Oʻrgimchaksimonlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
k + 19 x [[]], imlo; + Turkum:Hayvonlar, - {{no iwiki}}
k kichik o'zgarishlar
Qator 1:
'''Oʻrgimchaksimonlar''' — [[xelitseralilar]] kenja tipiga mansub [[boʻgʻimoyoqlilar]] [[sinf]]i. Uz. 0,1  mm dan 17 sm gacha. Ogʻiz organi soʻruvchi. [[Koʻz]]lari oddiy. Boshkoʻkragi ingichka poyacha orqali qorin bilan tutashgan yoki unga qoʻshilib ketgan. Qorinoyoqlari reduksiyaga uchragan yoki shaklan oʻzgarib taroqsimon oʻsimta, varaqsimon oʻpka yoki toʻr bezlarini hosil qiladi. Oʻpka yoki traxeyalar orqali nafas oladi. Ayirish organlari — [[malpigi naychalari]] va [[koksal bezlar]]. Koʻpchilik Oʻ.da zahar bezlari bor. Ayrim jinsli, [[tuxum]] qoʻyadi, ayrim turlari (chayonlar) tirik tugʻadi. 60000 ga yaqin [[tur (biologiya)|tur]]i bor; [[kanalar]], [[chayonlar]], [[telifonlar]], [[frinlar]], [[tartaridlar]], [[palpigradlar]], [[fitsinuleylar]], [[soxta chayonlar]], [[solpugalar]], [[pichanoʻrarlar]], [[oʻrgimchaklar]] turkumlariga boʻlinadi. Oʻ. keng tarqalgan, koʻpchiligi quruqlikda yashaydi; kanalar va oʻrgimchaklar orasida ikkilamchi marta suvda yashashga oʻtgan turlari bor. Koʻpchiligi yirtqich, har xil umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Bir qancha turlari parazit (kanalar) va oʻsimlikxoʻr (oʻrgimchakkanalar). Oʻzbekiston hududida kanalar, chayonlar, solpugalar va oʻrgimchaklarning bir necha yuz turi tarqalgan.
 
{{stub}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Hayvonlar]]
 
 
{{stub}}