Kaliy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: Suyuklanish → Suyuqlanish, at.m. → atom massasi using AWB
k link, replaced: Mendeleyev davriy sistemasi → Mendeleyev davriy sistemasi using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Kaliy''' (arab, al-kali — potash; lot. Kalium), K. — [[Mendeleyev davriy sistemasiningsistemasi]]ning I guruhiga mansub kimyoviy element. Ishqoriy metall, tartib raqami 19, atom massasi 39,0983. Ikkita barqaror izotop - 3"K(93,259%), 4|K(6,729%), shuningdek, radioaktiv izotop 40K(T|/2= 1,32- 10" y.)dan iborat. Ingliz fizigi va kimyogari G. Devi 1807 y.da K. gidroksid (KON)ni elektroliz qilib, K. metalini oldi va uni potassiy deb atadi. 1809 y.dan u "kaliy" deb atala boshladi. K. kimyoviy jihatdan faol metall, tabiatda sof holda uchramaydi. Minerallar (mas, dala shpati, slyuda, silvinit, karnallit, kainit, alunit va b.) tarkibida uchraydi. K. inson va hayvon organizmi uchun muhim biogen elementlardan hisoblanadi. K. tabiatda keng tapqalgan, Yer poʻstidagi miqdori ogʻirlik jihatidan 2,41%. Suyuqlanish t-rasi 63,51°, qaynash t-rasi 76G, zichligi 862,9&nbsp;kg/m3. Birikmalarda bir valentli, atom radiusi 0,2313&nbsp;nm, ion radiusi (qavsda koordinatsion son keltirilgan) K+ 0,151&nbsp;nm (4), 0,152&nbsp;nm (6), 0,160&nbsp;nm (7), 0,165&nbsp;nm ( , 0,178&nbsp;nm (12). Kumush kabi oq, yumshoq, yengil metall. K.ni presslash, pichoq bilan kesish mumkin. Havoda tez oksidlanadi (qizdirilganda yonadi); shuning uchun K. kerosin, benzin yoki mineral moyda saqlanadi. Suv bilan reaksiyaga kirishib, K. gidroksid (KON), vodorod bilan birikib, K. gidrid (KN), metallar bilan intermetall birikmalar (mas, Na2K) hosil qiladi. Sanoatda K. KON yoki KCI ga Na metali taʼsir ettirish usuli bilan olinadi. Suyultirilgan KON yoki KS1 dan elektroliz usuli bilan ham K. olish mumkin. K. birikmalari fotoelementlar tayyorlashda, sintetik kauchuk, shisha, sovun va b. i.ch.da, oʻgʻit sanoatida, yadro texnikasida, tibbiyotda ishlatiladi.
 
Kaliy birikmalari. Kaliy gidroksid (uyuvchi kaliy), KON — rangsiz kristall modda, kuchli ishkrr. Suyuqlanish t-rasi 380°, qaynash t-rasi 1325°, zichligi 2,044 g/sm3. Gigroskopik modda. Suvda eruvchanligi 49,4% (0° da), etanolda 27,9% (28° da), metanolda 35,5% (28° da). K.g . kaliy xlorid eritmasini elektroliz qilib olinadi. Suyuq sovun va kaliyning boshqa birikmalarini olishda, ishqoriy akkumulyatorlarda, H2S, SO2 va SO2 ga adsorbent, NH3 N2O, RN3 va b. uchun qurituvchi sifatida qoʻllaniladi.