin maydoni 13,7 ming ga, shu jumladan, don 4,9 ming ga, kartoshka va sabzavotlar 2483 ga, ozuqa ekinlari 5,2 ming ga maydonni egallaydi. Bogʻ va tokzorlar 3,8 ming ga, issiqxona xoʻjaligi 3 ga. Tumanda 24,9 mingdan ziyod qoramol (shu jumladan, 11 mingga yaqin sigir), 16 mingga yaqin qoʻy va echki, 1371,4 ming parranda boqiladi (2004). Tuman Toshkentga qishloq xoʻjaligi va chorvachilik mahsulotlari yetkazib beradi. Tuman hududida 13 i.t. 48 umumiy taʼlim maktabi (27,4 ming oʻquvchi) faoliyat koʻrsatadi. "Plemelita" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent agrar unti, 4 musiqa maktabi, 43 kutubxona, 9 klub muassasasi (jumladan, 4 madaniyat uyi, 2 madaniyat saroyi), stadion, suzish havzasi, 5 sogʻliqni saqlash muassasasi, 2 kasalxona, 13 qishloq vrachlik punkti, 9 ambulatoriya, 9 qishloq davolash maskani, 13 feldsherakusherlik punkti aholiga xizmat koʻrsatadi. Bolalar sanatoriysi, "Boʻston", "Botanika", "Umid gulshani", "8 Mart", "Turon", "Navbahor", "Qibray" sanatoriylari, "Energetik" mavsumiy dam olish uyi va boshqalar bor. Tuman Toshkent shahri bilan avtobus va elektrlashtirilgan t.y.temir yoʻl transporti orqali bogʻlangan.
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->