Bariy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎Adabiyotlar: andoza using AWB
k imlo, replaced: Mendeleev → Mendeleyev using AWB
Qator 1:
'''Bariy''' (Baryum), Va — MendeleevMendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element, tartib nomeri 56, atom massasi 137,34, kumush rang-oq metall. 7 ta barqaror izotop aralashmasidan iborat, ular orasida |38Va koʻproq (71,66%). B.ni shved kimyogari K. Sheele VaO shaklida kashf etgan (1774) va bu oksidni "ogʻir yer" yoki barit deb atagan (yun. barus — ogʻir soʻzidan), metall B.ni ingliz kimyogari G. Devi elektroliz yoʻli bilan olgan (1808). Yer pustila B. ogʻirlik jihatdan 0,05% ni tashkil etadi, tabiatda erkin holda uchramaydi. B. birikmalari — barit BaSO4 va viterit VaSO3 sanoat ahamiyatiga ega. B. VaO bilan alyuminiyni birga qizdirish yoki VaN, ni parchalash yoki suyuqlangan VaS12 ni elektroliz qilish yoʻli bilan olinadi. B.ning zichligi 3760 kg/m3, mineralogik shkala boʻyicha qattiqligi 1,25, Moos shkalasi boʻyicha 2, suyuqlanish temperaturasi 727°, qaynash temperaturasi 1637°. B. qoʻrgʻoshindan qattiqroq, ruxdan yumshoqroq. B. ishqoriy-yer metall, kimyoviy xossalari jihatdan kalsiy bilan stronsiyga oʻxshaydi, lekin ularga nisbatan faolroq. Havoda tez oksidlanadi, qizdirilganda oson alangalanadi. Suvni shiddat bilan parchalab, bariy gidroksid hosil qiladi: Va+2N2O=Va(ON)2+N2. Bariy oksid — VaO rangsiz kristall modda boʻlib, havoda bariy karbonat VaSO3 ga aylanadi. VaO ni havoda 500° da qizdirib, VaO2 olinadi, bu modda esa 700° da VaO va O2 ga ajraladi. B. kimyoviy juda faol boʻlganidan kerosin qatlami ostida saqlanadi. Galogenlar va oltingugurt bilan birikib,galogenidlar (mas, VaS12) va sulfid — BaS, vodorod bilan birikib, gidrid — VaN2 hosil qiladi. VaN2 suv va kislotalar taʼsirida tez parchalanadi. Odatda ishlatiladigan B. tuzlaridan bariy xlorid VaS12 va boshqa galogenidlar, bariy nitrat Ba(NO3)2, bariy sulfid BaS, bariy xlorat Va(S1O3) suvda yaxshi eriydi, bariy sulfat BaSO4, bariy karbonat VaSO3 va bariy xromat VaSYU4 qiyin eriydi. B. koʻp qotishmalar tarkibiga kiradi. Va — Ni qotishmasi radiolampalarda ishlatiladi, Va — R qotishmasidan bosmaxona harflari tayyorlanadi. Baʼzi qotishmalari vakuumda gaz yutuvchi sifatida, yadro texnikasida u-nurlardan saqlovchi materiallar sifatida qoʻllaniladi. B.ning VaSO3, Va-(ON)2, VaS12, Ba(NO3)2 birikmalari kimyo lab.da, BaCL, qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashda, BaSO4 xrustal shisha va oq boʻyoq ishlab chiqarishda, Ba(NO3)2 yashil olov hosil qilishda ishlatiladi.
 
== Adabiyotlar ==