Kimyo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh. → shahri (6), 1 y. → 1 yil (13), Mil. av. → Miloddan avvalgi (2), -a.ga → -asrga (12), i.ch. → ishlab chiqarish (7) using AWB
k imlo, replaced: mikdor → miqdor (4) using AWB
Qator 5:
"Alkimyo" asoschisi Jobir ibn Xayyom metallarning paydo boʻlishidagi oltingugurt-simob nazariyasini olgʻa surgan, yaʼni yer qaʼrida quruq bogʻlanishdan oltingugurt ("metallar otasi"), nam bugʻlanishdan esa simob ("metallar onasi") paydo boʻladi degan fikrni aytadi. Ularning turli xil nisbatlarda birikishidan oltin, kumush, mis, temir, qalay, qoʻrgʻoshin, shisha hosil boʻladi. Shu asnoda oddiy metallarni nodir metallarga oʻtkazish haqida maʼlumotlar beriladi. "Element" tushunchasiga koʻra, oltingugurt — yonuvchanlik, simob — uchuvchanlik, tuz esa eruvchanlikni bildiradi. Shoʻnga koʻra, bu moddalar turining kashf qilinishi asosiy fikr boʻldi. Olimning izdoshlaridan boʻlgan Abu Nasr Forobiy oʻzining "Us todi Soniy" asarida alkimyo ilmining yoʻnalishini maʼqullaydi. Sharq allomalaridan Abu Bakr ap-Roziy "Sirlar kitobi"da alkimyo maʼlum boʻlgan moddalarni oʻrganish, asbob-uskunalarni yigʻish va foydalanish hamda tajribalar oʻtkazishni keltiradi. Roziy oʻz asarida oʻngacha maʼlum boʻlgan moddalarni tasniflab, asbob va tajribalarni maʼlum bir tizimga solgan. Abu Abdullo al-Xorazmiyning "Bilimlar kaliti" kitobida Kimyoga alohida boʻlim ajratilib, unda turli moddalar, asboblar, tajribalar toʻgʻrisida mukammal maʼlumotlar keltirilgan. Abul Hakim al-Xorazmiy esa alkimyo fani tajribalarida qoʻllanilgan taroziga ahamiyat beradi. Al-Haziniy tomonidan 1125 yilda yozilgan "Dono tarozu haqida kitob"da turli koʻrinish va tuzilishdagi tarozilarda tortish usullari bayon qilinganligi manbalardan maʼlum. Abu Ali ibn Sino "Al-qonun" kitobida oʻsimlik, hayvonot, minerallar, tuzlar, kislotalar, ishqorlar, metallar, oksidlar va boshqa birikmalarning 750 dan ortiq turini yozadi. Ularning nomi, xossalari, ishlatilishini tula ifo-dalaydi. Uning "taboshir kulchalari"dan (Indoneziyada oʻsadigan bambukdan olib kulchaga qoʻshib oyoq-qoʻli singan bemorlarga beriladigan kremniy oksidi — inson organizmida tez erib singadigan modda) qanchadan-qancha odamlar shifo topgan. Ibn Sino Jo-birdan farqli ravishda metallarning xususiyatini chuqur va mukammal oʻrgan-di, uning xatolarini tuzatdi. Ibn Sino nafaqat Jobirning , balki barcha alkimyogarlarning xatolarini ilmiy jihatdan asoslab berdi. U oddiy metallardan nodir metallar, jumladan, oltin olib boʻlmasligini birinchi boʻlib amalda isbot etdi. Fransuz olimi M. Bertlo, rus olimi B. Menshutkin, akad. O. Soimovlarning fikricha, Abu Ali ibn Sino asarlarida hozirgi zamon anorganiq kimyo fanining ilk kurtaklari namoyon boʻlgan. Abu Rayhon Beruniyning "Mineralogiya"sida moddalarning moddalik xususiyatlari uz aksini topgan. Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti fondida mineralogiyaga oid 18 ta, Kimyoga oid 31 ta qulyozma mavjud. Bular arab, fors, eski oʻzbek (turk) tillarida bitilgan "Hunarlar javohiri" kitobidagi marvarid, boʻyoqlar, sir, zaharga qarshi ishlatiladigan dorilar, upa-elik tayyorlash usullarini oʻz ichiga olgan manbalardir.
 
