Izzat Sulton: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 22:
 
== Hayot yoʻli ==
Izzat Sulton [[1910]] yili [[Oʻsh shahri]]da chevar (portnoy) oilasida dunyoga kelgan, bolalar uyida katta boʻlgan. Uning bobosi Sartoy Sulton sariqdan kelgani yoki rus tilida bemalol „chugʻurlashgan“i uchunmi, hamshaharlar „Sulton sariq“ deb atashgan. Ana shu „Sulton sariq“ asli turkistonlik boʻlib, chorvadorlik bilan mashgʻul boʻlgan. [[Turkiston]] XIX asrning 60-yillarida istilo etila boshlaganida mustamlakachi zobitlaridan biri unga rus qoʻshinini goʻsht bilan taʼminlab turish vazifasini topshirgan. Shu tarzda Sartoy Sulton rus qoʻshinlari [[Xitoy]] chegaralariga etib borguniga qadar oʻn ikki yil davomida ularni goʻsht bilan taʼminlab borgan. Nihoyat, [[Oʻsh shahri]]da muqim yashab, Oʻsh hokimiga mirzalik va tilmochlik qilgan. Shu erda uning farzandi Otaxondan Izzatulla ismli boʻlajak oʻzbek olimi va dramaturgi dunyoga kelgan. Izzatulladan avval Rahmatulla, Habibulla va Fayzulla ismli uch akasi va Saodat ismli singlisi tugʻilgan. Sartoy Sulton oʻzbek xalqining kelajagi [[Rossiya]] bilan bogʻliq boʻlajagini sezib, toʻngʻich nevarasini hatto oʻgʻli Otaxonning noroziligiga qaramay, rus-tuzem maktabiga oʻqishga bergan. Rahmatulla shu maktabni bitirgach, Toshkentga kelib, oʻzbek bilim yurtida oʻqishni davom ettirgan. U [[Choʻlpon]]ning yaqin doʻsti boʻlib, uning 24 yoshida dunyoni fojiali ravishda tark etishi zabardast shoirni larzaga keltirgan va u doʻstiga bagʻishlab koʻz yoshlarini toʻka-toʻka marsiya yozgan. Fayzulla maʼlum vaqt [[Andijon]]da muallimlik qilib, hatto dramaturg [[Komil Yashin]]ga ilk adabiy saboq berib, [[1937]] yil tegirmonidan omon chiqmagan… Etikdoʻzga shogird tushib, turmush tashvishlari bilan yashagan Habibulla esa sil kasalligiga yoʻliqib, onasi bilan singlisi Saodatni dogʻda qoldirib ketgan. Otaxon aka, parishonxotirlik orqasida boʻlsa kerak, oʻgʻli Izzatullaning tugʻilgan sanasini [[1911]] yil, deb yozgan ekan. „Men, — deb hikoya qilgan edi Izzat Sulton shogirdi — filologiya fanlari doktori Noʻʼmon Rahimjonovga, — [[1911]] yili 29 iyunda tugʻilganman. Otamning kundalik daftariga shunday yozib qoʻyilgan ekan. Ocharchilik yillari sal-pal esimda bor. Oʻshanda odamlar koʻkat eb, shishib ketishgani, oʻlganlarini elas-elas eslayman. Bizning oilamizga ham ana shunday fojealar koʻlankasi tushdi. [[1920]] yili dadam oʻldi. Undan sal oldin bobom olamdan oʻtdi. Onamiz bir etak bolalar bilan yakka qoldi… Otam olamdan oʻtganda Bahrixon 26-27 yoshlarda edi [[1965]] yili vafot etdi. Otamdan keyin 45 yil yashadi. Hammamizni oyoqqa qoʻydi…“ Izzat Sulton hayotning shunday mashaqqatli soʻqmoqlaridan oʻtish jarayonida shaxs sifatida shakllana boshladi. [[1924]] yilda „razvyorstka“ degan soʻz paydo boʻlgan. Bu „razvyorstka“ga koʻra, har bir viloyat falonchadan bolalarni yirik shaharlarga oʻqishga yuborishi lozim edi. Ana shu „razvyorstka“ sabab boʻlib, Izzatulla dastlab Qoʻqonga, soʻngra Toshkentga oʻqishga yuborildi. U [[1927]] yilgacha qadar [[Beshyogʻoch]]dagi „Narimonov“ (Namuna) oʻzbek bilim yurtida oʻqidi. Shu yili bilim yurti bilan Oʻqchi koʻchasidagi taʼlim-tarbiya texnikumning bitiruvchi guruhlari qoʻshib yuborildi. U mazkur oʻquv yurtini tugatganidan soʻng [[1939]] yilda [[Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi|Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi]]ning [[Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti|Til va adabiyot institutiga]] ishga kelguniga qadar yana bir qancha joylarda ham ishlab, ham oʻqidi. U [[ikkinchi jahon urushi]] boshlangan davrdan [[1948]] yilga qadar [[Oʻzbekfilm]] kinostudiyasida turli lavozimlarida xizmat qildi.
 
