Muzrabot tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t.y. → temir yoʻl, 8 y. → 8 yil, mil. av. → miloddan avvalgi, -a. → -asr (3), mil. 3 → milodiy 3 using AWB
k imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
Qator 64:
'''Muzrabot tumani''' - Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1968 yil 25 dek.da tashkil etilgan. 1994 yilgacha Gagarin tumani deb atalgan. Viloyat xdaudining eng jan. qismini egallaydi. Shim.da viloyatning Sherobod va Qiziriq, sharqda Angor tumanlari, jan.-sharkda Termiz tumani, jan.da Amudaryo orqali Afgʻoniston, gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 0,74 ming km². Aholisi 99,1 ming kishi (2002). Tumanda 9 qishloq fuqarolar yigʻini (Besh-qoʻton, Boldir, Guliston, Muzrabot, Navbahor, Obodon, Xalqobod, Shoʻrob, Qorakamar) bor. Tuman markazi — Xalqobod qishlogʻi.
 
Tabiati. Tuman hududi asosan, tekislikdan iborat, shim.dan jan.ga Amudaryoga tomon pasayib, gʻarbi Qoʻhitang togʻining jan. qismiga yondashadi. Oʻrtacha temperatura yanvarda 0° dan 2° gacha, iyulda 37°—42 . Yozi uzok,, issiq va quruq. Yillik yogʻin mikdorimiqdori 110–120 mm. Vegetatsiya davri 250—280 kun. Tumanda Afgʻon shamolining taʼsiri kuchli. Muzrabot tumani xududidan Qorasuv daryosi, Muzrabotsoy va Zang kanali oqib oʻtadi. Tuprogʻi boʻz tuproq, shoʻrxok, taqirlar ham uchraydi. Yovvoyi oʻsimliklardan yantoq, gʻijmaloq (tuyaqorin), saksovul, qamish oʻsadi, yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, chiyaboʻri, jayra, ilon, toshbaqa, Amudaryo sohillarida qobon, qoplon uchraydi.
 
Aholisi, asosan, oʻzbeklar; shuningdek, tojik, rus, turkman va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 133 kishi (2002).