Texnetsiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k andozani almashtirish, replaced: {{davriy jadval}} → {{Unsurlar davriy sistemasi}} using AWB
k imlo, replaced: at. m. → atom massasi using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Texnetsiy''' (yun. technetos — sunʼiy, lot. Technetium), Tc — Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhiga mansub radioaktiv kimyoviy element. Tartib raqami 43, at.atom m.massasi 97,9072. T. ning 20 ta radioaktiv izotopi maʼlum. T. ni 1937 y. da E. Segre bilan italyan kimyogari K. Perrye molibden yadrolarini deytronlar bilan bombardimon qilib olishga muvaffaq boʻlgan. Hozirgi T. yadro reaktorlarda uranning yemirilish mahsulotlaridan ajratib olinadi. T.ning eng barqaror izotopi —"Ts (T1/2q2,12105 y).
 
Metall holdagi T. jigarrang , uning sirti nam xavoda xiralashadi. Suyuqlanish trasi 2140°. Zichligi 11,5 g/sm³. T. — paramagnit, kimyoviy xossalari jihatidan koʻproq reniyga, bir oz marganetsga oʻxshaydi. Birikmalarda valentligi 0 dan 7 gacha (Q2, Q3, Q6, Q7). T. suvda va suyultirilgan xlorid kislotada erimaydi, vodorod peroksid bilan ammoniy gidroksid aralashmasida erimasligi jiqatidan reniydan farq qiladi. Zar suvida va nitrat kislotada erib, eritmada pertexnat ionlar (TsO4~) hosil qiladi. T., asosan, atom sanoati chiqindilaridan olinadi. Metall T. NH4Tc04, TcO2, Tc2S7 ni 600—1000° da vodorod bilan qaytarib olinadi. Pertexnatlar korroziya ingibitorlaridir. T.ning TsO2, TsO3 oksidi xam maʼlum. T. 400° da ftor bilan geksaftorid TsGʻ6, xlor bilan geksaxlorid TsS16 hosil qiladi. T.ning TsO3X, TsOX3 (X — galogen) tarkibli rangli birikmalari, Tc2S7 tarkibli sulfidi, TsS tarkibli karbidi va boshqa birikmalari, mas., TsS14, TsS12, Ts(SO)4X2, Ts (SO)5X, (S5N5)2Ts2 ham maʼlum.