Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Hoz. → Hozirgi (2), sh.da → shahrida, y.lar → yillar (5), va b.) → va boshqalar) (4), va b. → va boshqa (3) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh. → shahri, 0 y. → 0 yil (15), -a.ga → -asrga (6), mil. 6 → milodiy 6 using AWB
Qator 4:
'''Qurʼon''' (arab. — oʻqimoq, qiroat qilmoq) — musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Islom eʼtiqodiga koʻra, Q. vahiy orqali Muhammad paygʻambarga 610—632 yillar davomida nozil qilingan Allohning kalomi (Kalomulloh). Q. "Kitob" (yozuv), "Furqon" (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), "Zikr" (eslatma), "Tanzil" (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, "Nur" (yorugʻlik), "Hudo" (hidoyat), "Muborak" (barakotli), "Mubin" (ochiq-ravshan), "Bushro" (xushxabar), "Aziz" (eʼzozlanuvchi), "Majid" (ulugʻ), "Bashir" (bashorat beruvchi), "Nazir" (ogohlantiruvchi) kabi soʻzlar bilan sifatlangan. Islom olamida Q. mushaf nomi bilan ham mashhur. Ulamolar Q.ning 30 xil nom va sifatlarini sanab oʻtganlar.
 
Islom tarixiga oid manbalarda keltirilishicha, Q. nozil boʻlishi mil.milodiy 610 y.yil boshlangan. Muhammad paygʻambar 40 yoshda Makka sh.shahri yaqinidagi Hiro gʻorida chuqur tafakkurga berilib oʻtirgan bir paytda Jabroil farishta "Iqraʼ" ("Oʻqi") deb boshlanuvchi "Alaq" surasining avvalgi 5 oyatini keltirdi. Bu jarayon Makkada 13 yil, Madinada 10 yil, hammasi boʻlib 23 yil davom etgan. Q.ning nozil qilinishi islom aqidasi boʻyicha ramazon oyining 27-kuniga oʻtar kechasi yuz bergan. Shuning uchun ham bu oy muqaddas hisoblanib, roʻza tutilgan kunning 27-kechasi laylatul-qadr, yaʼni qadrli, ilohiy qudrat namoyon boʻladigan, bandalarning bir yillik taqdiri hal qilinadigan (qadr — taqdir, oʻlchov) tabarruk kecha deb ulugʻlanadi.
 
