Otliq askarlar — versiyalar orasidagi farq

k
imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: mil. av. → miloddan avvalgi (5), -a.da → -asrda (11) using AWB)
k (imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB)
'''Otliq askarlar''' — qad. dunyo mamlakatlarida vujudga kelgan qoʻshin turi. Otliq askarlar paydo boʻlgunga qadar Misr, Xi-toy, Hindiston va h.k. yurtlarda otlar qoʻshilgan 2 gʻildirakli jang aravalaridan foydalanilgan. Otliq askarlar alohida qoʻshin turi sifatida ilk bor miloddan avvalgi 9-asrda Ossuriya armiyasi tarkibida tashkil etiladi va soʻngra boshqa quldorlik davlatlariga tarqaladi. Miloddan avvalgi 6-asrdan eʼtiboran axomaniylar armiyasida Otliq askarlar qoʻshinning asosiy turi boʻlib, qilich va nayza bilan qurollangan ogʻir Otliq askarlar hamda kamon va oʻq bilan taʼminlangan yengil Otliq askarlar mavjud boʻlgan. Oʻrta Osiyoda Otliq askarlar miloddan avvalgi 1-ming yillik 1-yarmidan mavjud boʻlib, saklar, massa-getlar, sugʻdiylar, xorazmiylar qushi-nining asosini tashkil qilgan. Par-fiya Otliq askarlari ham deyarli shunday qurilishga va qurollanishga ega boʻlgan.
 
Yunon davlatlarida (Sparta, Afina) Otliq askarlarning mikdorimiqdori ancha kamsonli edi. Miloddan avvalgi 4-asr 1-yarmida Fiva sar-kardasi Epaminond birinchi boʻlib Otliq askarlarni piyoda askarlar bilan hamkorlikda jangga solgan. Miloddan avvalgi 4-asr 2-yarmida Makedoniyada muntazam Otliq askarlar yuzaga keladi va mustaqil qoʻshin turi sanaladi. Aleksandr armiyasida Otliq askarlar yaxshi tay-yorgarlik koʻrgan, jang maydonida er-kin harakat qilish qobiliyatiga ega boʻlgan zarbdor kuch tarzida ogʻir, oʻrta va yengil turlarga boʻlingan. Qad. Rim armiyasida Otliq askarlar qoʻshimcha qoʻshin turi hisoblangan.
 
Gʻarbiy Yevropada 11 —12-asrlarda armiyaning asosiy zarbdor qismini ritsarlardan tuzilgan Otliq askarlar tashkil qilgan. Suvoriy ritsar qilich, ogʻir nayza, qalqon, dubulgʻa va zirh bilan qurollangan. 12-asrning 2-yarmidan jangovar otlar ham maxsus zirh bilan taʼminlangan.
197 605

ta tahrir