Lizing: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 9 y. → 9 yil, i.ch. → ishlab chiqarish (2) using AWB
k imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Lizing''' (ing . lease foydalanish) — mashina, asbob-uskuna, transport vositalari, ishlab chiqarish inshootlarini uzoq muddatli ijaraga olish; uzoq muddatli foydalaniladigan tovarlar eksportini kreditlashning shakllaridan biri. L.ning , asosan, moliyaviy va oddiy turi bor. Moliyaviy L. — muayyan muddatga ijaraga beruvchining kapital harajatlarini toʻliq qoplashga yetarli toʻlovlardan iborat boʻlib, mulk egasiga bir mikdormiqdor foyda ham beradi. Oddiy L. — ijara davrida ijaraga olingan mulk qisman amortizatsiyalanadi. L. kompaniyasi asbob-uskunalar sotib olib, ularni ijarachi firmaga, odatda 1 yildan 10—15 yilgacha ijaraga beradi. L.da ijarachining shartnoma muddati tugagandan soʻng asbob-uskunlarni qoldiq qiymati boʻyicha sotib olish (bu holda egalik huquqi yangi sohibga oʻtadi); yangi kelishuv asosida shartnoma muddatini choʻzish; moddiy boyliklarni L. kompaniyalariga qaytarish va boshqa koʻzda tutilishi mumkin. Tomonlar L. shartnomasida koʻrsatilgan davr mobaynida uni buzishga haqi yoʻq. L. kompaniyalari mashina va usku-nalar sotib olish uchun shaxsiy va qarzga olingan mablagʻlardan foydalanadilar. Davlat, odatda, ularga bankdan qarz olishlari uchun imtiyozli sharoitlar yaratib beradi.
 
L. investitsiya jaryonini moliyaviy taʼminlashda istiqbolli yoʻnalish hisoblanadi. L. korxonaga nisbatan kam mablagʻ bilan asosiy fondlarni yangilash, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishda texnika bazasini yaratish, mulk ijarasi haqini ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan tushgan daromad hisobidan asta-sekin toʻlash imkoniyatlarini yaratadi.