Oliy taʼlim: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 8 y. → 8 yil (3), mil. av. → miloddan avvalgi (2), -a.lar → -asrlar, i.ch. → ishlab chiqarish (2) using AWB
k imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
Qator 13:
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin Oliy taʼlim tez surʼatlar bilan rivojlana boshladi. OʻzRning "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni (1997)ga muvofiq, Oliy taʼlim oʻrta maxsus yoki kasb-hunar taʼlimi negiziga asoslanadi hamda ikki — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini roʻyobga chiqarishning maʼlum davriga qadar Oliy taʼlim oʻn bir yillik umumiy oʻrta taʼlim negizida ham amalga oshiriladi. Eʼtiqod erkinligiga amal qili-nadigan OʻzRda dunyoviy oliy oʻquv yurtlari bilan birgalikda oliy dinipoʻquv yur-tlari ham bor. Oʻzbekistonda Oliy taʼlim davlat qaramogʻidadir. Mamlakatda universitet Oliy taʼlimi ustuvor maqomga ega. Bu tayyorlanayotgan mutaxassislarning jahon darajasida nazariy bilim va amaliy tayyorgarlik-ka ega boʻlish imkonini beradi.
 
Oliy taʼlim rasmiy davlat hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bunda taʼlimning davlat standartlari, oʻquv rejalari hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ularda oʻrganilishi majburiy va ix-tiyoriy boʻlgan fanlar, ixtisoslik kurelari, ularning oʻqitilish tartibi, mikdorimiqdori, vaqti, nazariy va amaliy taʼlim oʻrtasidagi nisbat, nazariy mashgʻulotlar, oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlari, reyting davri, taʼtil, bakalavrlarning malakaviy bitiruv ishlari, magistrlarning dissertatsiyalarni yoklash muddati asosiy pedago-gik hujjat — oʻquv rejasida belgilab beriladi. Oʻquv rejasida oʻrganiladigan fanlar gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy, matematik va tabiiy-ilmiy, umumkasbiy, ixtisoslik fanlari va taʼlimning qoʻshimcha turlari singari qismlarga boʻlinadi. Oʻquv rejasidagi fanlar majburiy, maxsus, tanlov va fakultativ koʻrinishlarida olib borilishi koʻzda tutilgan.
 
Talabalarga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy maʼlumot berish taʼlimning sirtqi shakli orqali amalga oshiriladi (q. [[Sirtqi taʼlim]]). OʻzRda Oliy taʼlim tizimida bir qancha ixtisoslik boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi. Kunduzgi Oliy taʼlimda oʻqish kurs tizimida olib boriladi: talaba barcha oʻquv mash-gʻulotlariga qatnashishi majburiy. Sirtqi Oliy taʼlimda taʼlimning fan-kurs tizimi joriy etilgan. Bunga koʻra, talaba imtihon sessiyasidagina mashgʻu-lotlarga kelishga majbur. Sirtqi Oliy taʼlimning imtihon sessiyalari har bir oʻquv yurtining imkoniyatiga karab, bir yilda ikki martadan ortiq boʻlmagan yoʻsinda tashkil etiladi. Sirtqi Oliy taʼlim muddati kunduzgi oʻqishdagi tegishli mutaxassislikka Karaganda yarim yoki bir yil ortiq davom etadi (yana q. [[Oliy oʻquv yurtlari]]).