Q. sura va oyatlarining nozil boʻlish tartibi voqealarning rivojiga qarab davom etgan. Ilk islom davrida nozil boʻlgan suralar, asosan, Allohning yagonaligi, borliqning mutlaq ilohi, dunyodagi barcha narsalar uning borligidan darak beruvchi dalil ekani, islom taʼlimotida belgilangan aqidaviy tushunchalar — farishtalar, paygʻambarlar, muqaddas kitoblar, oxirat, jannat va doʻzaxning haqligi toʻgʻrisida edi. Paygʻambar va musulmonlarga ogʻir kelgan Makka davrida sabr-bardoshga chaqiruvchi, din yoʻlida chekilgan mashaqqatlar uchun ulugʻ ajru mukofotlar borligi haqidagi oyatlar nozil etilgan boʻlsa, musulmonlar jamoasi shakllangan Madina davriga diniy marosim va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga bagʻishlangan oyatlar toʻgʻri keladi. Paygʻambarga diniy masalalar boʻyicha berilgan savollarga u vahiy orqali nozil qilingan oyatlar bilan javob berar edi.
Qator 16:
Muhammad (s.a.v.) Q. oyatlarini Jabroildan qabul qilar, boshqa musulmonlar u kishidan eshitib, yodlab olardilar. Yozishni biladigan odamlar, jumladan, Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Kaʼb xurmoning poʻstlogʻi, yapaloq tosh, katta suyak, teri va shunga oʻxshash narsalarga Q.ni yozib borganlar. Paygʻambar hayotlik chogʻida yana vahiy tushib qolar, degan umidda Q. jamlab kitob shakliga keltirilmagan. Paygʻambarning vafotidan keyin Q. kishilarning xotirasida va yozgan narsalarida qoldi. Birinchi xalifa Abu Bakr davrida ridda (dindan qaytish)ga qarshi olib borilgan qattiq janglarda Q.ni toʻliq yod olgan koʻplab qorilar halok boʻlib, Q.ning kelajak avlodga saqlanmay yoʻqolib ketish xavfi tugʻilgan paytda Umar ibn Xattob Abu Bakrga Q.ni kitob holiga keltirib, jamlab qoʻyish zarurligini maslahat beradi. Abu Bakr bu ishni amalga oshirishni Paygʻambar bilan koʻp vaqt birga yurgan sahoba, Q.ni eng yaxshi yod olgan Zayd ibn Sobitga topshirdi. Zayd ibn Sobit, Umar ibn Xattob va boshqa Qurʼoni karimni puxta yod bilishlariga qaramay, bu ishning ishonchli boʻlishiga harakat qilib, masjidda: "Kimning qoʻlida yozilgan Q. boʻlsa va uni Paygʻambardan tinglaganiga ikkita guvohi boʻlsa, bizga olib kelsin, Q.ni jam qilishga xalifaning buyrugʻi boʻldi", deb eʼlon qildilar. Ular masjidda oʻtirib, guvohlarni tekshirib, nihoyatda aniqlik bilan 1 yildan ortiq vaqtda Q. sahifalarini jamladilar. Soʻng koʻpchilikka koʻrsatdilar, hamma rozi boʻldi. Shunday qilib, Zayd va Umar mashaqqatli urinishlardan keyin Q.ni kiyik terisidan ishlangan sahifalarga yozib, Abu Bakrning uyiga qoʻydilar. U olamdan oʻtgandan keyin sahifalar Umarning uyida, u kishidan soʻng esa, qizi — Paygʻambarning xotini Hafsa binti Umar huzurida qoldi. Vaqt oʻtishi bilan islom dini tarqalgan davlatning chegarasi kengayib bordi. Koʻplab xalqlar islomni qabul qilib, musulmonlar soni koʻpaygandan soʻng Q.ni oʻqishda turli kelishmovchiliklar chiqa boshladi. Bunga Q.ning "etti harf" (lahja)da nozil boʻlgani ham sabab boʻldi. Hadisda taʼkidlanishicha, Jabroil Q. oyatlarini turli arab qabilalariga tushunarli boʻlishi uchun yetti xil lahjada keltirgan. Bunda ayrim soʻzlar boshqacha shaklda yozilishi va oʻqilishiga toʻgʻri kelgan. Bu holatni koʻrgan xalifa Usmon ibn Affon Hafsadan Abu Bakr davridagi sahifalarni soʻrab olib, undan bir necha nusxa koʻchirishga buyruq berdi. Q. qiroatida farqli boʻlgan soʻzlarda quraysh lahjasiga rioya qilindi.
 
