Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q.x. → qishloq xoʻjaligi (3), y.lar → yillar (4), va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa (4) using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2:
 
'''Sovet sotsialistik respublikalari ittifoqi''', SSSR, Sovet Ittifoqi — sobiq Rossiya imperiyasi hududining katta qismida 1922—91 yillarda mavjud boʻlgan musta bid davlat. SSSR ni tashkil etish toʻgʻrisida deb atalgan Shartnoma (1922)ga muvofiq, uning tarkibiga xalqlarning xohishirodasiga zid ravishda Rossiya (RSFSR), Ukraina (USSR), Belorussiya (BSSR), Zakavkazye respublikalari [ZSFSR; 1936 yildan ittifokdosh respublikalar — Ozarbayjon (Ozarbayjon SSR), Armaniston (Armaniston SSR), Gurjiston (Gurjiston CCP)J, keyinchalik — 1925 y. Oʻzbekiston (Oʻzbekiston SSR), Turkmaniston (Turkmaniston SSR), 1929 y. Tojikiston (Tojikiston SSR), 1936 y. Qozogʻiston (Qozogʻiston SSR), Qirgʻiziston (Qirgʻiziston SSR), 1940 y. Moldaviya (Moldaviya SSR), Latviya (Latviya SSR), Litva (Litva SSR) va Estoniya (Estoniya SSR) kiritilgan.
 
Теглайн: Как хорошо мы плохо жили!
 
