Vakuum: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura, va b. → va boshqa (2) using AWB |
k imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB |
||
Qator 1:
'''Vakuum''' (lot. vacuum — boʻshliq) — gazning atmosfera bosimidan past bosimdagi holati. V. tushunchasi maʼlum hajmdagi gazga, shuningdek kosmik fazoga tatbiq qilinadi. V. bosim birligi bilan oʻlchanadi. Gazning V.dagi xususiyati gaz toʻldirilgan idish oʻlchami bilan gaz molekulalarining erkin oʻtish yoʻli (molekulaning bir toʻqnashishidan ikkinchi toʻqnashishigacha bosib oʻtgan yoʻlning oʻrtacha uzunligi) orasidagi munosabatga bogʻliq. Gazning siyraklashganlik darajasiga qarab oʻta yuqori, yuqori, oʻrta (forvakuum) va past V.ga boʻlinadi. Oʻta yuqori V.ga 10 mk Pa dan past, yuqori V.ga 0,1 dan 10 mk Pa gacha, oʻrta V.ga 100 dan 0,1 Pa gacha, past V.ga 100 Pa dan yuqori bosim sohasi toʻgʻri keladi. Yuqori V.dagi atmosfera bosimidagi gazlarga nisbatan butunlay boshqa xossalarga ega boʻladi. Yuqori V.da gaz molekulalari idishning issiq va sovuq devorlari bilan toʻqnashishi natijasida issiklik oʻtkazish jarayoni roʻy beradi. Issiqlik oʻtkazish tezligi gaz bosimiga, temperaturalar farqiga va devorlar orasidagi masofaga bogʻliq emas. V.li idishlarning teshiklaridan oʻtayotgan gaz
== Adabiyotlar ==
|