Qozogʻiston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.) → va boshqalar) (2), va b. → va boshqa using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh. → shahri (2), mil. av. → miloddan avvalgi (4), Mil. 6 → Milodiy 6 using AWB
Qator 12:
 
== Tarixi ==
Hozirgi Qozogʻiston hududida mil.miloddan av.avvalgi 4—3-ming yilliklarda (eneolit davri) yaylov chorvachiligi paydo boʻldi. Mil.av.Miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalarida koʻpgina dasht qabilalari yaylov chorvachiligi bilan shugʻullana boshladi. Bu qabilalar, asosan, qoʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik bilan shugʻullangan, hunarmandchilik va qisman dehqonchilik ham qilgan. Mil.av.Miloddan avvalgi 3—1-asrarda hozirgi Qozogʻiston hududida Qangʻ davlati vujudga keldi. Mil.Milodiy 6-asr oʻrtalarida [[Turk xoqonligi]], 8-asr boshlarida Ili va Chu daryolari oraligʻidagi hudullarda [[turgashlar]], [[766-yil]] [[qarluqlar]] davlati tashkil topdi. Turgashlar, keyinchalik Qarluqlar xoqonligida (766—940) hunarmandchilik va savdo markazlari boʻlgan shaharlar (Taroz va boshqa) paydo boʻldi. 8—10-asrlarda Qozogʻiston janubida [[islom|islom dini]] tarqaldi. 9—11-asrlarda Qozogʻistonning gʻarbiy va janubi-gʻarbiy hududlari [[oʻgʻuzlar]] davlati tarkibida boʻlgan. 8—11-asrlarda shimoli-sharqiy va markaziy hududlarda [[qimoqlar]] va [[qipchoqlar]] yashagan (bu katta hudud Dashti Qipchoq deb atalgan).
 
10-asrning 1-yarmida Yettisuvga [[sharqiy Turkiston]]dan yagʻmolar bostirib kirdi. Ularning hujumi natijasida Qarluq xoqonligi parchalanib, uning oʻrnida [[Qoraxoniylar]] davlati paydo boʻldi. 1219—21 yillarda moʻgʻullar tomonidan bosib olinib, [[Chingizxon]] oʻgʻillari oʻrtasida taqsimlandi. Moʻgʻullar hukmronligi davrida Qozogʻiston [[Oltin Oʻrda]] tarkibida, u parchalangach, [[Oq Oʻrda]] va Moʻgʻuliston tarkibida boʻlgan. [[Amir Temur]] [[1391-yil]] Toʻxtamishta qarshi yurishi chogʻida Qozogʻistondagi Ulugʻtogʻ (Ulutov)da [[qarorgoh]] qurgan va toshtaroshlarga safari haqida xarsang toshga bitik bitishga farmon bergan. Oradan 200 yil oʻtgach, [[Abdullaxon II]] ham Dashti Qipchoqqa yurishidan yodgorlik sifatida Ulugʻtogʻda masjid qurdirgan. Katta hududni birlashtirgan Oq Oʻrda 14-aar oxiri — 15-asr boshlarida bir necha mulklarga ajralib ketdi (asosiy hududlarni birlashtirgan [[Noʻgʻay Oʻrda]] va Oʻzbek xonligi ularning eng yiriklari boʻlgan). 15-asr oxirida Yettisuvda [[Qozoq xonligi]] vujudga keldi. 16-asr boshlarida qozoq elatining uzoq davom etgan shakllanishi nihoyasiga yetdi. Qosimxon davri (1511 — 23)da Qozoq xonligi mustahkamlanib, chegarasi kengaidi, aholi soni ortdi. 16-asr oʻrtalarida Noʻgʻay Oʻrdasi, keyinroq Moʻgʻuliston va Sibir xonliklari parchalanib ketdi. Qozoq xonligi juzlarga boʻlinib, [[Katta juz]] (Yettisuv), [[Oʻrta juz]] (Markaziy Qozogʻiston) va [[Kichik juz]] (Gʻarbiy Qozogʻiston) deb atala boshladi. 17-asrda juzlar hududlarida mustaqil xonliklar paydo boʻldi. 18-asr boshlarida Qozogʻistonga [[Jungʻariya]] xonligi xavf solib turdi ([[1729-yil]] jungʻarlar Katta juzning talay yerlarini bosib oldi). [[1726-yil]] Abulxayrxon Kichik juz oqsoqollari nomidan Rossiya podshosiga fuqarolikka olishni iltimos qilib murojaat qildi. [[1731-yil]] Kichik juz Rossiya tarkibiga kira boshladi. 1731—40 yillarda Oʻrta juzning ayrim xon va sultonlari Rossiya fuqaroligini qabul qildilar. 18-asr oʻrtalarida qozoq sultonlari orasida nizo kuchayib, pirovardida Abulxayrxon oʻldirildi (1748). Uning oʻgʻli Nurali kichik juz xoni boʻlib, podsho maʼmuriyatiga tayandi va oʻz hokimiyatini Oʻrta juzning bir qismiga, shuningdek, [[Xiva xonligi|Xivaga]] ham yoyishga urindi. Ammo u muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Jungʻarlarning Xitoydan magʻlubiyatga uchrashi (1758) natijasida hududining katta qismi jungʻarlar hokimiyati ostida boʻlgan Katta juzda manjurlar hukmronligi oʻrnatilishi xavfi paydo boʻldi. Qozogʻistonning janubiy hududlari, jumladan, [[Chimkent]] ham [[Qoʻqon xonligi]] tarkibiga kirdi. 19-asr boshlarida Oʻrta juz xonlari Buke (1815), Vali (1819) vafotidan soʻng podsho hukumati xon hokimiyatini tugatib, [[1822-yil]]dan yangicha boshqarish tizimini joriy etdi. [[1824-yil]] Kichik juzda ham xon hokimiyati tugatildi; urugʻ oqsoqollari hokimiyatini cheklaydigan hududiy boshqaruvga oʻtildi. Dasht yerlarning janubiy hududlari Qoʻqon va Xiva xonliklari tarkibida qoldi. [[1853-yil]] Orenburg va Samara general-gubernatori V.A.Perovskiy Qoʻqon xonligiga qarashli [[Oqmachit]] qalʼasini ishgʻol qilib, uni tayanch punktga aylantirdi. [[1854-yil]] Verniy istehkomi (hozirgi Olmaota) qurildi.
Qator 50:
 
