Inkubatsion davr: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: I.d. → {{subst:FULLPAGENAME}}, vakt → vaqt, I. d. → {{subst:FULLPAGENAME}} (10), va b. → va boshqa (3) using AWB
k imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
Qator 1:
<!-- Bot tomonidan yaratildi -->
'''Inkubatsion davr''' (lot. incubatum — tinch yotmoq), yashirin davr, inkubatsiya — infeksion kasallik yuqqan paytdan tortib dastlabki belgilari paydo boʻlguncha oʻtadigan vaqt. Inkubatsion davrda mikroblar va ularning toksinlari organizmda koʻpayadi va toʻplanadi. Turli kasalliklarda Inkubatsion davrning da-vomiyligi turlicha. U odam organizmining ahvoli, infeksiyaga qarshilik koʻrsatishi, immunitet bor-yoʻkligi, shuningdek, organizmga kirgan kasallik mikroblarining mikdorimiqdori, viru-lentligiga, organizmga kirgan joyi va boshqa sabablarga bogʻliq. Muayyan kasallikdan saklash maqsadida Inkubatsion davrni uzaytirish mumkin. Aholi oʻrtasida yuqumli kasalliklarning tarqalish tezligi Inkubatsion davr uzunligiga bogʻliq. Inkubatsion davri qisqaroq boʻlgan infeksion kasalliklar (mas, gripp) Inkubatsion davr i uzun kasalliklarga nis-batan tezroq tarqaladi.
 
Infeksion kasallikning Inkubatsion davrini bilish tashhis qoʻyish va kasallikning yuqish manbalarini aniqlash uchun kat-ta ahamiyatga ega. Inkubatsion davr oxiriga yaqin, kasallikning roʻyirost belgilari toʻla namoyon boʻlguncha, mas, vabo, koʻkyoʻtal, skarlatina, tepki, qizamiq bilan ogʻrigan bemor kasallik mikroblarini tashqariga chiqaraveradi, demak, u Inkubatsion davr oxiridayoqtevarakatrofdagilarga xavf tugʻdiradi, shuning uchun be-morni ajratib (alohidalab) qoʻyish zarur.