Oʻrta yer dengizi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: bal. 0 → balandligi 0 using AWB
k imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
Qator 12:
Kanar oqimi Afrika boʻylab Oʻrta dengizdan Livan sohillarigacha yetib keladi. Shuningdek, ayrim dengiz va havzalarning mahalliy oqimlari bor. Oʻrta dengiz tubining suvi Dunyo okeani dengizlari ichida eng iliq va shoʻrlaridan biri. Suvining temperaturasi yuza qatlamida fev,da 8° dan 17° gacha, avg .da 19—28°, baʼzida 30° ga yetadi. Shoʻrligi gʻarbida 36%o, sharqida 39,5%o. Suvining nisbiy tiniqligi 50–60 m gacha. Suv koʻtarilishi aralash va yarim sutkalik, balandligi 0,1—0,5 m. Qishda kuchli toʻlqinlar boʻladi.
 
Oʻrta dengizning oʻsimlik va hayvonot dunyosida fitoplankton va zooplanktonlar mikdorimiqdori kam. Suvoʻtlar, asosan, peridineylar va diatomlar. Fauna turlari xilmaxil. Baliqning 550 dan ortiq turi maʼlum, jumladan, 70 xili endemik, shuningdek, turli xil dengiz jonivorlari bor.
 
Oʻrta dengiz muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. Dengiz orqali Yevropani Afrika, Janubiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan bogʻlovchi muhim suv yoʻllari oʻtgan. Dengizdan baliq (sardiniya, tunets, makrel, skumbriya va boshqalar) hamda dengiz hayvonlari ovlanadi. Shelf qismida suv ostidan neft va gaz olinadi. Dengiz orqali Yaqin Sharq va Afrikadan Yevropa davlatlariga neft quvurlari oʻtkazilgan. Yirik portlari: Barselona (Ispaniya), Marsel (Fransiya), Genuya, Neapol, Venetsiya, Triyest (Italiya), Pirey, Saloniki (Gretsiya), Bayrut (Livan), Iskandariya, PortSaid (Misr), Tripoli (Liviya), Jazoir (Jazoir). Oʻrta dengiz boʻyidagi (Fransiya, Monako va Italiyadagi Moviy qirgʻoq, Ispaniyadagi Levantiya sohili va Balear o.dagi va boshqalar) kurortlar dunyoga mashhur. Neft mahsulotlarini koʻplab qazib olish va tashish, sanoat chiqindilarini dengizga oqizish, turistik zonalarning kengayishi Oʻrta dengizda murakkab ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Oʻrta dengiz flora va faunasini muhofaza qilish bilan BMT qoshida tuzilgan maxsus komissiyalar shugʻullanadi.