Kartoshka: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 5 y. → 5 yil, -a. → -asr (2) using AWB
k imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
Qator 1:
'''Kartoshka''' (Solanum tuberosum L.) — tomatdoshlar oilasiga mansub tuganak mevali koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik; asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri boʻlgan bir yillik oziq-ovqat, texnika va xashaki ekin. Vatani — Jan. Amerika. 150 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari aksariyat Jan. va Markaziy Amerikada oʻsadi. Dehqonchilikda 2 turi and K.si (S.andigenum) va chili K. yoki yevropa K.si (S.tuberosum) bir yillik ekin sifatida ekiladi. K.ni Amerikaning tubjoy aholisi bundan taxminan 14 ming yil ilgari ekib kelgan. Yevropaga 1565 yil keltirilgan. Rossiyada 18-asr boshlarida ekila boshlagan. Oʻzbekistonga esa 19-asrning 70-yillaridan bu yerga koʻchib kelgan ruslar va tatarlar olib kelishgan. Jahon boʻyicha K. ekilgan umumiy maydoni 17,9 mln. ga, hosildorlik 16,3 t/ga, yalpi hosil 294,3 mln. t (1999). Oʻzbekistonda ekin maydoni 52 ming ga, hosildorlik 12,7 t/ga, yalpi hosil 729,8 ming t (2000). Xitoy (3 mln.ga), Polsha (1,2 mln.ga)da koʻp ekiladi.
 
K. oziq-ovqat va yem-xashak sifatida, shuningdek, kraxmal, spirt, glyukoza, dekstrin va boshqa mahsulotlar olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. K. tuganagi tarkibida 75—80% suv, 23,7% quruq modda, shu jumladan, 17,5% kraxmal, 1—2% oqsil, 0,5% qand moddasi, 1% mineral tuzlar, shuningdek V,, V2, V6, S, RR, D vitaminlari va provitamin A (karotin), poʻstida esa zaharli modda — solonin bor. K. kishilarning oziq-ovqat ratsionida muhim oʻrinda turadi. Fiziologik tavsiya normalariga koʻra, bir kishi uchun yillik K. isteʼmoli mikdorimiqdori 45 kg ni tashkil etadi.
 
K. namsevar (ayniqsa, gullash va tuganak tugish davrida), yorugʻsevar, bir qadar sovuqqa chidamli oʻsimlik. Tuproqda tuganakdagi kurtaklari 5—8° da una boshlaydi. Tuganaklari va urugʻidan koʻpayadi. Meristema usuli bilan virussiz urugʻlik olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.