Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 6 y. → 6 yil (6), sent.da → sentabrda, -a.da → -asrda using AWB
k imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
Qator 180:
Oyni tadqiq qilishning yangi bosqichi Oyga sayyoralararo avtomatik stansiyalar (SAS)ni uchirishdan boshlandi. Oyni "Luna" va "Zond" tipidagi SASlar bilan, "Lunar Orbiter", "Serveyer" va asosan, [["Apoll[[on"]] dasturi yordamida tadqiqqilindi. Oyning toʻliq haritasi va globusini yasash imkoni tugʻildi. 1966 yil 31 yanv.da uchirilgan SSSRning "Luna-9" KK 1966 yil 3 fev.da Oyga birinchi marta yumshoq qoʻndirildi. Uning yordamida O. panoramasi Yerga uzatildi. Oy atrofida aylanuvchi sunʼiy yoʻldosh 1966 yil 31 martda uchirilgan "Luna-10" stansiyasi bilan boshlandi. U 1966 yil 3 aprelda Oyning birinchi sunʼiy yoʻldoshiga aylantirildi. Oyga qoʻndirilgan SASlar Oy tuprogʻini, uning kimyoviy tarkibini va mexanik xossalarini, fizik sharoitini oʻrganishga imkon berdi. Maʼlum boʻlishicha, Oy sirtqi qismining zichligi 1,1 — 1,2 g/sm³ boʻlib, 1 kg/sm³ nagruzkagacha chidaydi. 1969 yil 21 iyulda Oyga birinchi marta amerikalik astronavtlar N. Armstrong va E. Oldrin "Apollon-11" (AQSH) kosmik kemasi yordamida uchirildi va Oy sirtiga qoʻndirildi. Keyingi [["Apoll[[on"]]larda uchirilgan 18 ta astronavtdan 10 tasi O.ga qoʻndirilib, ular O.da tekshirish olib bordilar (5rasm) va u yerdan bir necha yuz kg tuproq, togʻ jinslari, kristallar namunalarini Yerga olib tushdilar (q. [["Apoll[[on"]]). 1970 yil 20 sentabrda "Luna-16" stansiyasi Oy tuprogʻini 35 sm chuqurlikkacha qazib, undan olingan namunalarni Yerga olib keldi. Oy tup-rogʻi va jinslaridan namunalar keyinchalik "Luna-20" va "Luna24" avtomatik stansiyalar tomonidan ham keltirib oʻrganildi (q. "Luna"). Oy sirtining fizik sharoitlari, tuproq namunalari,shuningdek, SSSRning "Lunoxod-1,2 ("Luna-17" tomonidan Oyga 17.11,1970 va "Luna-21" tomonidan 16.1.1973 yilda eltilgan) i.t. laboratoriyalari tomonidan ham yaxshi oʻrganildi (q. [["Lunoxod"]]). Bu apparatlar yordamida Oyda issiklik oqimining oʻzgarishi, magnit maydoni, radiatsiya darajasi, Quyosh "shamoli"ning tarkibi va intensivligi oʻrganildi.
 
Oyning kosmik apparatlar qoʻndirilgan hamma joyida Oy sathi regiolit bilan qoplanganligi aniklandi. Regiolit — yumshoq qoʻngʻir rangli tuproq qatlami boʻlib, qalinligi bir necha m dan bir necha oʻn m gacha. Regiolitning baʼzi boʻlaklarida meteorit zarralari topilgan. Yerga keltirilgan namunalar orasida ikki turli jinslarni uchratish mumkin: vulqon jinslari (lavalar) va meteoritlar tushganida maydalangan va erigan jinslar (shisha sinikdarini eslatuvchi jinslar — brekchiya). Vulqon jinslarining asosiy massasi Yerdagi bazaltlarga oʻxshaydi. Ularda plagioklaz, piroksen, ilmenit, olivin, shpinel, sirkon, apatit, metalli temir va mis uchraydi. Shuningdek, Oydan keltirilgan namunalarda norit, anortozit, datsit va kaliy, fosforlar borligi aniklandi. Oy tuprogʻida kremniy oksidi (SiO2) 44% ga yaqinni, temir oksidi (GʻeO) — 19,5% ni, alyuminiy oksidi (A12O3) — 14% ni, titan oksidi (TiO2) — 4% ga yaqinini tashkil etadi. Jinslarning barcha turlari Oy qaʼrida uzoq vaqt davom etgan erish jarayonida hosil boʻlgan. Oy jinslari qator xossalari bilan Yernikidan farq qiladi. Ularda suv gʻoyat kam, natriy va uchuvchi elementlar esa juda oz mikdordamiqdorda uchraydi, baʼzi namunalarda titan va temir juda koʻp.
 
Mamatmusa Mamadazimov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>