Izzat Otaxonovich Sultonovning faol ijtimoiy ishlari boshlandi,
Izzat Otaxonovich Sultonovning faol ijtimoiy ishlari boshlandi, [[Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi|Oʻzbekiston fanlar Akademiyasi]] qoshidagi [[Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti|Til va adabiyot oliygoxi]] direktor oʻrinbosari (1937-1942 yillar), Oʻzbekiston SSR radioeshittirish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (1942-1943 yillar), [[Oʻzbekfilm]] kinostudiyasi direktori (1943-1945 yillar), Oʻzbekiston SSR vazirlar kengashi raisining madaniyat masalalari boʻyicha oʻribosari (1945-1948 yillar). 1948-1950 yillarda [[Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti|Til va adabiyot oliygoxi]]ning direktori, 1955 yildan adabiyot nazariyasi sektori mudiri. [[Moskva davlat universiteti]] (MGU imeni M.Lomonosova) [[SSSR]] xalqlari adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi (1950-1953 yillar), Oʻzbekiston SSR yozuvchilar uyushmasi rayosatining kotibi (1956-1963 yillar, yozuvchilar uyushmasi raisi Sharof Rashidov boʻlgan). filologiya fanlari nomzodi (1946 yil), filologiya fanlari doktori (1955 yil), Oʻzbekiston SSR xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964 yil), [[Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi|Oʻzbekiston fanlar Akademiyasi]] muxbir aʼzosi (1966 yil), [[Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi|Oʻzbekiston fanlar Akademiyasi]] haqiqiy aʼzosi, [[akademik]] (1995 yil), Ixtisoslashgan Ilmiy Kengash raisi boʻlgan. Izzat Sulton koʻplab asarlar muallifi.
* [[1937]]-[[1942]] yillar — [[Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi|Oʻzbekiston fanlar Akademiyasi]] qoshidagi [[Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti|Til va adabiyot oliygoxi]] direktor oʻrinbosari,
* [[1942]]-[[1943]] yillar — Oʻzbekiston SSR radioeshittirish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari,
* [[1943]]-[[1945]] yillar — [[Oʻzbekfilm]] kinostudiyasi direktori,
* [[1945]]-[[1948]] yillar — Oʻzbekiston SSR vazirlar kengashi raisining madaniyat masalalari boʻyicha oʻribosari.
* [[1948]]-[[1950]] yillarda — [[Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti|Til va adabiyot oliygoxi]]ning direktori,
* [[1955]] yildan — adabiyot nazariyasi sektori mudiri.
* [[1950]]-[[1953]] yillar — [[Moskva davlat universiteti]] (MGU imeni M.Lomonosova) [[SSSR]] xalqlari adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi
* [[1956]]-[[1963]] yillar — Oʻzbekiston SSR yozuvchilar uyushmasi rayosatining kotibi (oʻsha vaqtda yozuvchilar uyushmasi raisi Sharof Rashidov boʻlgan).
 
* [[1946]] yil-filologiya fanlari nomzodi,
* [[1955]] yil-filologiya fanlari doktori,
* [[1964]] yil-Oʻzbekiston SSR xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi,
* [[1966]] yil-[[Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi|Oʻzbekiston fanlar Akademiyasi]] muxbir aʼzosi,
* [[1995]] yil-[[Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi|Oʻzbekiston fanlar Akademiyasi]] haqiqiy aʼzosi, [[akademik]],
Ixtisoslashgan Ilmiy Kengash raisi boʻlgan. Izzat Sulton koʻplab asarlar muallifi.
 