=== Tuproqlari ===
Tuproqlari shimolda 52° sh.kshahrik.gacha qoratuproq, 52—48° sh.kshahrik.lar orasida kashtan tuproq, undan janubida qoʻngʻir va boʻzqoʻngʻir choʻl tuproqlari bilan birga qumli va taqir tuproqlar, togʻlarda togʻ qoʻngʻir, togʻ kashtan, qora tuproq, boʻz oʻrmon va togʻ-oʻtloqi qoramtir tuproqlar tarqalgan. Togʻ tepalarida togʻ-oʻtloqi subalp va alp tuproqlar mintaqasi joylashgan.
 
=== Oʻsimliklari ===
Qator 346:
 
== Meʼmorligi ==
Qozogʻiston hududida yashagan qabilalarning jez davridagi turar joy qoldiqlari (qarang [[Andronovo madaniyati]]), mozorqoʻrgʻonlar va h.k. saqlangan. Mil.av.Miloddan avvalgi 1-ming yillik va mil. dastlabki asrlarda Qozogʻiston hududida yashagan qabilalar koʻchma kigiz oʻtov uylar bilan birga paxsa, xom gʻishtdan ham uylar qurgan. Oʻrta asrlarda shaharlar [Isfijob (11-asrdan [[Sayram]]), [[Taraz]] va boshqalar] barpo etildi, qalʼa va qoʻrgonlar qurildi. 8-asrdan hozirgi Qozogʻistonning janubiy qismida [[islom|islom dini]] tarqalishi munosabati bilan [[masjid]], [[madrasa]] kabi yangi tipdagi binolar, [[sardoba]], [[hammom]], [[karvonsaroy]], konussimon maqbaralar qurildi. 10-asrdan memorial inshootlar (Taroz shahri yaqinidagi Babaji xotin maqbarasi, Oyshabibi maqbarasi) barpo etildi. 13-asr 2-yarmidan shaharlar (Sigʻnoq. Taroz, Sayram va boshqalar) qayta tiklandi. 14—16-asrlarda shaharlar qurish avj oldi, monumental binolar ([[Qaragʻandi viloyati]]dagi Alasha xon maqbarasi, 13-asr 2-yarmi; [[Turkiston (shahar)|Turkiston shahridagi]] [[Hoja Ahmad Yassaviy maqbarasi]] — Yassaviy majmuasi, 14-asr oxiri — 15-asr boshi) bunyod etildi. 17—18-asrlarla Qozogʻiston hududi chegarasi boʻylab harbiy istehkomlar — Yoyiq shaharchasi (Uralsk), Guryev, Orsk. [[Semipalatinsk]], [[Orenburg]] qalʼalari qurildi. 19-asrda eklektika ruhida qalʼa, maʼmuriy va savdo inshootlari, maqbaralar qurildi. [[1920-yil]]larda turar joy va jamoat binolari meʼmorligida milliy anʼanaviy meʼmorlik unsurlaridan foydalanildi. Balxash, [[Qaragʻandi]], [[Jezqazgʻan]] kabi yangi shaharlar barpo etildi. 1920—30 yillardagi meʼmorlikda konstruktivizm gʻoyalari oʻz aksini topdi. [[1950-yil]]larning 2-yarmidan qurilish ishlari keng koʻlamda davom ettirildi (Olmaotada Hukumat uyi). 1960—70 yillarda koʻp qavatli turar joy binolarining qavati soni oshirildi, yangi meʼmoriy shakllar {"Medeo" sport majmui, 1951, 1971—72 yillarda rekonstruksiya qilingan, meʼmorlar V.Katsev, A.Qaynarboyev va boshqalar; Shevchenko (hozirzi [[Aqtau]]) shahrining meʼmoriy majmuasi; Olmaotadagi „Qozogʻiston“ mehmonxonasi, 1978, meʼmorlar Yu.Ratushniy, L.Uxobotov] yaratildi. [[1935-yil]] Qozogʻiston Meʼmorlar uyushmasi tuzilgan.
 
== Tasviriy sanʼati ==