Sugʻorish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Sociologist (munozara | hissa)
81.177.254.196 (mun.) tomonidan qilingan 1797928-sonli tahrir qaytarildi
k imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
Qator 9:
Sugʻoriladigan yer maydonlarining kengayishi qishloq xoʻjaligi.da suv isteʼmolining koʻpayishiga olib keldi. Natijada suv ombori qurish yoʻli bilan daryo oqimlarini mavsumiy, keyingi yillarda esa koʻp yillik tartibga solish muhim masalaga aylandi. Yuqori quvvatli nasoslarning yaratilishi qariyb 250– 300 m³/s suvni bosqichmabosqich balandlikka koʻtarib, qishloq xoʻjaligi. ekinzorlarini mashina yerdamida sugʻorishga imkon berdi. Hozirgi davrda Orol dengizi havzasida jami yillik hajmi 105 mlrd. m³ boʻlgan umumiy oqimning 95 mlrd. m³ suvi Sta sarflanmoqda. Bu esa suv resurslarini toʻldirish va sugʻorish sistemasining barcha boʻgʻinlarida suvni tejashni taqozo qiladi. Suv resurslarini toʻldirish asosan suvni havzalararo qayta taqsimlash (AmuBuxoro, AmuQorakoʻl, Qoraqum va boshqa kanallar), oqova va shoʻrlangan drenaj suvlaridan qayta foydalanish hisobiga amalga oshirilmoqda.
 
S. usullari va turlari. S tuproqqa meʼyorlangan (belgilangan) mikdordamiqdorda suv berishini taʼminlaydigan, gidrotexnika qoidalariga asoslangan texnikaviy, agrotexnik va tashkiliyxoʻjalik tadbirlari majmuidan iborat. S. oʻtkaziladigan vaqtiga qarab muntazam va davriy turlarga boʻlinadi. S. maqsadiga qarab ehtiyot (yaxob), shoʻr yuvish, vegetatsion, oziqlantiruvchi (sharbat) va boshqa turga boʻlinadi. Ayrim hollarda bir turdagi S bir qancha maqsadlarda oʻtkazilish mumkin.
 
Qadimdan maʼlum boʻlgan oqizib suv berish usullari (bostirib, taxtalarga boʻlib, egatlar olib) astasekin takomillashib S.ning yomgʻirlatib sutrish, tomchilatib sugʻorish va tuproq ostidan suyurish, aerozol usulida sugʻorish singari takomillashgan usullar yaratildi. Iqlim quruq boʻlgan Oʻrta Osiyoda ekinlar koʻp miqdorda suv talab qiladi, shuning uchun sugʻoriladigan maydonlarda asosan tuproq (yer) ustidan oqizib suv berish va qisman yomgʻirlatib sugʻorish usuli qoʻllaniladi.