Qishloq xoʻjaligi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Q.x. → Qishloq xoʻjaligi (7), y.da → yilda, va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa (2) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: i.ch. → ishlab chiqarish (4) using AWB
Qator 3:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Qishloq xoʻjaligi''' - moddiy i.ch.ishlab chiqarish ning asosiy tarmoqlaridan biri. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari olish uchun ekinlar ekish va chorva mollarini koʻpaytirish bilan shugʻullanadi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari va xalq xoʻjaligining bir qancha tarmoqlarini xom ashyo bilan taʼminlaydi. Qishloq xoʻjaligi oʻsimlik va hayvon mahsulotlarini dastlabki qayta ishlashning turli tarmoqlarini ham oʻz ichiga oladi. Moddiy i.ch.ningishlab chiqarishning boshqa jami sohalaridan farq qilgan holda Qishloq xoʻjaligi juda katta may-donlarda va hududiy xilma xil sharoitlarda olib boriladi. Unda yer (asosiy i.ch.ishlab chiqarish vositasi), yorugʻlik, issiqlik, suv va tirik organizmlar — oʻsimlik va hayvonlardan foydalaniladi. Qishloq xoʻjaligining i.ch.ishlab chiqarish davri ish davri bilan mos tushmaydi. Qx.ning asosiy tarmoqlari — dehqonchilik va chorvachilik. Ular ham oʻz navbatida bir qadar kichikroq tarmoqlarga boʻlinadi (dehqonchilikda — dalachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik, oʻrmon xoʻjaligi va boshqa; chorvachilikda — qoramolchilik, qoʻychilik, yilqichilik, choʻchqachilik, parrandachilik, asalarichilik, pillachilik va boshqalar); Oʻz navbatida, dehqonchilik va chorvachilik tarmoklari ekiladigan ekinlar (gʻallachilik, sholikorlik, paxtachilik) va chorva mollari turlari (qoramol, qoʻy, ot, tuya) boʻyicha guruhlanadi.
 
Qishloq xoʻjaligi — inson xoʻjalik faoliyatining dastlabki turlaridan biri. Uning kelib chiqishi tosh davri oxiriga borib taqaladi. Bu davrda inson xoʻjalik va boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun yerni oddiy qurollar bilan ishlagan, baʼzi xayvonlarni xonakilashtira boshlagan. Asrlar davomida turli sharoitlar taʼsirila dehqonchilik tizimi oʻzgargan va takomillashgan; hayvonlarning foydali xususiyatlari parvarishlangan, koʻplab zotlari yetishtirilgan.