Nusxalar tayyor boʻlgandan soʻng musulmonlar yashaydigan diyorlardagi markaziy shaharlarga bittadan nusxaga qori qoʻshib joʻnatildi, hammaga faqat shu nusxadan Q.ni koʻchirish va shu qoridan qiroat oʻrganishga buyruq berildi. Usmon ibn Affon Makkaga Abdulloh ibn Soibni, Shomga Mugʻiyra ibn Shihobni, Kufaga Abdurahmon Sulamiyni, Basraga Omir ibn Abul Qaysni yubordi va har biriga bir nusxadan mushaf berdi. Madinada qolgan mushafdan odamlarga qiroat taʼlimi berishni Zayd ibn Sobitga topshirdi. Usmon ibn Affonda bir nusxa mushaf qoldi. Keyinchalik nusxa koʻchirish yoʻlga qoʻyilishi jarayonida faqatgina Usmon davrida yozilgan nusxalarga suyanish joriy boʻldi. Pirovardida har bir nusxaning ishonchli ekanini tasdiqlash maqsadida "bu nusxa Usmon mushafiga muvofiqdir", deb yozib qoʻyiladigan boʻldi. Q. harflarini yozish uslubi bir xilligi ham saqlab qolindi. Q. harflariga biror nuqtachalik ham oʻzgarish kirmasin, degan maqsadda ulamolar mushaf ichiga hatto gul, daraxt bargi va shunga oʻxshash boshqa narsalarni mutlaqo qoʻyib boʻlmaydi, aks holda, oʻsha narsalar sahifaga yopishib qolsa, shubha paydo boʻlishi mumkin, deb fatvo chiqardilar. Q.ni nuqtalashni Abul Asvad Dualiy amalga oshirdi. U nuqta alomatlarini harflarning usti, osti va oʻrtasiga qoʻyib chiqdi. Vaqt oʻtishi bilan kishilar Q.ni xato oʻqimasliklari va uning qiroati haqida turli ixtilofga tushmasliklari uchun, ulamolar mushaflarga diakritik belgilar (fatha, kasra, zamma) qoʻyish kerak, degan fikrga toʻxtaldilar. Bu ishni Iroq hokimi Hajjoj ibn Yusuf hukmronlik davrida Hasan Basriy bajardi. Bunda asl harflarga zarracha oʻzgartirish kiritmaslik sharti qoʻyildi. 9-a.gaasrga kelib Q. arab boʻlmagan xalqlar tomonidan ham xatosiz oʻqish mumkin boʻlgan holga keldi. Taraqqiyot davri kelib, Q.ni texnik jihozlar vositasida chop etish masalasi koʻndalang boʻldi. Lekin ulamolar avvaliga Q.ning obroʻsiga toʻgʻri kelmaydi, degan fikr bilan bu ishga ruxsat bermadilar. Ammo vaqt oʻtishi bilan musulmonlar ham nashr ishlarini oʻzlashtirdilar. Q.ni chop etishga ehtiyoj ortib bordi va ulamolar kerakli shartlarni qoʻyib, Q.ni chop etishga izn berdilar.
 
Q.ning har bir nusxasi musulmonlar tomonidan eʼzozlanadi. Ammo ularning ichida Usmon Q.larining alohida oʻrni bor. Toshkentda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasining maxsus hujrasida saqlanayotgan Usmon Q.i bevosita xalifa Usmon davrida (644—656) yozilgan muqaddas qoʻlyozma deb hisoblanadi. Hozirgi kunda jahonda "Usmon Qurʼoni" degan nom bilan ataladigan 4 qoʻlyozma mavjud. Ulardan biri Madinada saqlanayotgan asl nusxa boʻlib, islom manbalarida u "Imom" deb ataladi. Ikkinchi nusxa Kaʼbada, uchinchi nusxa Qohira (Misr milliy kutubxonasi)da saqlanmoqda. Toʻrtinchisi Toshkentda Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyida uzoq vaqt saqlanib, 1989 y.yil boshida musulmonlar qurultoyida Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasiga saqlash uchun topshirilgan. Boshqa tadqiqotchilar (Ahadjon Hasanov va boshqalar) maʼlumotiga koʻra, Toshkentdagi Usmon mushafidan tashqari Qohira va Istanbul shahrida (2 ta) saqlanayotgan nusxalari mavjud. Toshkentda saqlanayotgan Q. ning bu yerga kelib qolishi tarixi haqida turli taxminlar bor. Koʻpchilik tadqiqotchilar uni Amir Temur Basradan Samarqandga olib kelgan, degan fikrni bildiradilar. Boshqa tarixchilar (Hamid Ziyoyev va boshqalar) Amir Temur Toʻxtamishni magʻlubiyatga uchratib, Oltin Oʻrdani egallaganidan keyin, oʻsha Q.ni qoʻlga kiritib, Samarqandga keltirgan, degan xulosada. Tarixda yana boshqa farazlarga ham duch kelinadi. Ushbu Q. 1868 (baʼzi manbalarda 1869 y.yil) Samarqanddan Sankt-Peterburgga olib ketiladi va avval Rossiya xalq maorifi vazirligiga, soʻngra shahardagi Saltikov-Shchedrin kutubxonasiga beriladi. Oktyabr toʻntarishidan soʻng , musulmonlar qurultoyining iltimosiga koʻra, RSFSR XKSning qarori bilan musulmonlarga qaytarib berilgan. Avval Ufada saqlanib, 1923 yilda Toshkentga keltirilgan. Bir necha vaqt Samarqandda, keyin Toshkentdagi Respublika xalq kutubxonasida, OʻzSSR FA Sharq qoʻlyozmalari in-tda saqlangan. 20-a.asr boshlaridagi tekshiruvga koʻra, mushafning umumiy hajmi 68x53 sm hisoblanib, 353 varaqdan iborat boʻlgan. Bu varaqlarning yaltiroq va sargʻish rangdagi yuz tomoni yaxshi saqlanib, ularning orqa beti salgina gʻijimlangan, bir oz uringan kabi koʻrinar edi. Mushafning sahifalari nam tortishi natijasida bir muncha shikastlangan va ularda qon dogʻlari bor edi. Uning yirtib olingan yoki qattiq shikastlangan varaqlari oʻrniga 69 ta teriga oʻxshash qalin va mayin varaqlar tikib qoʻyilgan. Bu varaqlar paxta qogʻozlardan mohirlik bilan ishlangan boʻlib, ularni Mushafning asl sahifalaridan farqlash qiyin edi.
 