8-asrdan 17-asr oʻrtalarigacha davom etgan alkimyo bir tomondan fanni rivojlantirgan boʻlsa, ikkinchi tomondan uning tez qadamlar bilan oʻsishiga toʻsqinlik qildi. Ingliz kimyogari R. Boyl Kimyoni oʻrganishda yangicha yondoshish va faqat tajribalar yordamida olingan maʼlumotlarga ishonishga undadi. Uning fikricha, Kimyoning maqsadi jismlar tuzilishini aniqlash, shundan soʻng uni elementlarga ajratib, tahlilga oʻtishdan iborat boʻlishi kerak. Bunday ilgor ilmiy fikrlar paydo boʻlishiga qaramay Kimyoning haqiqiy yoʻlga tushishiga yana bir asr kerak boʻldi. Nemis kimyogari G.E. Shtal (1659—1734)ning flogiston nazariyasiga qarshi oʻlaroq, M. V. Lomonosov 1756 yilda yonish, yaʼni oksidlanish — oksidlovchi moddaning havo bilan birikishidan iborat ekanligini mikdoriymiqdoriy tajribalar asosida koʻrsatib berdi. Fransuz kimyogari A. Lavuazye esa 1772—77-yillarda turli moddalar ustida tajribalar oʻtkazib, ular yonganida kislorod bilan birikishini koʻrsatdi hamda kimyoviy reaksiyalarda moddalar ogʻirligining saqlanish qonunini isbotladi. Mazkur qonun tasdiqlangach, Kimyo sifat-tavsif ilmidan mikdoriymiqdoriy bilimga aylandi. Endilikda massaning saqlanish qonuni deb ataluvchi mazkur qonun muhim ahamiyat kasb etadi. Bir qancha gazlar kashf qilinishi natijasida pnevmatik kimyoga asos solindi. Flogiston nazariyasi tamomila rad etildi, kislorodli yonish nazariyasi oʻz tasdigʻini topdi. Natijada koʻpgina nazariy tasavvurlar oʻzgardi, yaʼni kimyoviy nomenklatura ishlab chiqildi. Mana shu davrda kimyoning analitik tahlil yoʻli shakllandi.
 
19-asr Kimyo fani tarixida nazariy asoslarni ishlab chiqish davri boʻldi. Natijada ato m - molekulyar taʼlimot maydonga keldi. Ingliz olimi Jon Dalton 1803 i. moddaning atom tuzilishi haqidagi tasavvurlarga suyangan holda tajribalar oʻtkazdi. Elementlarning muayyan bir mikdordamiqdorda reaksiyaga kirishuvini ularning ayrim zarrachalardan, yaʼni boshqacha aytganda atomlardan tashkil topganligidan deb bildi. Karrali nisbatlar qonuni deb atalmish fikri asosida kimyoviy elementlarning bir-biri bilan maʼ-lum ogʻirlik nisbatlarida birikishini koʻrsatib, atom ogʻirliklariga alohida ahamiyat berdi. Nisbiy atom ogʻirlik tushunchasini fanga kiritib, eng yengil element sifatida vodorod atomi ogʻirligini birga teng deb qabul qildi va uni birlik sifatida taklif etdi. Dalton elementning atom ogʻirligi sifatida mazkur element atom ogʻirligining vodorod atomiga boʻlgan nisbatini oldi. Italiyalik olim A. Avogadro atom va molekula tushunchasining bir-biridan farq qilishini aniqlab berdi. U moddaning kichik zarrachasi molekula, elementlarning eng kichik zarrachasi esa atom deb taʼrifladi. Pekin uning bu fikri faqat oradan ancha vaqt oʻtgach, tan olindi. Gep-Lyussakning hajmiy nisbatlar qonuni (q. [[Gey-Lyussak qonunlari]]) eʼtirof etilgach, Avogadroning bir xil temperatura va bosimda olingan ixtiyoriy gazlarning teng hajmlaridagi molekulalar soni teng boʻlishi haqidagi qonuni (gipotezasi) amaliyotga kiritildi. Fransuz fizigi J. B. Perren (1870—1942) tajribalari asosida hisoblab topilgan 6,022SH23 soni Avogadro soni deb ataldi.
 
