Iqlim — versiyalar orasidagi farq

No change in size ,  4 yil oldin
k
imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
(Removing Link GA template as it is now available in wikidata)
k (imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB)
'''Iqlim''' — yer yuzasining quyosh nurlariga nisbatan ogʻishiga bogʻliq ravishda obhavoning muayyan joyga xos boʻlgan koʻp yillik maromi, yaʼni biron joyda boʻladigan obhavo sharoitlarining majmui va mavsumiy geografik oʻzgarishi; quyosh radiatsiyasi, yer toʻshama sirti xususiyatlari hamda ular b-n bogʻliq atmosfera dirkulyasiyasi taʼsirida vujudga keladi. Har bir joy I.i uning boshqa joylardagi I.ga nisbatan oʻziga xos xususiyatlari haqida koʻp yillik meteorologik kuzatishlar natijasidagina toʻla tasavvurga ega boʻlish mumkin. I. atmosfera va faol qatlam (yer yuzasi)da betoʻxtov davom etadigan tabiiy (I. hosil qiluvchi) jarayonlar (issiqlik, kinetik va b. shakldagi energiyalarning oʻzgarishlari, suvning bugʻlanishi, suv bugʻining suyuklikka aylanishi, namning bir joydan ikkinchi joyga koʻchishi va h. k.) natijasidir. Yer sharining turli nuktalarida I.ning turlicha boʻlishi I. hosil qiluvchi omillarning har xil boʻlishiga, yaʼni bu jarayonlar sodir boʻladigan oʻsha geografik sharoitlarga bogʻliq. Geografik omillardan eng muhimlari joyning kengligi va balandligi, dengiz sohiliga yaqin-uzokligi, orografiya va oʻsimlik qoplamining xususiyatlari, qor va muzning bor-yoʻqligi, atmosferaning ifloslanganlik darajasi hisoblanadi. Bu omillar kengliklar boʻylab turli I.larning shakllanishiga sabab boʻladi.
 
Yernit shakli, uning Quyosh atrofidagi harakati va ekliptika tekisligiga qiyaligi, yer yuziga quyosh energiyasi turli kengliklarda turlicha tushi-shi, Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi natijasida havo va suv harakatlari yoʻnalishini oʻzgartirishiga taʼsiri va bu taʼsirning yuqori kengliklarda kuchli boʻlishi I. hosil qiluvchi astronomik omillar hisoblanadi. Biroq bir kenglikning oʻzida ham I. qosil qiluvchi jarayonlar tabiiy geografik omillarga, yaʼni yer yuzasining quyidagi xususiyatlariga bogʻliq holda turlicha boʻladi: a) quruqlik va suv is-siqlikni yutish, saklash va qaytarish, namni bugʻlantirish, havo oqimlariga taʼsir etish xususiyatiga ega; b) quruqlik relyefi havo oqimlarining tutilib qolishiga, keskinlashuviga va oʻzgarishiga, yerning turli yoqlariga kuyosh nurining turli mikdordamiqdorda tushi-shiga, yer yuzasidan suvning oqib ketish ketmasligiga va b. ga ham taʼsir koʻrsatadi; v) turli togʻ jinslaridan tarkib topgan quruqlik mintaqalari har xil issiqlik oʻtkazish xususiyatiga ega.
 
Yer yuzida I. sharoitlarining turlicha boʻlishiga asosiy sabab astronomik va tabiiy-geografik omillar hisoblanadi. Ular yer yuzidagi hodisa va ja-rayonlarga yo butunlay bogʻlanmagan yoki, asosan, endogen jarayonlar taʼsiri ostida juda sekin oʻzgaradi. Bu omillarning eng katta tafovutlari (mas, tropik va moʻʼtadil kengliklar oʻrtasida, qitʼalar va okeanlar oʻrtasida) havo oqimlarining umumsayyoraviy tizimini — atmosferaning umumiy dirkulyasiyasini yuzaga keltiradi. Bu oqimlar issiqlik va namni yer sharining bir qismidan ikkinchi qismiga koʻchiradi, atmosferaning turli vertikal qatlamlari boʻylab issiklik va nam almashinuvini vujudga keltiradi, bulutlar va yogʻinlar hosil qiladi yoki ularning hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaydi, atmosfera b-n faol qatlam oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirni jiddiy oʻzgartiradi. Har bir joyda havo oqimlariga bogʻliq holda havo salqin yoki issiq boʻladi, yuqoriga koʻtariladigan yogʻinli havo oqimlari, yo boʻlmasa, te-padan pastga tushadigan quruq va iliq havo oqimlari koʻproq boʻladi. Issiqlikning dunyo okeanlarida turlicha taqsimlanishi va atmosfera dirkulyasiyasi tufayli dengiz oqimlarining paydo boʻlishi ham I.ni shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Oqimlar okeanning turli qismlarida yo anomal is-siq, yoki anomal sovuq faol qatlam hosil qilib, shu orqali atmosfera dirkulyasiyasiga va bevosita dengiz ustida I. shakllanishiga taʼsir etadi.
Tohir Muxtorov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
Mintaqa iqlimi '''iqlim tizimi''' tomonidan shakllanadi, iqlim tizimi besh komponentdan iborat: [[atmosfera]], [[gidrosfera]], [[kriosfera]], quruqlik va [[biosfera]].<ref name="IPCC glossary">[http://www.ipcc.ch/publications_and_data/ar4/syr/en/annexes.html AR4 SYR Synthesis Report Annexes]. Ipcc.ch. Retrieved on 2011-06-28.</ref>
== Manbalar ==
{{reflist}}
 
{{stub}}
 
[[Turkum:Meteorologiya]]
 
 
{{stub}}
197 605

ta tahrir