20y.larning boshlaridan, ayniqsa, V. I. Leninning vafotidan keyin mamlakat rahbariyati orasida hrkimiyat uchun keskin kurash boshlandi. Raxbarlikning avtoritar usullari karor togshi, I. V. Stalin shu usullardan foydalanib, yakkaboshchilik hokimiyati rejimini kuchaytirib bordi. 1921 yilda boshlangan yangi iqtisodiy siyosat (NEP) 20y.larning oʻrtalarida toʻxtatilib, soʻng mamlakatni jadal industriyalash va qishloq xoʻjaligini zoʻrlab kollektivlashtirish (jamoalashtirish) siyosati boshlab yuborildi. Kommunistik partiya davlat tuzilmasini toʻlatoʻkis oʻziga boʻysundirib oldi. [[SSSR Respublikalari bayrogʻi]] (q. [[Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi]]). Mamlakatni tez modernizatsiyalash va boshqa mamlakatlardagi inqilobiy harakatni qoʻllab-quvvatlashni maqsad qilib qoʻygan qatʼiy markazlashtirilgan va harbiylashtirilgan totalitar ijtimoiy tuzum vujudga keldi. Boshlangan ommaviy qatagʻonlar 1934 yildan keyin avj oldirildi va jamiyatning barcha tabaqalarini qamrab oldi; millionlab begunoh odamlar qamoqqa tashlandi, otildi, surgun qilindi (q. [[Repressiya]]). Davlat va jamiyat hayoti tor doiraga solib qoʻyildi, bepoyon mamlakatdagi barcha ishlar markazdan tuzib beriladigan reja asosidagina yuritiladigan boʻldi, oʻta mafkuralashgan kommunistik tizim qaror toptirildi, demokratik tamoyillar oyoq osti qilindi, sud tizimi bedodlik asosiga qurildi. 30y.larning oxirida mustabid davlatning tashqi siyosati keskin oʻzgartirildi, xalqaro jamoa xavfsizligi yoʻlidan qaytildi. 1939 y. Sovet-Olmon bitimlari tuzildi, unga binoan bir yil ichida Gʻarbiy Ukraina va Gʻarbiy Belorussiya, Boltiqboʻyi mamlakatlari, Bessarabiya va Shim. Bukovina SSSR tarkibiga qoʻshib olindi. SSSR tomonidan boshlangan sovetfin urushi (1939.30.11 — 1940.12.3) sovet imperiyasining xalqaro obroʻsiga putur yetkazdi (SSSR Millatlar ittifoqidan ch i karib yuborildi). 1941 y. Olmoniya shartnomalarni buzib, Sovet Ittifoqiga qoʻqqisdan hujum qildi. Urushga aholisi qariyb 6,5 mln. boʻlgan Oʻzbekistondan 1 mln.dan ortiq kishi safarbar qilindi. Urush davrida butunbutun xalklar — bolqorlar, chechenlar, qalmoqlar, qrim tatarlari, qorachoylar, yunonlar, mesxeti turklari, Volga boʻyi olmonlari va boshqa oʻzga oʻlkalarga majburlab koʻchirildi. SSSR AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi ittifoqchilar yordamida urushda gʻolib chiqqach, Jan. Saxalin, Kuril o.lari, Petsamo (Pechenga), Klaypeda, Kenigsberg (Kaliningrad), Zakarpatye Ukrainasi va boshqa yerlar hisobiga mamlakat hududi kengaytirildi. Urushdan keyin qatagʻonlar (kosmopolitizmga qarshi kurash, "vrachlar ishi", "Leningrad ishi" va boshqalar) davom ettirildi, oʻzbekistonlik koʻpgina yozuvchi, shoir, olim va boshqa ziyolilar ham shu siyosat azobini tortdilar. Gʻarb mamlakatlari bilan ittifoqchilik munosabatlari uzilishi oqibatida ikki siyosiy tuzum oʻrtasida "sovuqurush", qurollanish poygasi boshlandi. I.V.Stalin vafoti (1953)dan keyin boʻlib oʻtgan KPSS 20sʼyezdi (1956) N. S. Xrushchyov tashabbusi bilan Stalin shaxsiga sigʻinishni tanqid qildi. Qatagʻon qurbonlari oklana boshlandi; xalqning turmush darajasini oshirishga, qishloq xoʻjaligini, uyjoy qurilishini, yengil sanoatni rivojlantirishga koʻproq eʼtibor berildi. Ilmiy va ishlab chiqaruvchi kuchlarni, moddiy vositalarni fan va texnika taraqqiyotiga qaratish tufayli ayrim yutuklarga erishildi: dunyoda birinchi atom elektr st-yasi ishga tushirildi (1954), Yerning birinchi sunʼiy yoʻldoshi (1957), ichida kosmonavt uchuvchi boʻlgan birinchi kosmik kema (1961) uchirildi; SSSR ning xalqaro aloqalari kengaydi, yadro urushi xavfi kamaydi. Ammo totalitar tuzum va maʼmuriybuyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot saqlanib qolayotgan bir paytda mamlakatni yangilash yoʻlidagi bu urinishlar izchillik bilan oʻtkazilmadi va muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Partiya va davlatga L. I. Brejnev boshchilik qilgan yillarda (1964—82) davlat va jamiyat hayotida toʻrachilik avj oldi, iktisodiyotda turgʻunlik hukm surdi. A. N. Kosiginnpnt tashabbusi bilan oʻtkazilgan islohotlar toʻxtab qoldi, iqgisodiyot ekstensiv yoʻldan rivojlantirildi. Neft va gazni eksport qilishdan tushgan mablagʻning deyarli hammasi harbiy maqsadlarga ishlatildi. Vengriya (1956) va Chexoslovakiya (1968) raxbariyatining islohot oʻtkazish yoʻlidagi harakatlari Sovet armiyasi tomonidan qurol kuchi bilan bostirilishi, Afgʻonistonga qoʻshin kiritilishi (1979) xalqaro keskinlikni battar kuchaytirdi. 1985 y. da hokimiyat tepasiga kelgan M. S Gorbachyov va uning tarafdorlari "qayta qurish" siyosatini boshladilar, xalqning siyosiy faolligi oshdi, ommaviy, milliy harakat va tashkilotlar tuzildi. Lekin yuqoridan turib sovet tuzumini isloh qilish uchun qilingan palapartish urinishlar mamlakatdagi tanglikni chuqurlashtirdi. Milliy nizolar kuchaydi, iqtisodiy ahvol ogʻirlashdi. Sobiq imperiya davrida katta lavozimlarni egallab kelgan bir guruh mansabparastlar oʻz imtiyozlarini saklab qolish maqsadida 1991 y. avgust oyida Favqulodda holat davlat qoʻmitasi (GKCHP)ni tuzib, davlat toʻntarishi qilishga urinib koʻrdi, ammo bu urinish barbod boʻldi.