Q.ning asosiy gʻoyasi — Alloh toʻgʻrisidagi taʼlimotdir. Uning mavzusi va mohiyati insonlar tafakkurida koʻpxudolikka barham berish, yakkaxudolikni targʻib qilish va islom dinini qaror toptirishdir. Shu bilan bogʻliq ravishda unda paygʻambarlar, oxirat, taqdir va boshqa haqidagi aqidalar bayon etiladi. Alloh Q.da oʻzining Odamato, Nuh, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub, Muso, Dovud, Iso, Muhammad (as) va boshqa paygʻambarlarini zikr etadi. Ularga yuborilgan din — islom ekani, Tavrot, Zabur, Injil va Q. oʻzi nozil qilgan ilohiy kitoblar ekani, yahudiylar, nasroniylar va musulmonlarni "ahli kitob" deb atab, ularning eʼtiqodlari vahdoniyat ekanini Q. oyatlarida qaytaqayta uqtiradi. Q.da asosiy ibodat talablari (namoz, roʻza, zakot va boshqalar) belgilab berilgan. Undagi axloqiy va huquqiy normalar keyinchalik shakllangan shariatga asos qilib olingan.
Qator 34:
Ulamolar Q.ni tushunish uchun zarur boʻlgan fanlar majmuasi — q. [[ilmlaridan nosix va mansux (bekor qiluvchi va bekor qilingan oyatlar]]) (q. [[Nasx]]), asbob an-anzul (oyatlarning nozil boʻlish sabablari), tafsir kabi sohalarni sanab oʻtganlar.
 
