Qoraqum: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura, Mayd. → Maydoni, va b.) → va boshqalar) using AWB |
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: bal. 1 → balandligi 1 (3) using AWB |
||
Qator 1:
'''Qoraqum''' — [[Osiyo]]dagi eng katta qumli [[choʻl]]. [[Oʻrta Osiyo]]ning jan.da. [[Turkmaniston]]ning asosiy qismini egallaydi. Shim.da [[Sariqamish botigʻi]], shim.sharqda va sharqda [[Amudaryo]] [[vodiy]]si, jan.-sharqda [[Qorabel]] va [[Bodxiz qirlari]], jan.da [[Kopetdogʻ]] etaklari, gʻarbda qad. daryo oʻzani [[Oʻzboʻy]] bilan chegaradosh. Maydoni 400 ming km{{sup|2}}. Q.ning asosiy qismi yosh grabenda joylashgan pasttekislikdan iborat. Oʻrtacha
Q.ning iqlimi keskin kontinental, quruq subtropikka xos xususiyatlari bor (moʻʼtadil havo massalari yozda tropik havo massalari bilan almashinib turadi). Shim.da yanvarning oʻrtacha temperaturasi —5°, jan.da 3°, iyulniki shim.da 28°, jan.da 34°. Havo trasining sutkalik amplitudasi juda katta (50°gacha, tuproqda 80°gacha). Yillik yogʻin 60 mm dan 150 mm gacha (jan.da koʻproq). Yogʻinning 70% noyabr—apr. da yogʻadi. Vegetatsiya davri 220—275 kun. Yiliga 30—60 kun garmsel esadi. Q.ning shim.-sharqiy chegarasidan Amudaryo oqib oʻtadi; Tajan va Murgʻob daryolari qumga singib ketadi. Q. grunt suvlariga boy: Amudaryo yaqinida 3–6 m dan (bu daryo Q.dagi hamma yer osti suvlarining asosiy manbaidir), Qorabel qirlarida 300 m gacha chuqurlikda yotadi. Q.da boʻz qoʻngʻir (asosan, Ungʻuzorti Q.da), choʻl qum tuproqlari, shoʻrxoklar va taqir tuproqlar tarqalgan. Jan. va jan.-sharqiy qismlarida qisman boʻz tuproqlar uchraydi. Bahorda Q.ning barxan qumlaridan tashqari hamma hududi efemer va efemeroidlar bilan qoplanadi. Rang (iloq) qoʻylarning asosiy ozuqasi, oq va qora saksovul, butalardan qandim, quyon-suyak, chakanda, astragallar Q.ning tro-pik oʻsimliklaridir. Barxan qumlarini mustahkamlashda selin, quyonsuyak va qandim, cherkez katta ahamiyatga ega. Sut emizuvchi hayvonlardan jayran, qarsaq tulki, boʻri, barxan mushugi, dasht mushugi, kemiruvchilar uchraydi. Qushlardan boyqush, toʻrgʻay, choʻl qargʻasi, chumchuqlar yashaydi. Sudraluv-chilardan [[ilon]]lar ([[charx ilonlar|charx ilon]], oʻq ilon, dasht [[Boʻgʻma ilonlar|boʻgʻma iloni]], [[koʻzoynakli ilon]] va boshqalar), [[kaltakesaklar]] — [[agamalar|aga-ma]], [[Gekkonsimonlar|gekkon]], [[Echkemarsimonlar|echkemar]] (uz. 1,5 m gacha), dasht [[Toshbaqalar|toshbaqasi]] xos. Falanga, [[Qoraqurtlar|qoraqurt]] va [[chayonlar]] bor. Choʻlning koʻp qismi qoʻy va tuyalar uchun yil boʻyi yaylov. foydali qazilmalari: [[oltingugurt]], [[neft]], [[gaz]]. Q.ning jan. qismidan [[Qoraqum kanali]] oʻtgan. q. orqali Oʻrta Osiyo — Markaz gaz quvuri oʻtkazilgan. Q.da ekstensiv chorvachilik mavjud. Daraxtlar oʻtkazish va koʻchma qumlarni mus-tahkamlash hamda yaylov oʻsimliklari [[fitomelioratsiya]]si boʻyicha ishlar amalga oshirilgan. Jan.Sharqiy Q.da Turk-maniston FAning Repetek qumli choʻl i.t. stansiyasi joylashgan.
|