Misr: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t.y. → temir yoʻl, sh.lar → shaharlar (4), sh. → shahri, 3 y. → 3 yil (48), sent.da → sentabrda (3), mil. av. → miloddan avvalgi (2), -a.lar → -asrlar (30), i.ch.da → i using AWB
k →‎Xoʻjaligi: imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
Qator 54:
 
== Xoʻjaligi ==
M. — agrar-industrial mamlakat. Jahon bozoriga yuqori si-fatli uzun tolali paxta va undan toʻqilgan gazlamalarni koʻp mikdordamiqdorda yetkazib beradi. 70-yillar oxiri —80-yillar boshlarida neft qazib olish va eksport qilish kupaya boshladi. Iqtisodiy taraqqiyotga, ayniqsa, sanoat va unga koʻmaklashuvchi tarmoqlarni rivojlantirishga eʼtibor kuchaydi. 90-yillarning oʻrtalarida yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,5 %, qishloq xoʻjaligi ulushi 20 % ga yetdi.
 
Sanoati mustaqillikka erishgunga qadar, asosan, mayda hunarmandchilik korxonalaridan iborat edi. Iskandariyada neftni qayta ishlovchi, avtomobil shinalari ishlab chiqaruvchi z-dlar, Suvaysh-Qohira neft quvuri mavjud. 1952 yildan beri 1000 dan ortiq yangi sanoat obʼyektlari ishga tushirildi. Sanoat korxonalari, asosan, Qohira, Iskandariya va Nil deltasidagi boshqa yirik shaharlarda joylashgan. 1958 yilda Qohira yaqinida qurilgan Hulvon metallurgiya z-di mamlakatning dastlabki yirik metallurgiya korxonalaridandir. Bu z-d Asvon yaqinidan qazib olingan sifatli temir (40—60 %) rudasi asosida ishlaydi. Asvon shahrida yiliga 300 ming t poʻlat ishlab chiqaradigan metallurgiya markazi bor. Mashinasozlik sanoati ham qayta qurilgan. Mostorodda elektr kabellari z-di va metall buyumlar ishlab chiqarish f-kasi, Hulvonda va-gonsozlik, avtomobil, poʻlat quvurlar z-dlari, Iskandariyada toʻqimachilik sanoati uskunalari z-di, Qohirada velosiped va televizor z-dlari, Port-Fuod, Iskandariyada kemasozlik korxonalari, keyingi yillarda ishga tushirilgan avtomobil, traktor, sovitkich, metall qirqish stanoklari ishlab chiqaruvchi korxonalar ham bor. Suvaysh, Qohira, Iskandariya, Tanta shaharlari neftni qayta ishlash markazlaridir. Kime sanoati faqat mineral oʻgʻit ishlab chiqarishdan iborat. Kafr-uzzayyat va Abuzaʼbaldagi z-dlar yiliga 200 ming t superfosfat ishlab chiqarish quvvatiga ega. Asyutda yiliga 200 ming t superfosfat chiqaradigan z-d mavjud. Abuzaʼbalda qurilgan antibiotiklar z-di farmatsevtika sanoatiga asos soldi. Yana 5 farmatsevtika korxonasi qurildi. Bulardan tashqari, Asvonda kalsiy, Su-vayshda ammoniy sulfat, Iskandariya yonida soda z-dlari, Xulvonda kokskimyo z-di bor. Qurilish ashyolari sanoati korxonalari Hulvon, Al-Maʼsara, Al-Tur va Iskandariya atroflarida boʻlib, asosan, sement ishlab chiqaradi. Yirik toʻqimachilik korxonalari AlMahallat-ul-Kubro, Kafr-ud-Davvar va Kafr-uzzayyat shaharlaridadir. Oziq-ovqat sanoati qishloq xoʻjaligi mahsulotini qayta ishlaydi. Armant, Koʻm-Umboʻ, Adfu shaharlarida yirik qand z-dlari bor. Asvon gidroenergetika majmuiga kiruvchi elektr styalar va yoqilgʻi bilan ishlaydigan elektr styalar yiliga oʻrtacha 525 mlrd. kVtsoatdan ortiq elektr energiya ishlab chiqaradi.