Bozor: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Sociologist (munozara | hissa)
k 77.92.68.88 tahrirlari Ximik1991Bot versiyasiga qaytarildi
k imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
Qator 9:
B. oʻz ishtirokchilari mavqeiga qarab erkin va monopol B.ga ajraladi. Erkin B.da sotuvchilar ham, haridorlar ham koʻp boʻlib, narxlar talab va taklif negizida shakllanadi. Monopol B.da ozchilik sotuvchilarning hukmronligi oʻrnatilgan boʻlib, narxlar faqat shularning manfaatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunday B.lar raqobotning sustligi yoki umuman boʻlmasligi bilan ajralib turadi.
 
Ayirboshlash obʼyektining moddiy shakli jihatidan olganda isteʼmol tovarlari va xizmatlar, resurslar, mehnat, moliya, intellektual tovarlar, qurolaslaha, ishlab chiqarish vositalari, investitsiya, qimmatli qogʻozlar, ilmiy gʻoyalar, texnikaviy ishlanmalar va mehnat (ish kuchi) B.lari mavjud. B. oʻz qamrov doirasiga qarab mahalliy, mintaqaviy, milliy va jahon B.lariga boʻlinadi. Tovarlarning chetdan kelishkelmasligiga qarab ochiq B., yopiq B. (ichki B.) singari turlari uchraydi. Oldisotdi mikdorimiqdori, yaʼni tovar aylanmasi hajmining oʻzgarishiga qarab kengayuvchi B. vatorayuvchi B.ga boʻlinadi.
 
Amal qilish tarzi jihatdan tartibsiz (stixiyali), rejali tashkil etilgan va boshqariladigan B.lar mavjud. Stixiyali B.dan tartibli, rejali tashkil etilgan B.ga oʻtish madaniylashgan jamiyatga xos. Hozir hech bir mamlakatda tartibsiz B. hukmron emas, aksincha boshqariladigan B. yetakchi mavqega ega. Iqtisodiyot oʻsgan sari B. turlari koʻpayadi, chunki sotiladigan tovarlar va xizmatlar xilmaxil boʻlib boradi, haridor ham oʻz daromadi, didi, umuman talabehtiyojiga qarab tabaqalashadi, B.da sotiladigan tovarlar va xizmatlar summasi ortib boradi.