Okean: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh. → shahri, -a.ni → -asrni (3), bal. 1 → balandligi 1 (2) using AWB
k imlo, replaced: mikdor → miqdor (2) using AWB
Qator 28:
Okean choʻkindilari dengiz choʻkindilariga nisbatan sekinroq toʻplanadi. Chuqur suv qizil gillari 1000 yil ichida 1 mm, ohakli va diatomli choʻkin-dilar 1000 yilda 1–30 mm gacha yigʻiladi. Materik yon bagʻrining asosida terrigen choʻ kindilar eng tez toʻpla-nadi (1000 yilda 100 mm).
 
Okean choʻkindilarining asosiy qismi zarrachalar shaklida yoki erigan holda materiklardan keladi. Choʻkindilarning mikdorimiqdori va xili iqlim, vertikal, gorizontal va sirkumkontinental zonallikka, shuningdek, tektonik rejimga bogʻliq.
 
Kelib chiqishi va geologik tarixi. O. suvi [[Yer]] mantiyasi moddalarining differensiatsiyasi mahsulidir. O.dagi botiklarning paydo boʻlishi haqida turli gipotezalar bor. Chuqur suv havzalaridan iborat hozirgi O. kamida yura davridan beri mavjud, chunki O. tubida bundan qad. jinslar topilganicha yoʻq. Boʻr davri va kaynozoy erasida havzalar yanada chuqurlashdi va abissal choʻkindilar toʻplanib bordi. Yaqin geologik oʻtmishda chekka geosinklinal havzalar hisobiga materik chetlari oʻsib borgan. Geosinklinal dengizlar botiqlaridagi ancha qalin choʻkindilar O.ning juda qadimiyligidan dalolat beradi. O. tubi yirik relyef shakllarning vujudga kelishida [[Yer]] poʻstining vertikal va gorizontal harakatlari muhim rol oʻynadi (q. [[Yer]]).
Qator 84:
Tropiklarda hayvon turlari, ayniqsa, xilma-xil. O. tubi faunasi sayoz marjon riflarida, ayniqsa, koʻp turlardan iborat. Chuqurlashgan sari hayot kamayadi. Eng chukur joylarda (9000– 10000 m va undan ham quyida) bakteriyalar va bir necha oʻn xil umurtqasiz hayvonlargina yashaydi.
 
O.ning turli joylarida hayot har xil taraqqiy etgan. Fitoplankton mikdorimiqdori ustki qatlamlardagi biogen elementlar miqdoriga, birinchi navbatda azot, fosfor, kremniy birikmalariga bogʻliq. Fitoplanktonga boy joylarda u bilan oziklanadigan zooplankton va zooplanktonni yeydigan nekton ham eng koʻp.
 
O. tubi organizmlari moʻʼtadil oʻlkalarning qirgʻoqqa yaqin sayoz joylarida, ayniqsa, koʻp (O. tubining 1 km² maydonida bir necha oʻn kg fito va zoobentos mavjud). Juda katta chukurliklardagi tirik organizmlar yuza qatlamlardan choʻkadigan va qirgʻoq yaqinidagi sayozliklardan keladigan organik qoldiqlar hisobiga yashaydi. O.ning turli chuqurliklarida hayot sharoitlari bir xil emas. Chuqurlashgan sari yorugʻlik kamayadi, temperatura pasayadi, gidrostatik bosim orta boradi, oziq-ov-qat kamayadi va h.k. Bularning hammasi O.da vertikal biologik zonallikni vujudga keltiradi. O. tubida quyidagi hayot zonalari mavjud: litoral (suv koʻtarilishi va qaytishi zonasi), sublitoral (200 m gacha), batial (2500– 3000 m), abissal (6000 m gacha), ultraabissal yoki xadal (6000 m dan chukur). O. suvi qatlamlarida, odatda, yuza zona yoki epipelagial (150–200 m) oraliq, yoki mezopelagial (750–1000 m) va chukur suv zonalari ajratiladi. Chukur suv zonasi oʻz navbatida batipelagial (2500–3000 m), abissopelagi-al (6000 m) va ultraabissal (6000 m dan chukur)ga boʻlinadi. Koʻpgina dengiz organizmlari ovlanadi va oziq-ovqat yoki texnika xom ashyosi sifatida foydalaniladi.