Xatirchi tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Asrorbek (munozara | hissa)
kTahrir izohi yoʻq
Asrorbek (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Xatirchi''' - [[O`zbekistonOʻzbekiston]] tumanlaridan biri, [[Navoiy viloyati|Navoiy]] viloyatida joylashgan.
 
==Joylashuvi==
[[tasvir:xatmap.gif|thumb|right|Xatirchining joylashuvi]]
 
Xatirchi tumani shimoldan va shimoliy gʻarbdan viloyatning [[Nurota]], gʻarbdan [[Navbahor]] tumanlari bilan, janubdan [[Zarafshon daryosi]] orqali [[Samarqand viloyati]]ning [[Paxtachi]] va [[Narpay]] tumanlari, janubi sharq va sharqdan [[Kattaqoʻrgʻon]], hamda shimoli-sharqdan [[Qoʻshrabod]] tumanlari bilan chegaradosh. Tumanning yer maydoni 1382 kv.km, aholisi 151 000 kishi.<ref>[http://www.navoi.gov.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=36&Itemid=9 Navoiy viloyati hokimligi rasmiy sayti]</ref>
 
==Tuman tarixi==
 
Tuman [[1926-yil]] [[29-sentabr]]da Oʻzbekistondagi boshqa 79 ta tuman qatori rasman tashkil topgan. Ungacha Xatirchi [[Buxoro Xalq Sover Respublikasi]]da tarkibidagi viloyat (''1920-21 y.''), 1922-24-yillarda esa [[Karmana]] viloyatida [[uezd]], 1925-26-yillarda Karmana uezdining [[volost]]i boʻlib kelgan.
 
1927-30-yillarda [[Zarafshon okrugi]]da rayon, 1938-yilgacha esa respublikaga boʻysunuvchi rayon, [[1938-yil]]da yangidan viloyatlar(''[[oblast]]'') tuzilgach, [[1982-yil]] [[20-aprel]]gacha Samarqand viloyatining, soʻngra [[1989-yil]] sentabr oyiga qadar yangi tashkil etilgan Navoiy viloyati tarkibida boʻldi. 1989-yilda Navoiy viloyati tarqatib yuborilgach, yana Samarqand viloyatiga qoʻshildi. [[1992-yil]]dan boshlab, qayta tashkil qilingan yangi Navoiy viloyatining tumani hisoblanadi.
 
Xatirchidan atoqli xalq [[baxshi]]si [[Muhammadqul Poʻlkan|Poʻlkan]] shoirning nabirasi, hassos shoir [[Amirqul Poʻlkan]]<ref>[http://pulkan.com/blog/?p=68#more-68 Pulkan.com]</ref> va taniqli [[qomuschi olim]], [[adabiyotshunos]] [[Gʻaybulla Salomov]]lar yetishib chiqqan.
 
==Ishoratlar==
{{reflist}}
 
==Havolalar==
* [http://www.navoi.gov.uz/index.php?option=com_content&task=view&id=36&Itemid=9 Navoiy viloyati sayti]
* [http://xatirchi-uz.narod.ru/index.htm Xatirchi tumani toʻgʻrisidagi sayt]
* [http://www.pulkan.com Pulkan.com]