Tantal (unsur): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎Adabiyot: test using AWB
k link, replaced: Mendeleyev davriy sistemasi → Mendeleyev davriy sistemasi using AWB
Qator 1:
'''TANTAL''' (yunon mifologiyasidagi Tantal nomidan), Ta — [[Mendeleyev davriy sistemasiningsistemasi]]ning V guruxiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 73, atom massasi 180,9479. 2 ta tabiiy izotopi bor: birinchisi radioaktiv 180Ta (0,012%), ikkinchisi barqaror — |8|Ta(99,99%). T.ni 1802 yilda shved kimyogari A. Ekeberg kashf qilgan. Metall hoddagi T.ni ilk bor nemis kimyogari V. Bolton 1903 yilda ajratib olgan. T. Yer poʻstining massa jihatidan 210^4% ini tashkil qiladi. T. tabiatda doim niobiy bilan birga kolumbit (Fe, Mn) (NbO3)2 va tantalit (Fe, Mn) (TaO3)2 minerallari holida uchraydi.
 
T. bir oz koʻkimtirkulrang metall. Sof T.ning suyuqlanish trasi 2996°; zichligi 16,6 g/sm3. T.ni bosim ostida mexanik ishlash mumkin. T. havosiz joyda qizdirilsa, oʻzidan koʻp miqdorda elektron chiqaradi. T. kimyoviy jihatdan juda barqaror, korroziyaga uchramaydi, asl metallardan keyin birinchi oʻrinda turadi. Faqat, ftorid kislota bilan nitrat kislota aralashmasida va suyultirilgan ishqorlarda eriidi. T. birikmalarida 2, 3, 4 va, asosan, 5 valentli. T. ftor bilan odatdagi trada (TaGʻ5), xlor bilan 250° dan yuqori trada (TaS15, TaS13, TaS14), brom bilan 300° dan yuqori trada (TaVg5, TaVg3,TaVg2), yod va oltingugurt bilan choʻgʻlanish trasida birikadi. T. azot bilan 300° da reaksiyaga kirishadi. T. uglerod, bor, kremniy, fosfor, selen, tellur, suv bugi, uglerod (P)oksid, vodorod xlorid, vodorod bromid, vodorod yodid va boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirisha oladi. T.ning havoda qattiq kizdirilishidan hosil boʻladigan tantal (U)oksid Ta2O5 nihoyatda barqaror modda. T. juda koʻp metallar bilan qotishmalar hosil qiladi.