Tafsir Paygʻambar davridayoq yuzaga kelgan. Eng birinchi mufassir (tafsirchi) Muhammad (sav)ning oʻzi boʻlib, u odamlarga Q. maʼnolarini bayon qilib berardi. Paygʻambardan keyin Abu Bakr, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib mufassir boʻlgan. Shuningdek, Abdulloh ibn Abbos (690 y.vyilv.e.), Abdulloh ibn Masʼud (654 y.vyilv.e.), Ubay ibn Kaʼb (7-a.asr), Anas ibn Molik (712 y.vyilv.e.) kabi sahobalar ham ilk mufassirlardan hisoblanadi. Tobein mufassirlardan Mujohid ibn Jabr Makkiy (723 y.vyilv.e.), Ikrima Abu Abdulloh al-Barbariy (723 y.vyilv.e.), Said ibn Jubayr (714 y.vyilv.e.), Ato ibn Abi Raboh (734 y.vyilv.e.) kabilarni zikr etish mumkin. Sahoba va tobeinlar davrida tafsir ogʻzaki rivoyat va naql shaklida boʻlib, kitob tarzida yozilmagan. Muhammad ibn Jarir Tabariy (923 y.vyilv.e.), Abu Mansur Moturidiy (944 y.vyilv.e.), Abul Barakot Abdulloh ibn Ahmad an-Nasafiy (1310 y.vyilv.e.) kabi yirik mufassir ulamolar oʻzlarining tafsir kitoblarini yozdilar.
 
Afsuski, islomda paydo boʻlgan turli firqalar Q.ga oʻz taʼlimotlariga mos ravishda tafsirlar yoza boshladilar, zero tafsirchilik mufassirning dunyoqarashi bilan bogʻliqdir. Ammo islomning sof taʼlimotiga zid boʻlgan tafsirlar vaqt oʻtishi bilan yoʻqolib, ularning nomi va mualliflari haqidagi xabarlar manbalarda saqlanib qolgan. Tarixda Q.ning islom jamiyatidagi ulkan mavqeidan turli firqalar oʻzlarining gʻarazli maqsadlarida foydalanish holatlari koʻplab kuzatilgan. Ulamolar esa ularning bunday notoʻgʻri talqinlariga qarshi doimiy ravishda oʻzlarining xolis fikrlari bilan kurashib kelganlar. Q.ni gʻarazli talqinlardan xoli tutish bugungi kunda ham dolzarb masalalardan biri boʻlib qolmoqda.
 
Q. 12-a.danasrdan Yevropa xalqlari tillariga, jumladan, lotin tiliga tarjima qilina boshlagan. Fransuz sharqshunosi Andre dyu Riye tomonidan qilingan fransuz tilidagi tarjimasi 1647 y.yil Parijda chop etildi. Shu tarjima asosida Pyotr I buyrugʻiga binoan Q. rus tiliga oʻgirildi va 1716 y.yil Peterburgda chop etildi. Fransuzcha tarjima koʻp tillardagi nashrlarga asos boʻldi.
 
Q. 18-a.asr boshlarida Yevropa xalklari tillaridan, 19-a.asr oʻrtalaridan arabcha asl matndan rus tiliga tarjima qilingan. Arabchadan G.S.Sablukovning dastlabki ruscha tarjimasi Qozonda 3 marta (1878, 1894, 1907) nashr qilingan. Q.ning rus tilidagi adekvatik-adabiy tarjimasi ilmiy izohlari bilan akademik I.Yu.Krachkovskiy tomonidan amalga oshirilgan va uning vafotidan keyin (1963) nashr qilingan.
 
Hozirgi kunga qadar Q.ga 1700 xil tafsir yozilgan. Jumladan, Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning bir necha jilddan iborat "Tafsiri hilol" nomli asari (Toshkent, 1992—2005), Abdulaziz Mansurning "Qurʼoni karim maʼnolarining tarjima va tafsiri" (Toshkent, 2004) oʻzbek tilida chop etilgan. Q. 1000 dan ortiq tilga tarjima qilingan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin Alouddin Mansurning "Qurʼoni karim"ning oʻzbekcha izohli tarjimasi (Toshkent, 1991), Abdulaziz Mansurning "Qurʼoni karim maʼnolarining tarjimasi" (Toshkent, 2001), Mutallib Usmon va boshqalarning "Qurʼoni karim. Tarjima va ilmiy-tarixiy izohlar" (1-kitob, Toshkent, 2004) kitoblari chop etildi. Shuningdek, koʻzi ojizlar uchun Q.ning boʻrtma harflar (brayl yozuvi)da alohida 8 jildli kitobi nashr qilindi (2004).