Plutoniy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎Manbalar: andoza using AWB
k link, replaced: at.m. → atom massasi using AWB
Qator 1:
'''Plutoniy''' (lot. Plutonium), Pu — sunʼiy yoʻl bilan olingan, aktinoidlar guruhiga mansub radioaktiv kimyoviy element. Tartib raqami 94, at.m.atom massasi 244,0642. P.ning barqaror izotoplari yoʻq; uning massa sonlari 232 dan 246 gacha boʻlgan 15 ta radioaktiv izotopi maʼlum. P.ning ahamiyatga ega izotopi 244Ri(T1/2=8,26-107 yil)dir. P. 194041 yillarda amerikalik olim G. Siborg rahbarligida uranni ogʻir vodorod — deytronlar bilan nurlantirib olingan. P.ning nomi Pluton planetasi sharafiga qoʻyilgan. Uranni a- zarrachalar bilan bombardimon qilib, P.ning yengil izotoplari olingan. Uranni ney-tronlar bilan yoritganda, uran neytronlarni ketma-ket qamrab olishi nati-jasida P.ning ogʻir izotoplari hosil boʻladi. P. barcha izotoplari yarim yemirilish davrining muddati Yerning yoshidan anchagina kichik, shuning uchun barcha boshlangich P. (Yer planetasi tashkil topayotganda mavjud boʻlgan) butunlay parchalanib ketgan.
 
P. yaltiroq oq metall. Sutoklanish temperaturasi 640°, qaynash temperaturasi 3352°, zichligi 19,86 g/sm3, atom radiusi 1D62A. P.ning kimyoviy xossalari uran va neptuniyning xossalariga oʻxshash. P. kimyoviy faol element. Oʻz birikmalarida 3, 4, 5 va 6 valentli. P. kislorodda yondirilsa, uning eng barqaror ok-sidi RiO2 hosil boʻladi. P. vodorodni yutish xossasiga ega. Boshqa metallar va metallmaslar bilan birikmalar hosil qiladi.