Taqdir Izzat Sultonga turmushning qaysi koʻchalarida yurish va yashashni ravo koʻrgan boʻlmasin, uning koʻnglida adabiyotga, buyuk shoir va mutafakkir [[Alisher Navoiy]]ga boʻlgan mehr doimo yashadi… Buni qarangki, boʻlajak adabiyotshunos olimning „Yosh leninchi“ [[gazeta]]sining [[1931]] yil 16 sentyabr sonida bosilgan ilk maqolasi oʻzbek tili va adabiyotining shu buyuk asoschisiga bagʻishlangan va „Mir Alisher Navoiy“ deb atalgan edi. Shundan keyin uning „[[Farhod va Shirin]]“ning yangicha qoʻyilishi", „Adabiy merosimizni oʻrganaylik“ (1937 y.), „[[Rustaveli Shota|Rustaveli va Navoiy“, „Mir Alisher Navoiy“ (1938 y.), „Makorim ul-axloq“ haqida", „Navoiyning tadqiqotchilari“ (1941 y.), „Makorim ul-axloq“ va uning muallifi" (1945 y.), „Navoiyga zamondosh shoirlar toʻgʻrisida“ (1948 y.) singari qator maqolalari eʼlon qilindi. Uning [[1942]] yili yozgan „Buyuk Alisher“ kinossenariysi esa [[Uygʻun]] va V.Shklovskiy bilan hamkorlikda yozilgan „[[Alisher Navoiy]]“ kinossenariysi hamda [[Uygʻun]] bilan hammualliflikda yozilgan shu nomdagi mashhur dramaning maydonga kelishida poydevor boʻlib xizmat qildi. [[Komil Yormatov]] ekranlashtirgan film ham, Mannon [[Uygʻun]] sahnalashtirgan spektakl ham oʻzbek kino va teatr sanʼatlarining shoh asarlaridan biri boʻlib qoldi. Olim [[1946]] yilda "Alisher Navoiyning „Mezon ul-avzon“ asari va uning tanqidiy matni" mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Shu tarzda [[Alisher Navoiy]] mavzui Izzat Sulton ilmiy va ijodiy faoliyatining asosiy qon tomiri boʻlib qoldi. 1957 yili Izzat Sulton [[Chilonzor tumani]]da joylashgan adabiyotchilar yashaydigan koʻp qavatli uyga koʻchib oʻtdi. U bilan birga bu uyda [[Said Ahmad]], [[Odil Yoqubov]], [[Rahmat Majidiy]], Samig Abduqaxxor, [[Poʻlat Moʻmin]], Aleksandr Udalov, Anna Almatinskaya, [[Shuhrat]], Vaxob Roʻzimatov, Zohid Obidov, Tolib Yoʻldosh, Aziz Abdurazzoq, V.Ivanov, Vladimir Lipkin, [[Ozod Sharafiddinov]], Rahmon Bahrom, Yusuf Boʻlat, J.Abdullaxonov, Mavlon Ikrom va boshqa adabiyotchilar yashashdi. Izzat Sulton Toshkentdagi [[Chigʻatoy]] qabristoniga [[2001]] yili dafn etilgan.
Qator 39 ⟶ 54:
* Izzat Sultan. Svet Rossii, jurnal „Zvezda Vostoka“ № 9 1959 g.
* Izzat Sulton. Pesalar, makollalar, Toshkent, 1959 y.
* «Oʻzbek„Oʻzbek sovet adabiyoti tarixi ocherklari»ocherklari“ ikki jildligi (1961—1962).
* Izzat Sultan. O znachenii tvorchestva Xamzi Xakimzade Niyazi v formirovanii metoda sotsialisticheskogo realizma v uzbekskoy literature. V sbornike Voprosi uzbekskoy literaturi, Tashkent, 1967 g.
* Izzat Sulton Navoiyning qalb daftari. Toshkent Adabiyot va sanʼat nashriyoti 1969 y.
Qator 46 ⟶ 61:
* Izzat Sulton Adabiyot nazariyasi. ikki jildligi, Toshkent Oʻqituvchi nashriyoti, 1980 y
* Izzat Sultonov. Adabiyot nazariyasi. Oliy oʻquv yurtlari filologiya fakultetlari uchun darslik. 406 s. 22 sm, 2 nashr, Toshkent, Oʻqituvchi 1986 y.
* «Oʻzbek„Oʻzbek sovet tanqidchiligi tarixi»tarixi“ ikki jildligi (1987)ning mualliflaridan biri, muharriri boʻldi.
* Izzat Sultan Kniga priznaniy Navoi. Jizn i tvorchestvo velikogo poeta so slov ego samogo i sovremennikov Bukinisticheskoe izdanie. Izd-vo lit. i iskusstva, Tashkent 1985 g. 304 str. Adadi 60000 nusxa.
 
