Andoza:Yaxshi maqola — versiyalar orasidagi farq

k
xulosa tahrirlanmadi
(Yangi YM)
k
'''[[Pablo Escobar|Pablo Emilio Escobar Gaviria]]''' — [[Kolumbiya]]lik mashhur yirik narkobaron, qotil, terrorchi, oʻgʻri, [[siyosat]]chi va milliarder. Giyohvand moddalar savdosidan boyib ketgan. U tarixga “Kokain qiroli” nomi bilan kirgan. «[[Forbes]]» jurnalining [[1989-yil]]gi sonida Escobarning boyligi 9 milliard [[dollar]]dan ziyod ekanligi aytilgan. Boshqa manbalarda esa, uning umumiy boyligi 30 milliard dollardan ortiq ekanligi va [[AQSh]]dagi 80 foiz [[kokain]]ni aynan Escobar “ishlab chiqarayotganligi” aytilgan Escobarning nomi nafaqat [[Kolumbiya]]da, balki butun dunyoda taniqli edi. U ayniqsa, aholining kambagʻal qismi, bekorchi va koʻchabezorilari orasida mashhur boʻlgan. “Doktor”, “Janob”, “Ruhoniy”, “Sehrgar”, “Podshoh” kabi laqablarga ega boʻlgan.
 
Pablo Escobar [[1949-yil]]ning [[1-dekabr]]ida [[Kolumbiya]]ning Antokiya Departamentiga kiruvchi [[Rionegro]] shaharchasida fermer Xesus Escobar va oʻqituvchi Hermilda Gaviria oilasida tugʻilgan. Oiladagi yettita farzanddan uchinchisi edi. Maktab va oʻqishga deyarli qiziqmagan, koʻp vaqti koʻchada, Medelin shahrining xilvat mahallalarida oʻtgan…