: Yirik oʻzbek shoiri, tarixnavis, davlat arbobi Shermuhammad Munis Xiva yaqinidagi Qiyt qishlogʻida Avazbiy mirob oilasida (1778) tugʻildi. 1800 yilda otasi va ogʻa-inilari vafot etadi. Xorazmda Avazbiy inoq, va uning oʻgʻli Eltuzarxon davrida yashadi, saroyda bosh mirob vazifasini bajardi. Munis «Firdavsul-iqbol» nomli tarixiy asarini Eltuzarxonning taklifi bilan yozishni boshlaydi. Unda qadimiy tarixdan boshlab 1813 yilgacha boʻlgan voqealarni yozib qoldiradi. Asarni Ogahiy yakunlaydi. Munis 51 yoshida vabo kasalidan vafot etadi.