Ekologiya — versiyalar orasidagi farq

Oʻzgarish mavjud emas ,  5 yil oldin
k
imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q.x. → qishloq xoʻjaligi (2), -y.lar → - yillar (2) using AWB)
k (imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB)
'''Ekologiya''' (yun. — uy, turar joy va ...logiya) — organizmdan har xil darajada yuqori turadigan sistemalar; populyatsiyalar, biotsenozlar, biogeotsenozlar (ekosistemalar) va biosferaning tuzilishi, ularda kechadigan jarayonlarni oʻrganadigan biol. fanlari majmui. E.ni organizmlar va ular bilan atrof muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni oʻrganadigan fan sifatida ham talqin qilinadi. E. oʻrganadigan obʼyektlariga koʻra, umumiy va xususiy E.ga ajratiladi.
 
Umumiy E. organizmdan yuqori turadigan har xil sistemalarning tuzilishi va funksiyasini oʻrganadi. U populyatsiyalar E.si, biotsenologiya, ekosistemalar E.si kabi boʻlimlardan iborat. Populyatsiyalar E.si populyatsiyalarining strukturasi va mikdoriymiqdoriy dinamikasining umumiy qonuniyatlari hamda har xil turlar populyatsiyalari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar (raqobat, yirtqichlik)ni tadqiq qiladi. Biotsenologiya (hamjamoalar E.si) biotsenozlarning tuzilishi qonuniyatlari, tarkibi va funksiyasini oʻrganadi.
 
Xususiy E. muayyan taksonomik guruhga mansub organizmlarning muhit sharoitiga munosabatlari majmuini oʻrganadi (mas, hasharotlar E.si). Baʼzan xususiy E.ga muayyan ekosistema va hamjamoani oʻrganadigan fan sifatida ham qaraladi (mas, qishloq xoʻjaligi ekosistemalari E.si — agroekologiya; oʻsimliklar hamjamoalari E.si — fitotsenologiya). Suv ekosistemalari va suv organizmlari E.sini oʻrganadigan gidrobiologiya ham E.ning bir qismi hisoblanadi. E. autekologiya (har xil muhit omillarining alohida turlarga taʼsirini oʻrgayʼdigan fan) va sinekologiya (organizmlar va ular majmualari oʻrtasidagi munosabatlarni oʻrganadigan fan)ga ham ajratiladi.
197 605

ta tahrir