Anorganik kimyo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q.x. → qishloq xoʻjaligi, A. k. → {{subst:FULLPAGENAME}} (2), y.da → yilda (3), va b. → va boshqa (3) using AWB
k imlo, replaced: Mendeleev → Mendeleyev using AWB
Qator 1:
'''Anorganik kimyo''' (yun. an - inkor qo‘shimchasi va organik kimyo) — kimyoviy elementlar va ulardan hosil bo‘lgan bi-rikmalar haqidagi fan (faqat uglerod birikmalarini organik kimyo, uglerod-536ning bir necha oddiy birikmalarinigi-na Anorganik kimyo o‘rganadi). Anorganik moddalar, xususan ogir metallar — oltin, kumush, mis, temir, qo‘rg‘oshin, simob va qalay, metallmaslardan uglerod va oltingugurt qadim zamonlardan ma’lum. Milodning boshlarida kimyo Misrda taraqqiy etib, xlorid, sulfat, nitrat kislotalar, er-kin holda margimush, surma, fosfor, shuningdek bir qancha ishqor va tuzlar hosil qilingan. Turkistonda ham kimyo-ning qadimdan mavjudligini arxeolo-gik qazishlar natijasida topilgan mod-diy-madaniy yodgorliklar tasdiklaydi. Turkistonda ko‘pgina kimyogar olimlar yetishib chiqqan. Ulardan eng mashxur-lari Abu Bakr ar-Roziy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf al-Kotib al-Xo-razmiy, Abdulhakim ibn Abdulmalik al-Kosiy, Abu Ali ibn Sino va boshqa (q. A-kimyo). Anorganik moddalar haqidagi ma’lumot-larni alohida o‘rganish g‘oyasini fransuz kimyogari N. Lemeri ilgari surgan. U 1675 yilda kimyo fani o‘rganadigan mod-dalarni kelib chiqishiga ko‘ra mineral moddalarga, o‘simliklar va xayvonlar-dan hosil bo‘ladigan moddalarga bo‘lgan edi. 19-a. oxirida fizika va boshqa fan so-xalaridagi katta kashfiyotlar (1869 yilda D. I. MendeleevMendeleyev davriy qonunni kashf etishi va h.k.) Anorganik kimyo taraqkiyotida muhim rol o‘ynadi. Bu davrda davriy sistemada o‘rin qoldirilgan elementlarning barcha-si topilib, davriy sistema to‘ldirildi va transuran elementlar kashf etil-di. Anorganik kimyo da kimyoviy tekshirishning ik-kinchi usuli: analiz va sintez keng qo‘llaniladi. 18-a. oxirida kimyoning vazifasi moddalar tarkibini aniqlash, ya’ni ularni analiz qilish deb hisoblan-gan bo‘lsa, 19-a.ning boshida kimyogarlar yangi moddalarni sintez qilishga ham tobora ko‘proq ahamiyat berdilar. 20-a.da anorganik sintez taraqqiyotiga eksperi-mental texnikaning erishgan yutuklari juda katta yordam berdi. 20-a. boshigacha Ak.ning asosiy vazifasi ko‘proq bi-rikmalar hosil qilish deb hisoblangan bo‘lsa, hozir bu fan, asosan, birikmalar-ning hosil bo‘lishi va parchalanishi sha-roitini, ularning fizik va kimyoviy xos-salari va tuzilishini urganadi. Bu hol Anorganik kimyo sohasidagi tadkiqotlarning ilmiy va amaliy ahamiyatini g‘oyatda oshirib yubordi. 20-a.ning 30-yillarida adabiyotda bayon etilgan anorganik birikmalar soni 50-60 ming edi. Elementlarning kislo-rod bilan hosil qilgan birikmalari — gi-dridlar; galogen bilan hosil qilgan birik-malari — galogenidlar; oltingugurt bilan hosil qilgan birikmalari — sulfid-lar; azot bilan hosil qilgan birikmalari — nitridlar; uglerod bilan hosil qilgan birikmalari — karbidlar, kislotalar, asoslar, tuzlar, kompleks birikmalar Anorganik kimyo da o‘rganiladi. Anorganik kimyoning hozirgi bosh va-zifasi yuqori harorat va bosim, mexanik va kimyoviy ta’sirlarga chidamli bo‘lgan, boshqa ko‘pgina talablarga javob bera-digan yangi sun’iy anorganik moddalar tayyorlash va boshqadir. Bu borada ko‘pgina tadqiqot ishlari o‘tkazildi. Mas, tex-nikaning yangi materiallar sofligiga talabi juda yuqori (yarim o‘tkazgichlar va yadro energetikasi materiallarida qo‘shimchalar miqdori 10-6% dan oshmas-ligi kerak), shuningdek mustahkamlik, olovbardoshlik, agressiv muhitlarga chi-damlilik (yadro energetikasi, raketa tex-nikasi, kimyo va qurilish ma-teriallari sanoatida) kabi xossalarga talab oshdi va yaqin vaqtlargacha metallar tarkibida turli masofalarda tartibsiz joylashgan oksidlar bo‘lishi nuqson deb hisoblan-gan bo‘lsa, hozir angestremdan kichik iplardan to‘rlar yasab, hosil bo‘lgan ka-takchalar ichiga metallni joylashtirib qizdirib yangi tipdagi metallar olish texnologiyasi keng joriy kilindi. Bu maqsadlar uchun faqat yuqori temperaturalarga chidamli oksidlar (karbidlar, boridlar va silitsidlar) ishlatiladi. Anorganik texnologiyaning qad. sohasi shisha i.ch. da ham katta yutuqlarga erishildi. Odatda shisha tarkibida kristallar paydo bul-sa, shisha mahsulotlari chiqitga chiqarib yuborilardi. Ke-yinchalik shishaning butunlay mayda tarkibli kristallar-537dan iborat yangi turlarini i.ch. yo‘lga qo‘yildi. Yuqori ekspluatatsion xossa-larga ega bulgan sun’iy olmosni ham sintez qilishga erishildi. Yuqoridagi tadqiqotlarda Anorganik kimyo ning roli katta. U kimyo sanoatining ilmiy asosi sifa-tida og‘ir sanoatni rivojlantirishda va qishloq xoʻjaligini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 
== Yana qarang ==
Qator 11:
 
 
{{chem-stub}}