Tinch okeani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: T.o. → {{subst:FULLPAGENAME}} (36), T. o. → {{subst:FULLPAGENAME}} (2), mayd. → maydoni, y.ga → yilga (3), va b.ning → va boshqalarning, va b. → va boshqa (7) using AWB
k imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
Qator 15:
Okean tubidagi choʻkindi jinslar tarkibi tektonika va okean tubi relyefi bilan bogʻliq. Terrigen nurash materiallari va gilli choʻkindilar materiklarning suv ostidagi chekkalarida, dengizlar tubida va chukur suv osti novlarida koʻproq toʻplangan. Choʻkindilar qalinligi okean qaʼrida va novlarda 2–3 km, bu esa Tinch okeanini eng qad. okeanlardan biri ekanligini koʻrsatadi. Kremniyli (diatom va diatomradiolyariyli) choʻkindilar fitoplanktonga boy zonalarda 3 ta kenglik mintaqasini hosil qiladi. Pelagial qizil gillar 4500–5000 m dan ziyod chuqurliklarda uchraydi. Tinch okeani gʻarbiy qismining tubida choʻkindilarga vulkan jinslari aralashgan. Okean tubida foydali qazilmalardan neft, nodir metallar rudalari, qalay, temir va titantemir qumlari, oltin, temirmarganets gʻuddalari va boshqa uchraydi.
 
Gidrologik rejimi. Tinch okeanining katta qismi subekvatorial, tropik, subtropik va moʻʼtadil iklim mintaqalarida va qisman ekvatorial va subantarktika mintaqalarida joylashgan. Shim.dan jan.ga katta masofaga choʻzilganligi tufayli iqlimi ham xilmaxil. Tinch okeani ustidagi atmosfera sirkulyatsiyasi 4 ta asosiy atmosfera bosimi oblasti: Aleut minimumi, Shim. Tinch okean, Jan. Tinch okean va Antarktida maksimumlariga bogʻliq. Okean ustida vujudga keladigan atmosfera sirkulyatsiyasi natijasida yuzaki oqimlar subtropik va tropik kengliklarda antitsiklonal, shim. oʻrtacha va jan. yuqori kengliklarda siklonal aylanma harakat qiladi. Natijada tropik va subtropik kengliklarda shim.sharkiy, jan.da jan.sharqiy shamollar — passatlar (boshqa okeanlardagiga nisbatan kuchsizrok, va sharqida gʻarbdagiga nisbatan kuchliroq) hamda moʻʼtadil kengliklarda kuchli gʻarbiy shamollar esadi. Tropik mintaqalar gʻarbida tez-tez dovullar — tayfunlar boʻlib turadi. Tinch okeanining shim. qismida atmosferaning mussonli sirkulyatsiyasi hukmron. Havoning oʻrtacha trasi ekvatorga yaqin joylarda fev.da 26—27°, avg .da 26—28°, Bering boʻgʻizida fev. da —20°, avg .da 6—8°, Antarktida qirgʻoklari yaqinida fev.da —10°, avg .da —25°. Tinch okeanida yogʻin mikdorimiqdori suvning bugʻlanishiga karaganda koʻproq. Yillik oʻrtacha yogʻin ekvator yonida 3000 mm dan ziyod, oʻrtacha kengliklarning gʻarbida 1000 mm, sharqida 2000– 3000 mm, eng kam yogʻin subtropiklarning sharqiy chekkalarida yogadi (200–300 mm).
 
Tinch okeanining shim. qismida iliq Shim. Passat — Kurosio va Shim. Tinch okean hamda sovuq Kaliforniya oqimlari aylanma oqimni keltirib chiqaradi. Shim.dagi moʻʼtadil kengliklarning gʻarbida sovuq Kuril oqimi, sharqida iliq Alyaska oqimi mavjud. Tinch okeani ekvatorial sirkulyatsiyasida Passatlararo ters oqimi muhim agʻamiyatga ega. Bu oqim Tinch okeanini gʻarbdan sharqqa qarab gʻarbda 150–300 m.sharqda 250 300 m chuqurlikda, 500600 km kenglikda kesib oʻtadi. Oqim tezligi 5,4 km/soat. Okeanning jan.da Jan. Passat, Sharqiy Avstraliya iliq oqimlari va Gʻarbiy Shamollar va Peru sovuq oqimlari antitsiklonal sirkulyatsiyani yuzaga keltiradi.