Tennis: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh.da → shahrida, y.da → yilda (15), va b. → va boshqa using AWB
k imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
Qator 3:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Tennis''', launtennis (ing , lawn — oʻtloq, maysazor; "tennis" terminining kelib chiqishi toʻgʻrisida bir necha taxmin bor: frans. tenez — mana, ol; ing . tens — oʻnlik, chunki oʻrta asrlarda tennisga oʻxshash oʻyinni besh kishidan, jami oʻn kishi oʻynagan; ing . tenia — rishta; toʻpni tortilgan ipdan oshirib oʻynalgani uchun) — sport turi, movut qoplangan rezina koptok raketka yordamida urilib kortsa. oʻynaladi. Koptokning diametri 6,35—6,67 sm, ogʻirligi 56,7g . Yogʻoch, yengil metall yoki plastmassadan har xil oʻlchamda tayyorlangan raketkalar ogʻirligi 255—400 g . Oʻyin kortning orqa chizigʻidan raqibning toʻrga yaqin maydonchasiga koptokni xatosiz uzatish bilan boshlanadi. Koptok maydonga tegib sakragandan keyin raqib uni qaytaradi (oʻyin davomida xam koptokni ikkinchi sakragandan keyin olishga ruxsat etilmaydi, faqat ikkinchi zarbadan boshlab koptokni kortga tushirmasdan ham qaytarish mumkin). Geymda hisob 15:0,30:0,40:0 va h.k. tarzda yuritiladi, agar 40:40 hisobi — "teng" qayd etilsa, keyingi ochkoni yutgan "koʻp", yutqizgan "kam" boʻladi. "Koʻp"dan keyin ochkoni yutgan geymni ham yutadi. Setda olti geym (6,0...6:4) yutish lozim, bordiyu hisob 6:5 boʻlsa, oʻyin davom ettiriladi. 12 geymdan keyin hisob 7:5 boʻlsa, gʻolib aniklanadi. Agar 6:6 hisobi qayd etilsa, "taybreyk" oʻynaladi. "Taybreyk"da gʻolib chiqish uchun 7 ochko toʻplash zarur, agar hisob 7:6 boʻlib qolsa, oʻyin qaysidir tomonning ikki ochko oʻzib ketishigacha davom etadi. Erkaklar oʻyinida eng koʻp setlar mikdorimiqdori — 5, ayollarda —3 ta. T. musobaqalari yakkalik, juftlik va aralash (bir erkak va bir ayol) tarzida tashkil qilinadi.
 
T.ga oʻxshash oʻyinlar dastlab Misrning Tinis (Tanis) shahrida paydo boʻlgan degan taxmin ham mavjud. Bu oʻyin 13— 14-a.larda Italiya, Fransiya, Angliyada ommalashdi. Fransiyada rohiblar 5 tadan boʻlib kaftlarida T.ga oʻxshash oʻyin oʻynashgan. 16-a.dan boshlab oʻyinda dastlabki raketkalar qoʻllanildi. Zamonaviy T. qoidalarini angliyalik Volter Uingfild ishlab chiqqan (1874). Shu qoidalar asosida "Uimbldon" turniri (Angliya) 1877 yildan, AQSH ochiq chempionata 1881 yildan, "Rollan Garros" turniri (Fransiya) 1891 yildan, Avstraliya ochiq chempionata 1905 yildan oʻtkazilib kelinadi (hozirgi kunda bu musobaqalar "Ulkan toj" musobakdlari deyiladi).