Empedokl Akragantlik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: mil.av. → miloddan avvalgi (2) using AWB
k imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
Qator 1:
'''Empedokl Akragantlik''' (miloddan avvalgi 487/482, Akragant — miloddan avvalgi 424/423, Peloponnes) — yunon faylasufi, shoir va vrach. E. oʻzining "Tabiat haqida"gi falsafiy dostonida olamning asosiga 4 unsur (yer, suv, havo va olov)ni qoʻyadi. Ularning birikishi va ajralishi mikdoriimiqdorii va sifatiy boʻlinishlarga bogʻliq. Unsurlar esa oʻz-oʻzicha doimo oʻzgarmay turaveradi. Bu taʼlimot koʻp asrlar davomida antik va oʻrta asr falsafasida saqlanib keldi. E.ga koʻra, olamda uni harakatlantiruvchi 2 ta kuch — muhabbat (tortish kuchi) va dushmanlik (itarish kuchi) boʻlib, ular navbatmanavbat hukmronlik qiladi. E.ning tabiiyilmiy (Kuyosh tutilishi haqida va boshqalar), tirik mavjudotlarning qonuniyatli evolyutsiyasi (tuproqdan tabiiy ravishda avvalo oʻsimliklar, keyinchalik hayvonot olami paydo boʻlgan, ular uzoq taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgach, inson vujudga kelganligi) haqidagi farazlari. odam oʻziga yaqinroq va oʻxshashroq mavjudotnigina biladi, chunki oʻxshash narsa hammavaqt oʻxshashi tomonidan bilinadi, degan fikrlari diqqatga sazovordir. E. anatomiya va fiziologiya muammolariga katta eʼtibor bergan. "Poklanish" dostonida ruhning koʻchib yurishi toʻgʻrisidagi diniyaxloqiy qarashlarini bayon etgan. Sitsiliya tibbiy maktabining asoschisi hisoblangʻan.
 
{{no iwiki}}