1852 yilda ingliz kimyogari E. Franklend fanga valentlik tushunchasini kiritdi. A. M. Butlerov tomonidan 1861 yil eʼlon qilingan tuzilish nazariyasi Kimyoning rivojida muhim bosqich boʻldi. Mazkur nazariya asosida organiq moddalarning molekulalardagi atomlar valentliklariga muvofiq bir-biri bilan birikishi, moddalarning xossalari kimyoviy tuzilishi (tarkibi)ga bogʻliqligi, atomlar bir-biri bilan qanday ketma-ketlikda birikkanligini aniqlash, kimyoviy tuzilish formulasi birikma xossasini ifodalashi, molekuladagi oʻzaro birikkan va birikmagan atomlarning bir-biriga boʻlgan taʼsirining borligi yotadi. Nazariya yangi moddalar sintez qilishni, ularning xossalarini oldindan aytib berishni va nazariy jihatdan muhim boʻlgan izomeriya hodisasini ilmiy nuqtai nazardan isbotlab berdi.
 
19-asrda fandagi tarixiy kashfiyotlardan biri 1869 yil D. I. Mendeleyev tomonidan ochilgan kimyoviy elementlar davriy qonuni va sistemasi boʻldi. Mendeleyev elementlarni ilmiy asosda sinflarga ajratdi, ular orasidagi ichki bogʻlanish qonuniyatlarini topdi, hali nomaʼlum boʻlgan elementlar mavjudligini oldindan bashorat qildi. Uch nomaʼlum elementning xossalarini oldindan aytib berib, ularga "ekabor", "ekaalyuminiy" va "ekasilitsiy" degan shartli nomlar berdi. Oradan 15 yil oʻtar-oʻtmas uning ba-shorati amalda tasdikdandi. Bu elementlar fransiyalik Lekok de Buabodran, shvetsiyalik Nilson va germaniyalik Vinklerlar tomonidan kashf etildi. Ekaalyuminiyga Fransiyaning eski nomi Galliyadan olinib "galliy" nomi, ekaborga "skandiy" (Skandinaviya nomidan) va ekasilitsiyga "germaniy" degan nomlar berildi. Mendeleyevning maʼlumotlari boshqa olimlar maʼlumotlariga juda yaqinligi bilan ilmiy tasdigʻini topdi. Uning yana 11 elementning tez orada ochilishini nazarda tutib boʻsh kataklar qoʻyganligi qonun va uning grafik ifodasi boʻlgan davriy sistemaning katta ilmiy gʻalabasi boʻldi. Sistemada davrlar va guruhdar shunday joylashtirildiki, bunda valentlik, atom massalari, atom radiuslarining oʻzgarishi va shahrik. xossalar oʻz ifodasini topdi. Natijada ilgari tasdikdanmagan kimyoviy elementlar sistemalaridagi xatolik va kamchiliklarga barham berildi, atom massalariga tuzatishlar kiritildi, nodir elementlar va asl gazlar xossalari toʻgʻri talqin qilindi. Davriy qonun nafaqat Kimyo uchun, balki boshqa tabiiy fanlar, falsafadagi mikdorningmiqdorning sifatga oʻtish qonuniyatlarini aks ettiruvchi tabiatning fundamental qonuni boʻlib qoldi. Buning isboti sifatida davriy qonun va sistema asosida kimyo qonunlari va tabiatning yuzlab boshqa qonunlari, jumladan, radioaktiv elementlarning kashf qilinishi, ingliz fizigi E. Rezerfordning atom tuzilishi modelini taklif qilishi, Daniya fizigi N.Borningatomlarda elektron qobiqlari va qobiqchalari ketma-ket joylashuvini topishi, atom energiyasining nihoyatda ulkan kuchidan foydalanish qabilarni koʻrsatish mumkin. Ayni vaqtda Kimyo fani Mendeleyev davriy qonuni va sistemasi asosida oʻqitiladi.
 
19-asr ning 70-yillaridan boshlab organiq kimyo tez rivojlana boshladi. Uglevodorodlar, spirtlar, aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalari, galogenlar, nitrobirikmalarning muhim hosilalari olindi, xossalari oʻrganildi va bularning maʼlum qismi sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshladi. 80-yillarda toʻyinmagan uglevodorodlar asosidagi sintezlarga asos solindi, purin moddalari, qandlar, tabiiy pigment va oqsillar oʻrganila boshlandi. Natijada stereokimyo tasavvurlari rivojlandi. Bu davrda elektrokimyoviy (M. Faradey) va termokimyoviy jarayonlar (G. I. Gess, M. Bertlo), elektrolitik dissotsiatsiya (S. Arrenius), kimyoviy reaksiyalar tezligi (Ya. Vant-Goff) oʻrganildi. Buning natijasida kimyoviy termodinamika faniga asos solindi.