Kalsit: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
Lingveno (munozara | hissa)
k kichik o'zgarishlar using AWB
Qator 1:
'''Kalsit''' (lot. calx (calcis) — ohak), ohakli shpat — karbonatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi SaSO,. Trigonal singoniyali. Rombsimon, plastinkasimon, qisqa toʻrtburchak, prizmatik, ustunsimon kristallar. Qattiqligi 3—3,5. Zichligi 2,7 g/sm3. Rangsiz yoki oq, koʻpincha, qoʻngʻir, kulrang , sariq, pushti, qizil, qora. Rangining har xilligi tarkibidagi mineral qoʻshimchalariga bogʻliq. Shishadek yaltiroq. Qizdirilganda (825°) parchalana boshlaydi. Kislotalarda karbonat angidrid chiqarib eriydi. K.ni tola, tomir, unsimon, Islandiya shpati turlari maʼlum. Yer poʻstida eng koʻp tarqalgan minerallardan. K. karbonatit, ohaktosh, boʻr, mergel, marmar kabilarning asosiy tarkibiy qismi. Ohaqtoshli gʻorlarda stalagmit va stalaktit shaklida koʻp uchraydi. U ohaktoshli termal suvlarda choʻkib va nurash jarayonlaridan, ohaktoshlarning qayta kristallanishidan hosil boʻladi. Dunyoning deyarli hamma joylarida bor. Oʻzbekistonda Zarafshon-Hisor, Piskom-Ugom, Nurota, Zirabuloq-Ziyovuddin, Qurama va b. togʻlarda koʻp. K. ning shaffof xili — Islandiya shpati optik (mikroskop va b.) asboblarda ishlatiladi. Shuningdek, K. portland sement i.ch.da, ohakli tuproqlar tayyorlash uchun, rudalardan temir va b. metallarni eritib olishda flyus sifatida ishlatiladi. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}