Metrologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 5 y. → 5 yil using AWB
k imlo, replaced: mikdor → miqdor (2) using AWB
Qator 3:
Dastlab, M. turli oʻlchovlar (chiziqli kattaliklar, massa, sigʻim va boshqalar), shuningdek, turli mamlakatlarda koʻllaniladigan tangalar va ular orasidagi nisbatlarni bayon etuvchi fan sifatida ifodalangan. 1975 yil 20 mayda Xalqaro Metrik Konvensiyaning imzolanishi, oʻlchovlar va tarozilar Xalqaro byurosi ilmiy institutining hukumatlararo darajada taʼsis etilishi M.ning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.
 
M. yuqori aniklikdagi fizik tajribalarga tayanadi, u fizika, kimyo va boshqa tabiiy fanlar yutuklaridan foydalanadi, shu bilan birga, moddiy dunyo obʼyektlari xossalarining mikdoriymiqdoriy ifodalanishiga imkon beruvchi oʻziga xos qonun va kridalarni belgilaydi. Oʻlchashlarning umumiy nazariyasi va natijalari (nazariy M.) ning haqqoniyligini baholash uzluksiz rivojlanmoqda; unga oʻlchash jarayonlari va bu jarayonlarning elementlari: oʻlchanayotgan kattaliklar, ularning birliklari, oʻlchash vositalari va usullari, oʻlchash sharoitlari, oʻlchash natijalarini tahlil qilish va oʻrganish natijasida olingan maʼlumotlar va umumlashmalar kiradi.
 
M.da oʻlchanadigan kattalik obʼyekt (tizim, jarayon) ning xususiyati sifatida izohlanadi. U sifat jihatidan ajratilishi va miqdoriy aniqlanishi mumkin, yaʼni xususiyat sifatida kator obʼyektlar uchun umumiy va u bir obʼyekt uchun boshkasiga Karaganda maʼlum son marta katta yoki kichik boʻlishi mumkin. Mas, uzunlik, massa, zichlik, temperatura, kuch va boshqa (obʼyektning fizik xususiyatlarini aks ettiruvchi kattaliklar). Har bir obʼyekt yetarlicha aniqlikdagi xususiyatlarga — uzunlik, massa, zichlik va boshqa ga ega; obʼyekt uchun kattalik tushunchasi aniq boʻladi (mas, stolning uzunligi, tarozi toshining massasi, suyuklikning zichligi va boshqalar). Faqat aniq kattaliklarni oʻlchash mumkin. Katallikka obʼyektiv (mikdoriymiqdoriy) baho berish uchun shu kattalikning birligini (ayrim kattaliklar uchun — shkalani) tanlab olish kerak. Kattalik birligi — sonli qiymati keli-shuv boʻyicha birga teng qilib qabul qilingan (aniq) kattalik. Har xil oʻlchamli (mas, temperatura shkalasi, Brinel boʻyicha qattiqlik shkalasi) bir nomdagi kattaliklar qiymatlarining ketma-ketligi kattalik shkalasi deb ataladi.
 
Fanning rivojlanishi bilan ayrim birliklar va ularning kattaliklarini tasodifiy tanlashdan birliklar tizimlarini tuzishga oʻtildi. M.da fizik kattaliklar va kattaliklar birliklari tizimlarini tuzish prin-siplari oʻrtasidagi aloqalar, shuningdek, anik, birliklar tizimining nazariy tomonlari koʻriladi. Hozirgi vaqtda yuzdan ortiq davlat rasman qabul qilgan Xalqaro birliklar tizimi SI keng qoʻllaniladi. Nazariy M. oʻlchashlar anikligi (oʻlchashlar xatoligi) ni va noaniqligini baholash usullariga bagʻishlangan. Bunda ehtimollik nazariyasi va matematik statistika, shuningdek, matematikaning boshqa boʻlimlaridan keng foydalaniladi.