Ruteniy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: suyuklanish → suyuqlanish using AWB
k imlo, replaced: at. m. → atom massasi using AWB
Qator 3:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Ruteniy''' (lot. Ruthenium), Ru -Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 44, at.atom m.massasi 101,07. Tabiiy R. massa sonlari 96, 98—102 va 104 boʻlgan 7 ta barkaror izotopdan iborat, eng koʻp tarqalgani 102Ru (31,61%). R. 1844 yilda Qozonda K. Klaus tomonidan kashf etilgan va Rossiya sharafiga R. deb atalgan. R. Yer poʻstining massa jihatidan 510—7% ini tashkil qiladi. R., asosan, platina guruhidagi metallar bilan birga uchraydi. Tugʻma platinada 0,02% atrofida R. boʻladi. Ural konlaridan olinadigan osmiyli iridiyda 20% gacha R. bor. R. kumush rang , juda qattiq metall, suyuqlanish trasi 2250°, kaynash trasi 4900°, zichligi 12,2 g/sm³. R.ning amorf va kristall modifikatsiyalari mavjud. Amorf R. kora tusli kukun, u R. birikmalarini eritmalarda qaytarish natijasida hosil boʻladi. Amorf R.ni suyuq qalayda eritib, qayta kristallash yoʻli bilan kristall R. olinadi.
 
R.ning oʻz birikmalarida valentligi 0 dan 8 gacha. R.ning metall boʻlagi zar suvida ham erimaydi, lekin kukun holatdagisi sulfat va perxlorat kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi. R.ning RuO4 tarkibli oksidi, Ru(OH)3nH2O tarkibli gidroksidi, RuCl2, RuCl3, RuCl4, RuBr3, Rul3, RuF5 tarkibli galogenidlari, RuS2 tarkibli sulfidi va Ru(NO3)36H2O tarkibli kristallogidrati maʼlum.