=== Yozgan dramalari ===
* Ёзган драмалари:
* «Burgutning„Burgutning parvozi»parvozi“ (1940), «Imon»„Imon“ (1960), «Nomaʼlum„Nomaʼlum kishi»kishi“ (1963), «Bilmayin„Bilmayin bosdim tikanni»tikanni“, «Istehkom»„Istehkom“, «Abdulla„Abdulla Qodiriyning Oʻtgan kunlari singari dramalar»dramalar“, «Fidoyi»„Fidoyi“, «Dahoning„Dahoning yoshligi»yoshligi“, «Senga„Senga intilaman»intilaman“ kinosenariylar, «Shoir„Shoir qalbi»qalbi“ librettosi muallifi, «Bahovuddin„Bahovuddin Naqshband abadiyati»abadiyati“ (1994) monografiyasi.
 
* «Burgutning parvozi» (1940), «Imon» (1960), «Nomaʼlum kishi» (1963), «Bilmayin bosdim tikanni», «Istehkom», «Abdulla Qodiriyning Oʻtgan kunlari singari dramalar», «Fidoyi», «Dahoning yoshligi», «Senga intilaman» kinosenariylar, «Shoir qalbi» librettosi muallifi, «Bahovuddin Naqshband abadiyati» (1994) monografiyasi.
 
== Akademik Izzat Sulton ijodi xaqida yozilgan adabiyotlar ==
Qator 70 ⟶ 84:
* Buvasining ukasi — Qudrat — [[inqilob]]dan oldin [[Oʻsh shahri]]ning [[sharq]]iy qismini boshqargan [[mingboshi]].
* Qudasi — [[Rahmonberdi Madazimov]] ([[1875]]—[[1933]]) — [[Qirgʻiziston]] [[janub]]idagi [[teatr]] [[harakat]]ining asoschisi, [[Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali drama teatri]]ning birinchi asoschisi, tashkilotchisi va badiiy rahbari, [[yozuvchi]].
* Amakisi — [[Boltihoji Sultonov|Sultonov, Boltihoji Sultonovich]] (1884—1919[[1884]]-[[1919]]) — [[Qirgʻiziston]]ning atoqli [[davlat]], [[siyosat]] va jamoat [[arbob]]i, [[Oʻsh]] uyezdiniuezdi rahbarlaridanrahbari birioʻrinbosari ([[1918]]-[[1919]]), [[Janub]]iy [[Qirgʻiziston]]da [[sovet]] [[hokimiyat]]ini oʻrnatish uchun [[kurash]] rahbarlaridan biri, [[Oʻsh]] [[shahar]] [[militsiya]]sining asoschisi va birinchi boshligʻi ([[5 fevral]] [[1918]] yil).
* Qudasi — [[Oʻrinboy Rahmonov]] ([[1910]]—[[1980]]) — [[Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali drama teatri]]ning asoschisi, [[artist]] va [[shoir]].
* Jiyani — [[Azizullo Izzatullayev]] ([[1925]] — [[1991]]) — [[Oʻzbekiston]]ning [[davlat]] va jamoat [[аrbob]]i, [[Yangiyoʻl tumani]] ijroiya qoʻmitasi [[rais]]i oʻrinbosari ([[1962]]-[[1983]] yillar), [[Vatan urushi ordeni|"Vatan urushi"]] va „Hurmat belgisi“ ordenlari sohibi