Stratigrafiya: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: vakt → vaqt (2), hoz. → hozirgi, y.da → yilda, va b.ning → va boshqalarning (2) using AWB |
k imlo, replaced: mikdor → miqdor, anikladi → aniqladi using AWB |
||
Qator 1:
'''Stratigrafiya''' (lot. stratum toʻshama, qatlam va grafin) — geologiyaning Yer poʻsti kesimidagi togʻ jinslari majmuining shakllanish izchilligini va joylashgan oʻrnidagi dastlabki nisbatini oʻrganuvchi boʻlimi. S choʻkindi togʻ jinslari qatlamlarini kuzatib, oʻtmish geologik davrlarda ularning fatsial oʻzgarishlarini hamda yon atrof (quyi va ustki) qatlamlarda takrorlanmaydigan oʻziga xos belgilarga ega boʻlgan va maʼlum bir birlikka mujassamlashgan togʻ jinslarining stratigrafik yigʻindisini tadqiq qiladi. Yer organik dunyosining takrorlanmas taraqqiyotini aks ettiruvchi choʻkindi qoplamlardagi qazilma organizmlarning tarkibini aniqlash oʻrganilayotgan yotqiziklar yoshini hamda oʻxshashligini belgilashda ahamiyatga ega (q. [[Biostratigrafiya]]). Shu jihatdan S. paleontologiya va geoxronologiya bilan uzviy bogʻliq. S.ning asosiy vazifasi stratigrafik kesmalarni ajratish, ularning tarqalishini kuzatish, turli kesmalarni va uzilib birbiridan uzoklashgan kesma bulaklarini oʻzaro qiyoslashdir. S. yordamida Yer poʻstining geologik rivojlanish tarixini tiklash mumkin; choʻkindi formatsiyalar shakllanishining vaqti va sharoitlari aniklanadi, regional rivojlanishning tektonik hamda geodinamik jarayonlari tiklanadi; geologik haritalar tuzish uchun zarur bulgan barcha kategoriyadagi qiyosiy va stratigrafik sxemalar ishlab chiqiladi. S.ning nazariy asoslari, prinsip va uslublariga 20-a.da juda koʻp ishlar bagishlangan. Biroq bu fanning asoslari va baʼzi bir kridalariga 17— 19-a.lardayoq Daniya, Angliya, Fransiya va Germaniya olimlari tomonidan asos solingan. Daniyalik olim N. Steno (1638— 86) togʻ jinslari qatlamlanishining ketma-ketligi qonunini
Koʻpgina biotik oʻzgarishlar (koʻplab qirilib ketish, taksonlar xilmaxilligining haddan tez koʻpayishi, yangi turlarning paydo boʻlishi)ga evolyusion oʻzgarishlar bilan birga turli xil abiotik omillar (okean havzasining kengayishi yoki qisqarishi, okean sathining koʻtarshshbpasayishi, iqlim va yashash muhitining oʻzgarishi, atmosfera va gidrosfera tarkibidagi oʻzgarishlar hamda kosmik xrdisalar)ning ham taʼsiri katta. Oʻziga xos farq qiluvchi shunday oʻzgarishlar izini Yerning geologik tarixida Xalqaro stratigrafik shkalaning deyarli barcha boʻlinmalari chegaralarida uchratilgan. Oʻzbekistonda qoʻllaniladigan stratigrafik birliklar shkalasi baʼzi bir boʻlim va yaruslarni boʻlinishi va indekslanishi (xududiy xoslik belgilari tufayli) bilan bir oz farqlanadi. Oʻzbekistonning stratigrafik tuzilishini oʻrganishga olimlardan A. D. Arxangelskiy, T. A. Sikstel, O. I. Sergunkova, Yu. M. Kuzichkina, 3. M. Abduazimova va boshqalarlar hissa qoʻshgan. Har bir mamlakatda stratigrafik shkalaning umumiy va mahalliy boʻlinmalari stratigrafik kodeks qoidalari sistemasi asosida ajratiladi. Geologik vaqtni oʻlchashning etaloni qilib umumiy xalqaro stratifafik shkala qabul qilingan (2Xalqaro geologik kongress Bolonye, 1881 y.). 20-a.ning oʻrtalarida unga qoʻshimcha qilib stratigrafik shkalaning ancha yirik boʻlinmasi — zon mobaynida shakllangan eonotema kiritilgan; era mobaynida shakllangan yotqiziqlarni bildiruvchi, avval ishlatilgan "guruh" termini, "eratema" termini bilan almashtiriddi. Stratigrafik boʻlinmalarning har biri Yerning tabiiy rivojlanish bosqichi va uning organik dunyosiga muvofiq keladi; ular barcha materiklarda va 1970y.larda oʻtkazilgan burgʻilash ishlari koʻrsatganidek, okean botiklarida ham aniqlandi. Baʼzi tadqiqotchilarning fikricha, geologi k yaruslar va stratigrafik zonalar faqat mahalliy ahamiyatga ega; bu fikr agar faunasi boshqalardan ajralgan holda rivojlangan va Dunyo okeani bilan bogʻliq boʻlmagan (mas, Kora dengiz—Kaspiy havzasining neogen yotqiziqlari) alohida paleohavza materiallari asosida ajratilgan yarus va zona uchun toʻgʻri boʻladi. Agar yarus va zonalarning stratotipi qilib ochiq okean havzalarining kesimlari olinsa, bu boʻlinmalarni butun Yer shari boʻylab kuzatish mumkin. Antropogen (yoki toʻrtlamchi) sistema uchun boʻlinmalarning paleoiqlim maʼlumotlariga asoslangan, ularning oʻzaro bogʻlikligini aks ettiruvchi oʻz shkalasi taklif qilingan. Mavjud maʼlumotlarning koʻrsatishicha, geologik boʻlimlar, yarus va zonalar tokembriyda hozircha ajratilmaydi, sistema va erotemalar fanerozoydagiga nisbatan butunlay boshqacha asoslanishga ega; ularga ekvivalent boʻlgan protosistema va protoerotemalar — fitemalar toʻgʻrisida gapirish toʻgʻriroq boʻladi. Yagona yoki umumiy stratigrafik shkalaning boʻlim, yarus va zonalarini hamma yerda ham istalgandek aniklab boʻlmaydi va kesimlar tuzilishining mahalliy xususiyatlarini aks ettirmaydi. Shuning uchun koʻp r-nlarda stratifafik tasnifning asosi boʻlib, mahalliy stratigrafik kichik boʻlimlar xizmat qiladi; agar ular paleontologik asosga ega boʻlsa va yoʻnalish boʻyicha oʻz tarkibini sezilarli oʻzgartirgan yotqizikdarni oʻz ichiga olsa, unda gorizontlarga (taxminan oʻlchami boʻyicha yarus va kichik yaruslarga mos keladigan va lonalar (lokal zonalar)ga ajratiladi. Aksincha, agar mahalliy boʻlinmalarni ajratishda togʻ jinslari litologik tarkibining oʻziga xos xususiyati yetakchilik qilsa, bunday holatda litostratigrafik boʻlinma ning alohida sistemasi qabul qilinadi. Oxirgi xalqaro stratigrafik shkala 2000 yilda Braziliyada oʻtgan 31-Xalqaro geologik kongressda qabul qilingan.
|