Georg Wilhelm Friedrich Hegel: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 3 y. → 3 yil using AWB
k imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
Qator 13:
Xudo subʼyektivlik bilan obʼyektivlikning (biluvchi va biluvchiga bogʻliq boʻlmagan mohiyatning) birligidir. Substansiya (mohiyat) va biluvchi (subʼyekt) ning mutlaq ayniyligini mushohada qilish, tasavvur etish va bilish, yaʼni "mutlaq ruh" ning uchta shakli "obʼyektiv ruh" ning tegishli koʻrinishlariga tayanadi. Mazkur mushtaraklik sanʼatda "mushohada" qilinadi, dinda esa "tasavvur" etiladi, faqat mutlaq ilm — falsafada u bilinadi, yaʼni ayni shu yerda pirovard maqsadga — inson cheklangan mohiyatining cheksizlikka daxldor boʻlishligiga erishiladi. Ilohiy aql bilan ana shu mushtaraklik G. falsafasining sir-sinoati, asl maʼnosini tashkil etadi. G. ning falsafiy taʼlimoti davlat va tarixii tushunish sohalariga katta taʼsir kursatdi. U umumiy jahon tarixiga "olamiy ruh" ning oʻzini oʻzi anglash jarayoni va shu bilan birga "ozodlikni anglashdagi taraqqiyot" sifatida qaraydi. Biroq ozodlik shundan iboratki, inson oʻzining "mutlaq gʻoya" bilan mohiyatan birligini biladi va oʻzini obʼyektiv ruh hosilalari hamda uning xohish-irodasi (davlat va huquq) bilan tenglashtiradi. Bu hosilalar pirovard natijada "mutlaq ruh" tomonidan vujudga keltirilgandir. Ozod fuqaro oʻzining umumozodlik bilan jiddiy oʻxshashligini anglaydi, qonun tashqi buyruqqa oʻxshab koʻrinishini uning oʻzi biladi.
 
G. falsafasida tabiat va tafakkurning , ayni paytda jamiyat dialektik rivojlanishining poydor tamoyillari — ziddiyat, sifat va mikdormiqdor oʻzgarishlari, inkorni inkor konunlari ifodalangan.
 
G. taʼlimoti tizimining turli sohalarida Sharq, jumladan Oʻrta Osiyo xalqlari tarixi, falsafasi, diniy, badiiy va umuman maʼnaviy dunyosi masalalari tegishli tarzda talqin topgan.