Volfram: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
Qator 1:
'''Volfram''' (Wolframium), W - Mendeleev davriy sistemasinint VI guruh elementi; tartib soni 74, at. m. 183,85; och kulrang , qiyin suyuqlanuvchi ogʻir metall. Tabiiy V. massa soni 180, 182, 183, 184 va 186 boʻlgan beshta barqaror izotop aralashmasidan iborat. 1781 y.da shved kimyogari K. V. Sheele V.ni tungsten minerali (keyinroq esa sheelit) dan volfram angidridi WO, sifatida ajratib olgan. 1783 y.da ispan kimyogarlari aka-uka d’ Elxuyarlar \UO3ni volframit mineralidan va uni uglerod bilan qaytarib, metallning oʻzini olishdi va uni V. deb atashdi. V. uzok yillar davomida sanoat miqyosida qoʻllanilmay keldi. Tabiatda kam tarqalgan boʻlib, Yer poʻstidagi mikdorimiqdori ogʻirligi jihatidan 110-4%. Mineral holida asosan volframatlar sifatida uchraydi. Bulardan volframit (Fe, Mn) WO, va sheelit CaWO4 sanoat ahamiyatiga ega.
 
V. kub shaklida kristallanadi, zichligi 19,3 g/sm3, suyuqlanish t-rasi 3380+10*, qaynash t-rasi 5900°. 400-500° da W havoda sezilarli darajada WO, gacha oksidlanadi, Suv bugʻlari 600° dan yuqorida uni WQj gacha oksidlaydi. Galogenlar, oltingugurt, uglerod, kremniy va bor V. bilan yuqori t-rada (ftor esa kukun holatdagi V. bilan xona t-rasida) reaksiyaga kirishadi. Vodorod bilan suyuqlanish t-rasigacha reaksiyaga kirishmaydi; azot bilan 1500° dan yuqorida nitrid hosil qiladi. Oddiy sharoitda V. xlorid, sulfat, nitrat va ftorid kislotalar hamda zar suvi taʼsiriga chidamli; 100° da ular bilan bir oz reaksiyaga kirishadi; Ftorid va nitrat kislotalar aralashmasida tez eriydi. V. oʻz birikmalarida 2 dan 6 gacha valentli boʻlib, yuqori valentlilari barqaror.
Qator 11:
== Adabiyotlar ==
* Temirjon Otatsoʻziyev. [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
{{stub}} {{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}