Vodorod: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k andozani almashtirish, replaced: {{davriy jadval}} → {{Unsurlar davriy sistemasi}} using AWB
k imlo, replaced: at. m. → atom massasi using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Vodorod''' (Hydrogenium), H—Mendeleev davriy sistemasining birinchi guruhiga mansub kimyoviy element; at.atom m.massasi 1,00797. Odatdagi sharoitda rangsiz, hidsiz gaz boʻlib, taʼmi yoʻq. Metallarga kislotalar taʼsir ettirilganida yonuvchi gaz ajralishi 16- va 17-a. kimyogarlarining asarlarida koʻp eslatib oʻtiladi. 1766 y.da ingliz kimyogari G. Kavendish ajralayotgan gazni yigʻib tekshirib, "alangalanuvchi havo" deb atadi va ana shu gaz flogiston boʻlsa kerak, deb oʻyladi. 1783 y.da A. Lavuaze suvni analiz va sintez qilish yoʻli b-n uning tarkibi murakkab ekanini isbot etdi. 1787 y.da esa "alangalanuvchi gaz"ni yangi element deb taʼrifladi va unga hoz. hydrogene (yun. hydro—suv va gennao—tugʻdiraman) nomini berdi. Ruscha "V." nomini 1824 y.da M. F. Solovev taklif etgan.
 
V. tabiatda keng tarqalgan boʻlib, Yer poʻsti (litosfera va gidrosfera) dagi miqdori ogʻirligi boʻyicha 1%, atomlar soni boʻyicha 16% ni tashkil etadi. Yerda eng koʻp tarqalgan birikma — suv (ogʻirligi boʻyicha 11,19% V.) tarkibida hamda koʻmir, neft, tabiiy gazlar, tuproq, shuningdek, hayvon va oʻsimlik organizmlari (yaʼni oqsillar, nuklein kislotalar, yogʻlar, uglevodlar va b.) tarkibida uchraydi. V. erkin holda juda kam, tabiiy gazlarda ozgina, atmosferada juda oz boʻladi. Yer atrofida protonlar oqimi sifatida Yerning ichki ("proton") radiatsion mintaqasini hosil qiladi. Fazoda eng koʻp tarqalgan element hisoblanadi. Plazma sifatida Quyosh va koʻpchilik yulduzlar ogʻirligining yarmini, yulduzlararo muhit hamda gaz tumanliklarining asosiy qismini tashkil etadi. Bir qator sayyoralarda N2 sifatida erkin hodda, metan SN4, ammiak NH3, suv N2O, =SN, =NH, —ON, =SiH, =RN va b. radikallar sifatida uchraydi.