Xitoy tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: X.t. → {{subst:FULLPAGENAME}} (15), hoz. → hozirgi, va b.ga → va boshqalarga using AWB
k imlo, replaced: mikdor → miqdor using AWB
Qator 24:
Xitoy tili ga oid qad. yozma yodgorliklar (tosh, bronza, suyak va boshqalarga yozilgan yozuvlar) mil. av. 2ming yillikning 2-yarmiga oid. Qad. adabiy yodnomalar — "Shutszin" ("Tarix kitobi") va "Shitszin" ("Qoʻshiqlar kitobi") mil. av. 1-ming yillikning 1-yarmiga oid. Oʻsha davrdagi jonli lahjalar asosida qad. adabiy Xitoy tili — venyan vujudga kelgan. Keyinchalik u ogʻzaki jonli tildan uzokdashib, mil. 1-ming yillikda xalq tushunmaydigan til boʻlib qolgan. Shu sababli mil. 1-ming yillikda yangi (sodda) yozma til — bayxua vujudga keladi; shim. bayxua tili keyinroq umumxalq Xitoy tili — putunxua (umumxalqqa tushunarli til) uchun asos boʻldi. 20-a.ning 1-yarmida putunxua qad. Xitoy tili — venyanni tamoman siqib chiqarib, yagona milliy til boʻlib qoldi.
 
Xitoy tilidagi morfema va sodda soʻzlar odatda bir boʻgʻinlidir. Boʻgʻin tarkibiga kiruvchi undosh va unli tovushlar (ularning soni haqida hanuz yagona fikr yoʻq) maʼlum bir tartibda joylashadi. Mas, bir necha undosh tovush ketmaket kelishi mumkin emas, biroq unlilar ketmaket, oʻzaro birikib kelishi mumkin. Toʻliq tarkibli xitoy boʻgʻinida birinchi oʻrinda hamisha undosh tovush turadi, ikkinchi oʻrinda 1unli, undan keyin 2unli, oxirida esa yarim (kuchsiz) unli yoki burun tovushi joylashadi. Qatʼiy tartibga qaramasdan Xitoy tilida boʻgʻin tarkibiga kiruvchi tovushlarning hammasi ham bir-biri bilan birika olmaydi, shuning uchun xitoy boʻgʻinlarining mikdorimiqdori chegaralangandir. Putunxuada 414 boʻgʻin, ton (ohang—musiqiy ovoz) variantlarini hisobga olganda, 1324 boʻgʻin bor. Xitoy tilida ton (ohang), tovushga oʻxshab, maʼno farqlash vazifasini bajaradi (q. [[Tonal tillar]]). Agar bir boʻgʻin 4 xil ton bilan talaffuz etilsa, 4 ta har xil maʼnoli soʻz hosil boʻladi.
 
Xitoy tilida bir boʻgʻinli soʻzlarga nisbatan ikki boʻgʻinli soʻzlar koʻproq. Terminologiyaning rivojlanishi natijasida ikkidan ortiq boʻgʻinli soʻzlar ham koʻpaymoqda. Soʻz yasalishi soʻz qoʻshish, affiksatsiya va konversiya (bir soʻz turkumidan boshqa soʻz turkumiga oʻtish) orqali amalga oshadi. Soʻz yasash qoliplari soʻz birikmalari qoliplariga oʻxshash boʻlganligidan baʼzan yasama, qoʻshma soʻzlarni soʻz birikmalaridan ajratib olish qiyin.