Qorachoy-bolqor tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.lar → yillar (3), va b. → va boshqa using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -a. → -asr using AWB
Qator 21:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Qorachoy-bolqor tili''' - turkiy tillarning qipchoq guruxiga mansub til; asosan, RFning Qorachoy-Cherkasiya Respublikasi, shuningdek, Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Turkiya, Suriya, AQShda yashovchi qorachoylarning hamda RFning Kabarda-Balkariya Respublikasi va unga qoʻshni hududlarda yashovchi bolqorlarning tili. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 235 ming (qora-choylar 150 ming , bolqorlar 85 ming) kishidan ortiq (20-a.asr oxirlari).
 
Q.-b.t., asosan, fonetik, qisman leksik-morfologik tafovutlarga ega boʻlgan 2 ta: "ch" lovchi - "j" lovchi (qorachoy) va "s" lovchi — "z" lovchi (bolqor yoki molqor) lahjalariga boʻlinadi. Mas, quchuk > kutsuk, bichaq > bitsaq (pichoq), juz > zuz (yuz), jil > zil (yil) va boshqa Q.-b.t.ning uziga xosligi sifatida yana baʼzan soʻz boshidagi "y" undoshining tushib qolishi (yaxshi > axshi, Yaxya — Axya), dona va tartib sonlar hosil qilishning alohida usuli (bir on — oʻn, eki on — yigirma yuch on — oʻttiz; bir jiyirma — yigirma, yeki jiyirma — qirq, yuch jiyirma — oltmish) kabilarni koʻrsa-tish mumkin. Leksikasida rus, osetin. adigey tillaridan oʻmashgan soʻzlar mavjud.