Gvatemala — versiyalar orasidagi farq

Oʻzgarish mavjud emas ,  5 yil oldin
k
→‎Xoʻjaligi: imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
k (imlo, replaced: km2 → km{{sup|2}} using AWB)
k (→‎Xoʻjaligi: imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB)
 
== Xoʻjaligi ==
G. — qoloq agrar mamlakat, iktisodiyoti tropik oʻsimlik mahsulotlarini eksport qilishga ixtisoslashgan. Yalpi ichki mahsulotda q. x., oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi 26%, sanoatning ulushi 15%. Mamlakat aholisining 2,5% ekinzorlarning 85% ga egalik qiladi. Asosiy ekini kofe, paxta, shakarqamish, banan; shuningdek abaku, efir moyli ekinlar, tamaki ham yetishtiriladi. Asosiy oziqovqat ekinlari: makkajoʻxori, sholi, kartoshka, loviya, sabzavot. Chorvachilik 2darajali ahamiyatga ega. Qoramol, choʻchqa, qoʻy boqiladi. Qimmatbaho yogʻoch (balsa, bakaut va b.) turlari, chikle smolasi tayyorlanadi. Sanoati zaif rivojlangan. Rux, volfram, surma, qoʻrgʻoshin, nikel, simob, kumush, oz mikdordamiqdorda neft (mamlakat ehtiyojining 25%) qazib olinadi. Oziq-ovqat, koʻnchilik, toʻqimachilik, neft kimyosi, binokorlik materiallari korxonalari bor. 2,3 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Eskuintle va Puerto-Barrios yaqinidagi neft mahsulotlari zavodlari chetdan keltirilgan xom ashyo asosida ishlaydi. Hunarmandchilik rivojlangan. T.y. uz. — 819 km, avtomobil yoʻllari uz. — 17,3 ming km. Panamerika avtoyoʻli G. orqali oʻtadi. Asosiy dengiz portlari: Puerto-Barrios, San-Xose, Champeriko. Gvatemala sh.da xal-qaro aeroport bor. G. chetga kofe, paxta, banan, qand-shakar, goʻsht, yogʻoch, binokorlik materiallari va b. chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat, avtomobillar, asbob-uskuna, neft keltiriladi. AQSH, Germaniya, Markaziy Amerika mamlakatlari, Yaponiya, Meksika b-n savdo-sotiq qiladi. Pul birligi — ketsal .
 
Maorifi, ilmiy va madaniy muassasalari. Boshlangʻich maktablar huzurida bolalar bogʻchalari va maktabgacha tarbiya boʻlimlari bor. Boshlangich taʼlim 6 y.lik (qishloq joylarda 3 y.lik), oʻrta maktablar 5 y.lik; hunar-texnika maktablari ham bor. 5 universitetda mutaxassislar tayyorlanadi. Kolonial muzeyda rasmlar, haykaltaroshlik asarlari, Santyago muzeyida qurol-yarogʻ, mebel, sanʼat asarlari, Qad. kitob muzeyida tarixiy va badiiy asarlar, Chichikastenango muzeyida mayyakiche madaniy obidalari, Milliy tarix va nafis sanʼat muzeyida rassomlik, haykaltaroshlik, gravyura buyumlari, qad. tangalar, Arxeologiya va etn. muzeyida mayya madaniyati yodgorliklari saqlanadi. Gvatemala sh.da Milliy kutubxona mavjud. I. t. va tajriba-konstruktorlik ishlari ilmiy va texnika tadqiqotlari milliy kengashi va FA orqali muvofiqlashtirib boriladi. I. t. markazlari: Atom energiyasi in-ti, Elektrlashtirish in-ti, Antropologiya va tarix in-ti, Geogr. in-ti, Meteorologiya va seysmologiya in-ti, rasadxona, Tibbiyot, fizika va tabiiy FA, Mayyakiche tili akademiyasi va b.
197 605

ta tahrir